Telegram Web Link
Biz kutgandik, biz bilgandik…

120 gertsli “monitor”
Kamerasida kino olsa bo’larkan… 11 Pro’da ham shunaqa deyishgandi ))
Qosh sezilarli darajada kichrayipti
Qani “Yangi iPhone 1799$ dan boshlanadi” deganlar?! 😄
Va tugadi…
​​#apple #taqdimot

Bugungi Apple kompaniyasining taqdimotida rasman e’lon qilingan yangiliklar:

• iPad 2021
• iPad Mini 2021
• iWatch 7
• iPhone 13
• iPhone 13 Pro/Pro Max

Ochig’i, menga apgreydlar yoqdi: iPad’lardagi yangi imkoniyatlar, iPhone Pro’ning kamerasi, kameradagi yangi “ProRes Video” funksiyasi, ayniqsa, iWatch 7 dizayni!

Faqat birgina tomoni, Prolarda yangi rang kutgandim. 11 Proning yashil, 12 Proning ko’k ranglarini eslang! Haqiqiy “Wow” effekt bo’lgandi. 13 Proning och havorang versiyasini ko’rib, “Apple ham aynibdimi?!”, degan savol tug’ildi…

Nima bo’lganda ham, shu kungacha qilingan sohadagi muhim burulishlar, sifatli mahsulotlar va bugungi efir uchun Tim Kuk jamoasiga minnatdorchilik bildiraman!

abalog.uz | @abalog
​​#apple #iphone

Apple tasmasida qoladigan (keyingi taqdimotgacha ishlab chiqariladigan) iPhone’lar ro’yxati va boshlang’ich narxlari.

Solishtirish uchun

abalog.uz | @abalog
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Onlayn marketing analitikasi, yoxud nega flayerlarni tashlab yuboramiz?

😎 Najot Ta'lim markazi
o'z o'quvchilari uchun turli sohalar bo'yicha soha mutaxassislari bilan birgalikda master-klass va ochiq darslar o'tkazib kelishidan xabardorsiz. Bu safargi suhbat SMM mutaxassislari, hamda bo'lajak marketologlar uchun anchagina foydali bo'ldi.

🦾 Ushbu master-klass videosini ko'rish orqali nega ko'pchilik kompaniyalar va bizneslar mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, o'z bizneslariga onlayn marketing yuritishni boshlab yuborganligi, boshlashmaganlari esa aynan shuning harakatida ekanligi haqida bilib olish imkoniyatiga egasiz.

Sababi, bu galgi qiziqarli kechgan suhbat o'zining shu kungacha bo'lgan "real keys" lari bilan bo'lishgan, hozirda markazimizda SMM basic yo'nalishidan ustozlik faoliyatini olib borayotgan, Abdulla Abdurahimov bilan bo'lib o'tdi.

Videoni to'liq tomosha qilish orqali online marketing haqidagi qimmatli bilimlarga ega bo'lish imkoniga egasiz!

🔥 Siz ham SMM mutaxassisi sifatida o'z faoliyatingizni boshlagansiz yoki endi boshlamoqchimisiz? Unda ushbu master-klass aynan siz uchun muhim! Master-klass premyerasi bugun, 23-sentabr kuni, 20:00 da boʻlib oʻtadi.

👉 Videoni to'liq holda tomosha qilish: https://youtu.be/nu3pl0T25og
Instagram va Facebook’ning “yaxshiligi” sababli, hammamiz bir joyda yig’ildik!

Telegramga qaytganingiz bilan! 🙋🏻‍♂️

Kimda nima gaplar? 👇💬
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yoshlar menga yozishayapti “nega Instagram ishlamay qoldi, yana qachon ishlab ketadi, Alisher aka?” deb. Hozir ularning bosh ofislariga aloqaga chiqdim, tez orada texnik muammoni yechib berishadi). Chet elda ham “svyaz”laring bo’lsa zo’rda. Biroz sabr qilamiz yoki bugun tiniqib dam olinglar. Ertaga bir gap bo’lar)

😁😁😁

@alisher_sadullaev
Telegram va Twitterga kirib, karantinning ilk kunlari yodimga tushdi.

Qoplab kortishka-piyozlar, “maxsus qog’oz”lar rosa sotilgandi o’shanda. Barcha shuganaga tushib qolgan vaqtlar…
Facebook va Instagram tez orada ishlay boshlaydi menimcha! 😁
Mana bu #holatmarketingi yoxud trenddan samarali foydalanish!

Inglizchani biladiganlar, tarjimani kutib qolamiz! 👇
Lekin foydasi yo’q!

“Fotoshop” bo’lsa kerak. Milliard dollar umidida domenni qidirdim. Band qilingan ekan ))
Holat yaxshilanmoqda! Tushunimcha texnikalarda nosozlik ro’y bergan.

Instagram rasmiylarining Twitter sahifasida, nosozlikni bartaraf qilish bo’yicha ishlar olib borilayotgani aytilgan.
To’xtalishlar sababi nimada bo’lishi mumkin?
Anonymous Poll
33%
Hakerlar hujumi
54%
Texnik yoki dasturiy nosozlik
14%
Telegram va Twitter’ning PR’i
Mana sabab!
​​#telegram #yangilik

📲 Kanallarda aylanayotgan o’sha xabar: Telegramda reklama qilish imkoniyati ochilmoqda.

😐 To’g’risi, kutmagandim! Reklamadan holi joy faqat shu telegram edi. Endi bu yerda ham reklama ko’ramiz…

abalog.uz | @abalog
2024/09/21 05:53:26
Back to Top
HTML Embed Code: