Telegram Web Link
#test_jarayoni

Andijon davlat universitetida tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish, oliygoh ichki tartibi va odob-axloq me’yorlariga qo‘yiladigan talablar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi asosiy tamoyillar, yoshlar siyosati, qonunchilik va huquq sohasidagi islohotlar, shuningdek, talabalar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish maqsadida bir oylik o‘quv kurslari bo'lib o'tdi.

Bugun, 30-aprel kuni maxsus o'quv kurslarida olingan bilimlarni o'zlashtirish darajasini baholash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan universitetning birinchi ma'ruzalar zalida tyutorlar uchun test sinovlari o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uchrashuv

Prokuratura xodimlari yoshlar ishtirokida uchrashuv o'tkazdi

Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mas'ul xodimlari ishtirokida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Ilyosbek Qodirov va Umarxon Shamshidinovlar tomonidan bugungi kunda taʼlim sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek, akademiyadagi mavjud mutaxassisliklari, qabul kvotalari, kirish ballari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Viloyatimizda Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Milliy markazning aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi hamkorligida "PISA xalqaro tadqiqotining mazmun mohiyati, ahamyati hamda 2022-yil natijalari va tahlili" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda universitetning Umumiy pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Feruza Qo'chqarova "Xalqaro tadqiqotlar va ularning ahamiyati" mavzusudagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_anjuman

"O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari (Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi)" mavzusida xalqaro anjuman o'tkazildi

Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat universitetida O‘zbek tili va adabiyoti hamda O‘zbek adabiyotshunosligi kafedralari hamkorligida "O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari (Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi)" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda so'z olgan olimlar, shoir va yozuvchilar, professor-o'qituvchilar hamda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning "Abdulla Qodiriy asarlarning til xususiyatlari", "Abdulla Qodiriy asarlari poetikasi", "Hozirgi o'zbek adabiyotshunosligi masalalari" mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va yakunda savol-javoblar tashkil etildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 15:39:36
Back to Top
HTML Embed Code: