Telegram Web Link
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va tadqiqotchilar!

Sizlarni iyun oyida bo'lib o'tadigan premium offline-kursimizga taklif etamiz!

🌐 Iyun oyidagi "Scopus&Web_of_Science" nomli premium kursimizga qabul boshlandi!

🎯Kursimizdan oladigan eng asosiy natijalar:

O'zingiz mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'rganasiz.
🔴 Scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalarini o'rganib, sohangizga mos jurnallarni topishni o'rganasiz.
Ilmiy maqolalar tayyorlash standartlarini va ilmiy maqolalar tayyorlaydigan dasturlarni o'rganasiz.
Yevropa nashriyotlarida o'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni mutlaqo bepul chop qilishni o'rganasiz.
Premium kurs 15 ta asosiy dars va qo‘shimcha modullardan tashkil topgan bo‘lib, har bir dars davomiyligi 2 soat.

Ushbu kursda talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

🔝Ilmiy faoliyatingizni dunyo miqyosida kengaytiring!

✉️Mazkur postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!
Qabul joriy yil 31-maygacha davom etadi.

Kurs texnik-spikerlari:
👨‍🏫Xudoyberdiyev Akramjon – ADU Ilmiy bo‘lim xodimi, “Scopus Academy” online kurs bitiruvchisi;
👨‍💻Abdugʻofurov Shohjahon – “Scopus Academy” online kurs bitiruvchisi.

🌐Kursimizga yozilish va batafsil ma'lumot uchun:
👉@tadqiqotchi_PhD_DSc👈
#hisobot_konsert_dasturi

🎻Bugun, 20-may kuni "Milliy qadriyatlar sayli" va "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Nodirabegim istirohat bog'ida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining hisobot konsert dasturi bo'lib o'tadi.

🎪Konsert 18:00 da Nodirabegim istirohat bog'idagi ochiq sahnada boshlanadi. Ishtirok etish istagida bo'lgan barchani taklif etamiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#seminar_trening

Bugun, 20-may kuni Andijon davlat universitetida Osh texnologiya universiteti Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori Rahmon Mirzaibragimovich tomonidan "Statistik tahlil" mavzusida seminar trening tashkil qilindi.

Seminarda professor tomonidan universitetimizning Iqtisodiyot kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchi va tadqiqotchilari ishtirokida iqtisodiyot sohasiga doir statistik ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish, tarqatishning ishonchli tizimini joriy etish masalalarida master-klass mashg'ulotlari olib borildi.

Shuningdek, doktorlik dissertatsiyalarni rasmiylashtirishda iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalanish, iqtisodiy-matematik, logorifmik funksiyalar va boshqa metodlardan foydalangan holda tahlil hamda prognoz koʻrsatkichlarini zamonaviy usullarda hisoblash texnologiyasi boʻyicha ma'lumotlar berdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi

Andijon davlat universiteti rektori o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlamoqda

Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan kelgusida individual ishlash, ularning muammolarini aniqlab, manzilli hal etish maqsadida, bugun 20-may kuni Qo’rg’ontepa tumanidagi Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi, Mirzo Ulug'bek MFY da istiqomat qilayotgan yoshlar universitetga taklif qilindi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2914

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#pazandachilik_to'garagi

Universitetda pazandachilik markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida rektor tashabbusi bilan oliygoh talaba-yoshlarining darsdan tashqari bo'sh vaqtini mazmunli va tizimli tashkil etish maqsadida pazandachilik markazi tashkil etildi.

Bugun, 20-may kuni pazandachilik markazining ochilish marosimi o'tkazildi. Unda ishtirok etgan universitetimiz prorektorlari va professor-o'qituvchilar to'garak rahbari va o'quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan milliy taomlar va shirinliklarni e'tirof etib, faoliyatlariga omad tiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 17:18:46
Back to Top
HTML Embed Code: