Telegram Web Link
​​#abalog #sayt #yangilik

Abalog’da yangilikning dodasi! 🥳

📲
Yaqinda Abalog’ning mini sayti haqida maqola yozgandik. Oradan ko’p vaqt o’tmadi, endi Abalog o’zining sayt domeniga ham ega!

🌎 www.abalog.uz — gap shu sayt haqida boryapti! Saytimizda (telegram blogimiz kabi) Marketing va IT bo’yicha turli mavzulardagi maqolalar joylab boriladi.

🙂 Saytimizga tashrif buyurib, ishimizga baho bering. Sizning fikrlaringiz biz uchun muhim va qimmatli!

P. S.
Domen hozircha Blogger’dagi sahifamizga ulangan.

abalog.uz | @abalog
Instagram Insiders - Fashion & Beauty.pdf
20.1 MB
#instagram #moda

Instagram o'zining ilk moda jurnalini namoyish qildi

📓 Instagram Insider nomini olgan ushbu jurnalni hozirda .pdf formatda yuklab olish mumkin.

9️⃣ sahifadan (jurnal shaklida chiqarilsa, 14 bet bo'larkan) iborat jurnaldagi ma'lumotlarni tuzish uchun influnserlar, modellar, moda brendlari o'rganib chiqilgan. Pdf'da tanlangan blogerlar sahifalari, ularning profillari haqida qisqa ma'lumotlar, kichik maqolalar va albatta, rasmlar aks ettirilgan.

😉 Instagram Insider moda jurnalini birinchilardan bo'lib, bizning kanalda ko'rishingiz mumkin!

abalog.uz | @abalog
​​#Apple #6G #texnologiya

Apple 6G texnologiyasi ustida ishlaydi(mi?)

📱 Bundan bir necha oy oldin Apple kompaniyasining 5G texnologiyasida ishlovchi smartfonlari ommaga taqdim etildi. Lekin bu hech kimni hayratga solmadi. Sababi, 5G texnologiyasini smartfonlarda qo’llash ancha oldin boshlab yuborilgan edi.

🥺 O’sha vaqtlarda Apple va chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyalari orasidagi nizolar Tim Kuk jamoasiga 5G ustida ishlashga xalal bergandi.

💪 Endi “tishlangan olma” yana bir qadam oldinga o’tib olishni maqsad qilgan ko’rinadi. Ular endi 6G texnologiyasini ishlab chiqmoqchilar! Kompaniya yaqinda o’z saytiga bo’sh ish o’rni haqidagi e’lonni joylashtirdi. “Injener” lavozimidagi xodim “Yangi avlod simsiz aloqa tizimlarini tadqiq qilish va rivojlantirish mutaxassisi” bo’lishi kerak! Ushbu vakansiya Kupertino va San Diegodagi ofislarda ochilgan.

👉 Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, o'tgan yili Apple 6G standartlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ittifoqiga qo'shildi. Umuman olganda, 6G texnologiyasi — mavhum narsa: ishlab chiqarishning taxminiy sanasi, uning texnik xususiyatlari aniq emas. Lekin, 6G teragerts diapazonda ishlashi va 5G dan 100 barobar tezroq bo’lishi kutilmoqda. Eslatib o’tamiz, 5G texnologiyasida erishish mumkin bo’lgan eng yuqori tezlik (ideal sharoitda) - 20 Gb/s.

abalog.uz | @abalog
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Falastinlik bolalar uchun xayriya!

Barchamizga ma'lumki, ayni paytda Sharqiy Quddusda vaziyat keskin tus olgan. Dunyoda hech qachon urush bo'lmasin. Urushda doim eng ko'p zararni bolalar ko'radi...

Ushbu holatni shunchaki kuzatib tura olmaymiz, azizlar! Oz bo'lsa-da yordamimiz tegishini xohladik. Falastinlik begunoh bolajonlar uchun himmat qilaylik. Mehrimizni ayamaylik. Zero, berganga qaytarilur!

Quyidagi karta raqamiga qo'limizdan kelgancha mablag' yig'ishni niyat qildik. Imkoningiz bo'lsa, bizga qo'shiling!

Karta raqami: 8600310402533624

Karta AKHMADJONOV TEMURBEK nomida
​​#hayit #shukrona #tabrik

🤲 Avvalambor, Alloh barchamizni shu kunlarga yetkazganiga shukronalar aytamiz! Yurtimiz tinch, tanimiz sog’, aqlimiz raso, yaqinlarimiz tinch-omon ekani uchun behisob hamdlar bo’lsin!

😊 Muborak oyda tutilgan ro’zalarni Yaratgan o’z dargohida qabul qilsin! Shu oyda qilingan yaxshi ishlarning savobini ko’paytirib bersin!

☺️ Sabrni nafsdan ustun qo’ygan musulmonlar uchun bayram qilingan Hayit ayyomi barchamizga qutlug’ bo’lsin! Barchamizga ikki dunyo saodati nasib qilsin!

🤲 Barcha dindoshlarimizga (shu qatorda o’zimizga ham) mustahkam iymon, sog’lom va fayzli hayot, zakovatli zehn, oliyjanob ko’ngil, yaxshi niyatlar va duolar ijobatini tilaymiz!

💪 Dinimizning muborak tarixi va sharafi uchun kurashayotgan barcha do’stlarimizga Allohning o’zi madad bersin!

@abalog
Forwarded from Own Media
​​SMM hammaga kerak(mi?)

🤔 "Instagram, telegramlarda kanal ochish", "tiktok olish" — hamma biznes egalarining bugungi kundagi dardi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Xo'sh, shu kanallar hammaga kerakmi?

🙅🏻‍♂️ Yo'q! Agar sizning biznesingiz kichik joy uchun mo'ljallangan (mahalladagi nonvoyxona, ko'cha boshidagi do'kon, sartaroshxona va hokazo) bo'lsa, ijtimoiy tarmoqlarda shunchaki kuzatuvchi bo'laqolganingiz yaxshi;

💁🏻‍♂️ SMM yuritishi maslahat beriladigan tadbirlar ("biznesmen" - "biznes", "tadbirkor" - "tadbir" bo'ladimi?) kattaroq qamrovdagi hududga xizmat ko'rsata olishi yoki bir nechta joyda filiallari bo'lishi maqsadga muvofiq. Agar, sizning mahsulot yoki xizmatingiz "antikvar" bo'lsa (boshqa hech kimda bo'lmasa) uni ham "SMM qilib tashlash" kerak.

😶 Endi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritishga kelsak: g'oya top, matn yoz, texnik topshiriq ber, dizayn qil, postni joyla, xabar va izohlarga javob yoz, target qil, bloger bilan gaplash... Hullas, bosh og'rig'i ko'p!

👨🏻‍💻 Shunga qaramasdan, SMM yuritmoqchi bo'lsangiz, bizga aloqaga chiqing. Siz uchun biz boshimizni og'ritamiz! 😉

📲 Murojaat uchun: @abacy_mg

Чтобы читать на русском, зайдите в комментарии 👇
Forwarded from Own Media
​​🔹 “Men hisobga kecha pul tushirgandim, target qildingizmi? Mijozlar qani?” 🤨

🤦🏻‍♂️ Ko’pincha, biznes egalari SMMni bir necha soat ichida foyda keltiradi deb o’ylashadi. Lekin, sahifalaringiz siz o’ylagan natijani berishi uchun vaqt kerak. Ba’zan bu 4-5 oyni talab etadi.

🔹 “Mana sizga login va parol. Qolganini o’zingiz qilavering, siz esememshiksiz-ku!” 🧐

💁🏻‍♂️ Faqat login-parollar bilan ish bitmaydi. SMM jamoasi mahsulotni tushunishi, kompaniya maqsadi va istaklarini o’rganishi, rejalar tuzib, uni siz bilan muhokama qilishlari zarur. Loyihangiz haqida qancha ko’p ma’lumot bo’lsa, ish shunchalik yaxshi bo’laveradi.

🔹 “Bitta SMM yuritish uchun shuncha odam ovora bo’lishi shartmi?” 🤔

👨🏻‍💻 Ko’pchilik SMM shunchaki post qo’yish va izohlarga javob berish deb o’ylaydi. Aslida esa, SMM — juda chuqur jarayon!

Чтобы читать на русском, зайдите в комментарии 👇
Forwarded from SMM va Marketing
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marketing

👆 Yuqoridagi video rolik “SAMSUNG” kompaniyasining muzlatkich reklamasi.

👀 Videoni asosan yoshlar uchun moʻjallangan... Siz nima deysiz? Fikringizni izohda qoldiring!

Facebook || Instagram || Telegram
#yangifunksiya #instagram

Instagramda update: storislar tarjimasi

Sizda ham chiqdimi?

@abalog
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Kontent marketing va onlayn marketing analitikasi bo'yicha master-klass

Hozirda ijtimoiy tarmoqlar shu darajada tez rivojlanib boryaptiki, ancha-muncha kompaniyalar yoki mutaxassislar bunga moslashishga qiynalmoqda. Bu moslashish ko'proq SMM, onlayn marketing mutaxassislari uchun og'riqli sanaladi.

⚡️ Bu galgi suhbatimiz faqat SMM haqida bo'ladi: g'oyadan keysgacha, kontent marketing va onlayn marketing analitikasi kabi siz uchun qiziq bo'lishi kutilgan mavzularda gaplashamiz.

Mehmonimiz, Najot Ta'lim uchun qadrdon va hozirda markazimizda SMM basic kursidan ustozlik faoliyatini olib borayotgan Abdulla Abdurahimov bo'ladilar.

Master-klass 14-avgust, shanba kuni, soat 11:00 da Najot Ta'limning Xadra filialida bo'lib o'tadi.

📌 Eslatib oʻtamiz, master-klassda faqat markazimizda SMM yo'nalishida ta'lim olayotgan oʻquvchilar va kursni oldin tamomlagan bitiruvchilar ishtirok eta oladi.

🔗Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
​​#doppichallange #anabomasam

Milliy tiklanish demokratik partiyasidan (!) shedevr!

Manba bu yerda

abalog.uz | @abalog
​​​​#shaxsiybrend #realkeys

❗️ “Shaxsiy brendingizni rivojlantiring” deganda “ee zarlmi?!” deydiganlar uchun:

🥤 Yaqinda Ronaldo kolani chetga surib, kompaniyani 4 milliard (!) dollarga “tushirgandi”. Sabab: Ronaldoning o’ta mashhurligi!

👉 Mana yana bitta misol: 20-avgustda aktrisa Anjelina Joli instagramda akkaunt ochdi. Avval ijtimoiy tarmoqdan foydalanmagan Jolining sahifa ochishdan maqsadi — afg’on qizi maktubini ommaga ko’rsatish edi deyilmoqda manbalarda.

😳 E’tiborlisi, 20-25-avgust oralig’ida uning obunachilari 9.6 millionga chiqib ketdi!

⬇️ Buni ko’ring, hulosa qiling va TikTok’da vayn olishni boshlang! 😉

abalog.uz | @abalog
​​#tiktok #qarshilik

📲 TikTok kriptovalyutaga aloqador kontentlarni o’chirishga kirishdi.

abalog.uz | @abalog
​​#vakansiya #smm #tezkor

Xullas do’stlar, jamoaga SMMchi kerak!

Yoshi 20+ erkak kishi;
O’zbek va rus tilini biladigan;
Tajribali;
Kreativ;
Tartibli;
• Kopiraytingni eplaydigan;
Deadline’dan oldinda yuradigan;
Sohaga astoydil qiziqadigan;
Qadriyatiga sodiq;
Portfoliosi bor bo’lgan nomzodlarni ko’rishni juda istar edik!

👉 Lekin, o’zingizga ishonsangiz, yosh, jins va portfolio bo’yicha kelishib ketaveramiz. Asosiysi, mehr bilan ishlab bera olish!

Shunaqa variantlar bo’lsa, @ownmedia_mg’ga yozaverasiz.

❗️ Diqqat

👉 Ish onlayn, lekin SMMchi Toshkent shahrida istiqomat qilishi talab etiladi.

👉 Biz ishga kirmoqchi bo’lgan mutaxassisga tayyor loyihalarni topshiramiz, shuning uchun, “ish o’rganish”, “tajriba yig’ish” maqsadidagilar bo’lsa, murojaat qilmaganliklari ma’qul!

👉 Jamoa va loyihalar haqidagi ma’lumot faqatgina jamoaga qo’shilgan mutaxassislarga ochiqlanadi!

P. S. O’zingiz va boshqalarning vaqtini bekorga sarflamasligingizni so’raymiz!

abalog.uz | @abalog
Forwarded from Qobiljon Sobirjonov
Bugungi Mfaktor executive club yegilishimizning sentabr oyidagi yeg'ilishi.

Mavzu : Hitoy davlati bilan export va import.
Speaker. O'zbekistonning Hitoydagi elchihonasidagi 1- sekretar Akmalhon Olimhonov

Trainingdan olingan insightlar.

1⃣ Hitoy bozori juda katta bozor agar kira olsak. Lekin AQSH davlati 1 dona olma turini export qilaman deb 14 yil kutgan ya'ni Hitoyliklar oziq ovqat tekshiruvi va nazorati juda qattiq.

2⃣ Hozirgi kunda epidemiya muammosi ayniqsa Hitoy bilan logistika ya'ni yuk tashish bo'yicha muammolar juda katta. Yuklar ushlanib qolayotgan joylarda hozirgi kunda bemalol tadbirkorlar O'zbekistonning Hitoydagi elchihonasiga muroja'at qilishlari mumkin va ular mahsulotni tezroq olib kelish uchun Hitoy tashqi ishlar vazirligiga muroja'at qilishadi

P.s oldin tadbirkorlar tog'ridan tog'ri elchihonaga muroja'at qila olmagan

3⃣ Hitoyda sun'iy intelekt shu darajada rivojlanganki 25.000.000 inson yashaydigan shaharda jinoyatchini 7 minutda topa oladi.
Boshlanyapti…
Boshlandi! 🤩
Yangi iPad’ning 12 megapixelli old kamerasini maqtashyapti
Klaviatura va boshqa iPad aksessuarlari haqida
2024/09/21 10:30:41
Back to Top
HTML Embed Code: