Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qo’rg’ontepa tumanidagi Mirzo Ulug'bek, Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi MFY da istiqomat qilayotgan, universitet rektoriga biriktirilgan yoshlar Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektor_minbari

📰 Ta'lim bor joyda tarbiya bo'lishi shart


Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashevning "Xalq so‘zi" gazetasining 2024-yil 30-apreldagi №83 sonida e'lon qilingan maqolasi bilan tanishing.

👉🏻Batafsil:Ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
‼️ Ochiq eshiklar kuniga marhamat!

♨️ Hurmatli abituriyentlar, sizda “Andijon davlat universiteti akademik litseyi" bilan yaqinroq tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi!

📆 Ochiq eshiklar kuni joriy yilning 1, 2 va 3 may kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha bo'lib o'tadi.

👍 Ushbu kunlar davomida sizlarni qiziqarli tadbirlar va imkoniyatlar kutadi
.

Andijon davlat universiteti akademik litseyi bo'ylab ekslyuziv sayohat, uning tarixi, infrastrukturasi va ta'lim dasturlari haqida ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Ta'lim yo'nalishlari taqdimoti va akademik litseyda yaratilgan imkoniyatlar haqida to'liq tanishib chiqasiz.

Qabul masalalari bo'yicha maslahatlar, akademik litseyga qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

⁉️ Fikr va mulohazalaringizni quyidagi havola orqali qoldiring. Bu biz uchun muhim.

🌐
https://www.tg-me.com/akademik_litsey_Rasmiy

💯 Barchangizni ochiq eshikalar kunida kutib qolamiz!
#test_jarayoni

Andijon davlat universitetida tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish, oliygoh ichki tartibi va odob-axloq me’yorlariga qo‘yiladigan talablar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi asosiy tamoyillar, yoshlar siyosati, qonunchilik va huquq sohasidagi islohotlar, shuningdek, talabalar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish maqsadida bir oylik o‘quv kurslari bo'lib o'tdi.

Bugun, 30-aprel kuni maxsus o'quv kurslarida olingan bilimlarni o'zlashtirish darajasini baholash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan universitetning birinchi ma'ruzalar zalida tyutorlar uchun test sinovlari o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uchrashuv

Prokuratura xodimlari yoshlar ishtirokida uchrashuv o'tkazdi

Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mas'ul xodimlari ishtirokida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Ilyosbek Qodirov va Umarxon Shamshidinovlar tomonidan bugungi kunda taʼlim sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek, akademiyadagi mavjud mutaxassisliklari, qabul kvotalari, kirish ballari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Viloyatimizda Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Milliy markazning aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi hamkorligida "PISA xalqaro tadqiqotining mazmun mohiyati, ahamyati hamda 2022-yil natijalari va tahlili" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda universitetning Umumiy pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Feruza Qo'chqarova "Xalqaro tadqiqotlar va ularning ahamiyati" mavzusudagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_anjuman

"O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari (Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi)" mavzusida xalqaro anjuman o'tkazildi

Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat universitetida O‘zbek tili va adabiyoti hamda O‘zbek adabiyotshunosligi kafedralari hamkorligida "O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari (Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi)" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda so'z olgan olimlar, shoir va yozuvchilar, professor-o'qituvchilar hamda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning "Abdulla Qodiriy asarlarning til xususiyatlari", "Abdulla Qodiriy asarlari poetikasi", "Hozirgi o'zbek adabiyotshunosligi masalalari" mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi va yakunda savol-javoblar tashkil etildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 19:12:04
Back to Top
HTML Embed Code: