Telegram Web Link
#ilmiy_ijodiy_seminar

Andijon davlat universitetida "O'zbekiston tasviriy va amaliy san'atida Andijon maktabining o'rni" mavzusida o'tkazilgan ilmiy-ijodiy seminardan fotolavhalar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ilmiy_ijodiy_seminar

Andijon davlat universitetida "O'zbekiston tasviriy va amaliy san'atida Andijon maktabining o'rni" mavzusida o'tkazilgan ilmiy-ijodiy seminardan fotolavhalar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024

🎓Qabul 5-iyundan boshlanadi!


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborildi:

Ingliz tili bo‘yicha
Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili
Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha
Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)


Yapon tili bo‘yicha
Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha

Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha
The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi.
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 12:45:13
Back to Top
HTML Embed Code: