Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

Joriy yilning 12-19-may kunlari Qozog'istonning poytaxti Astana shahrida boks bo'yicha ''ELORDA CUP'' xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu xalqaro turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti boks yo'nalishi talabasi Saidaxon Rahmonova 48 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Musobaqada faxrli o'rinni egallagan talabamizni jamoamiz nomidan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ajoyib_yangilik

🇹🇷 Turk tili kurslarimizning 2024-yildagi ikkinchi mavsumini ochiq deb e'lon qilamiz!

📌 Maqsadimiz: 21-sentyabrdagi TYS (va taxminan, oktyabr oyidagi milliy DTM imtihoni)

👨‍🎓Bakalavr, magistratura, doktoranturaga kirishni maqsad qilganlarni safimizga chorlaymiz.

👩‍🏫Dars mashg'ulotlariga iyun oyidan start beriladi!

🔖 Ro'yxatdan o'tish uchun: @boyazidturk_bot ga ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz.

🏢 Manzil: Andijon avtovokzali binosining ikkinchi qavati (Lokatsiya)

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #ochiq_muloqot

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Baxriddinovna hamda Andijon viloyati xotin-qizlari ishtirokida "Ayollar biznesini qo'llab-quvvatlash" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uza_uz

📰Sizning bilan toʻldi hatto koʻngil gardlarim...


Andijon davlat universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira, publitsist, olima, mohir notiq, jamoatchi-tashkilotchi Tursunoy Sodiqova xotirasiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

✍️Ushbu maqola bilan batafsil:
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #xalqaro_anjuman

Andijon davlat universitetida “Zamonaviy dunyo ta’limi: yangi davr muammolari – yangi yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ERASMUS #DEBSEUz

Professor-o'qituvchilarimiz Italiyaning Politecnico di Torino universitetida malaka oshirmoqda


Ayni kunlarda Andijon davlat universitetining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi a’zolaridan professor R.Aliyev va tayanch doktorantlar N.Abbosova, A.Eraliyevlar "Erasmus+" dasturi doirasida "DEBSEUz" loyihasining joriy yilda rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish va malakalarini oshirish maqsadida Italiyaning Politecnico di Torino universitetida bo'lib turibdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2917

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Nazm_va_navo

🎻Nazm va navo kechasi

Ayni paytda Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar va talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Andijon viloyat hududiy boʻlimining ustoz san’atkorlari hamda yosh ijrochilari ishtirokida "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nazm va navo kechasida badiiy jamoalar va xonandalar ishtirokida chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro etilmoqda.

Nafosat, she’riyat, adabiyot, musiqa bayramiga aylangan kecha barchaga birdek manzur bo‘lmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 15:23:37
Back to Top
HTML Embed Code: