Telegram Web Link
Forwarded from Grantlar.uz
18-30 yoshdagi tadbirkorlik va biznesga qiziquvchilar uchun “Yosh tadbirkor” tanlovi

Bu tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Mukofotlar:
– 1-3-oʻrinlar uchun 50 mln soʻmgacha pul mukofoti, xorijda malaka oshirish imkoniyati va kredit olishga tavsiyanoma
– Respublika bosqichi ishtirokchilariga kredit olishga tavsiyanoma va esdalik sovgʻalar

Arizalarni imkon qadar ertaroq topshirish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yosh-tadbirkor-tanlovi/

@grantlar
#iqtibos

🎩“Tanqid qilayotganda uning muallifini emas, fikrini tanqid qiling”.

✍🏻 Leonardo da Vinchi

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 4-iyun Andijon davlat universiteti o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari G'apporov Faxriddin Sharabiddinovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Faxriddin G'apporovni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #ilmiy_ijodiy_seminar

Andijon davlat universitetida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan "O'zbekiston tasviriy va amaliy san'atida Andijon maktabining o'rni" mavzusida ilmiy-ijodiy seminar o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

‼️Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024_2025
#Call_markaz

Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024" bo'yicha "Call-markaz" o'z faoliyatini boshladi

2024-2025-o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yxatdan o'tkaziladi.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Andijon davlat universitetining murojaatlar markazi “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon:
+998742248187
+998742248189
+998742248194
+998742248197
+998742248195

“Call-center”ning ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kuzatish_marosimi

Oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yilning 5-7-iyun kunlari Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida o'tkazilishi belgilandi.

Mazkur tanlovning respublika bosqichida 11 ta oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr jamoalari qatorida Andijon davlat universitetining ''Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasi ham ishtirok etadi.

Bugun, 4-iyun kuni O'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov hamda mas'ullar universitetimiz ''Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasiga omad tilab, tanlovning final bosqichida oliygohimiz sha'nini munosib himoya qilishiga ishonch bildirgan holda ko'hna Samarqandga tantanali kuzatdi.

Universitetimiz "Humo" talabalar teatr jamoasiga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆 Bugun 5-iyun, chorshanba.

🇺🇳 BMT - Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Melioratorlar kuni.
🇮🇪 Irlandiya - Iyun bayrami.

Tarixiy voqealar:

🪂1783-yil - Jozef Mishel va Jak Etten Mongolfelar birinchi havo sharlarini uchirishdi.
🕵🏻‍♂️1909-yil - Aleksandr lll haykali o'rnatildi.
🤵‍♂️1947-yil - AQSh davlat kotibi George Marshall Yevropaga yordam berish rejasini taklif qildi.
1967-yil - Yaqin Sharqda Olti kunlik arab-isroil urushi boshlandi.

🎊 Tavallud sanalar:

👩‍💼1921-yil 5-iyun - O'zbekiston xalq artisti, qoraqalpoq aktrisasi To'xta Rahmonova.
👨‍💻1933-yil 5-iyun - kanadalik matematik va kompyuter olimi, Turing mukofoti sohibi William Morton Kahan.
🤵‍♂️1949-yil 5-iyun - Taniqli rejissyor, teatr va kino aktyor Hamid Muhammadiyevich Shamsutdinov.
🕵️‍♂️1957-yil 5-iyun - o'zbek va rus kinorejissori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Yusuf Sulaymonovich Roziqov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochilish_marosimi

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 5-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Mazkur tanlovning ochilishida respublikamizning 11 ta oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli jamoalari qatorida Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 05:15:57
Back to Top
HTML Embed Code: