Telegram Web Link
Forwarded from Grantlar.uz
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 15 300 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2024-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
#fakultet_yangiliklari

Bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirish masalalasi muhokama qilindi

Joriy yilning 28-may kuni Andijon davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov boshchiligida bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Dastlab, mas'ullar tomonidan shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar to'lov jadvaliga muvofiq qarzni o'z vaqtida to'lash masalasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyalariga belgilangan me'yorlar asosida tayyorgarlik ko'rish, ishga kirish va shu borada yuzaga kelayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakultet_yangiliklari

Talabalar viloyatimiz hududidagi mikro GESlarda amaliyot o'tamoqda

Bugun, 29-may kuni Andijon davlat universiteti Fizika fakulteti professor-o'qituvchilari talabalarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida fizika ta'lim yo'nalishining 30 nafar talabalari ishtirokida Buloqboshi tumanidagi "Janubiy Farg‘ona kanali GES–2"ga bordilar.

Amaliy mashg'ulotlar davomida talabalar mutaxassislar tomonidan gidroenergetika salohiyatidan oqilona va samarali foydalanish, kichik oqimdagi suvlardan toza va arzon elektr energiya manbasini ishlab chiqarish bo'yicha muhim ma'lumotlar olishdi.

Ma'lumot o'rnida viloyatimizda Andijon GES-1, Andijon GES-2, "Shahrixon GESlari kaskadi" unitar korxonasi tarkibiga kiruvchi 4 ta GES samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kechki_konsert

Konsert oqshomida universitet yoshlari jam bo'ldi

Bugun, 29-may kuni Andijon davlat universiteti rahbariyati tomonidan universitet talabalari hamda "Yosh qutqaruvchilar'' musobaqasiga kelgan o'quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida kechki konsert dasturi tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2925

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektor_faoliyati

Rektor fakultetning oʻquv, ilmiy, maʼnaviy faoliyati hamda talabalarga yaratilgan sharoitlarni o'rgandi


Bugun, 29-may kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetining oʻquv, ilmiy, maʼnaviy faoliyati hamda talabalarga yaratilgan sharoitlarni o'rganish maqsadida Jalaquduq tumanida bo'ldi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2926

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/23 15:33:43
Back to Top
HTML Embed Code: