Telegram Web Link
#elon

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 01-10-70-sonli chora-tadbirlar rejasining 2.1-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga ichki tanlovlarni o'tkazish tartibi bo'yicha seminar-trening o'tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-may kuni soat 10:30 da universitetning axborot-resurs markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasiga topshirmoqchi boʻlgan talabalar uchun seminar-trening bo'lib o'tadi.

Mazkur trening mashg'ulotiga barcha iqtidorli talaba-yoshlarni taklif qilamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Kengash_yigilishi

Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 12-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi

Bugun, 28-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 12-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Batafsil:
https://adu.uz/uz/news/article/2923

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#live #korgazma #Yosh_qutqaruvchi

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining respublika bosqichi Andijon viloyatida o'tkazilmoqda.

Ayni paytda Andijon davlat universitetida musobaqa doirasida turli viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalarning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, qidiruv-qutqaruv ishlari hamda tanlov davomida erishgan yutuqlari, qo'lga kiritgan natijalari asosida ko'rgazmalari bo'lib o'tmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 03:13:10
Back to Top
HTML Embed Code: