Telegram Web Link
iPad Air yangiliklari birgina “screenshot” ichida!
Va... Tugadi ((

12 qani?!

@abalog
​​#Apple #taqdimot

☹️ Ochig’i, taqdimotga oz qolganda tarqalgan har xil gap-so’zlarga ishonmagan edim. Lekin, ular rost ekan!

📱 Gap shundaki, iPhone 12 flagmani (hozirgi vaziyat tufayli menimcha) biroz keyinroq sotuvga chiqadi. Balki yangi yil arafasida chiqar...

🤔 Apple’ning shu joyda ham “kallasi ishladi” va uni taqdimotda chiqarmadi. To’g’ri-da, agar iPhone 12 qanday bo’lishini aytib qo’yishsa, zavoddan chiqib bo’lgan shuuncha 11-u 11 Pro Max’lar nima bo’ladi?! Sotilmay qoladi!

👍 Buning oldini olish uchun eng maqbul yechim - 12 sotuvga chiqishiga yaqin qolganda uni taqdimotini o’tkazish!

Nima bo’lganda ham, men Apple’ni qo’llab-quvvatlayman! iPad Air esa... 🤤Hammamizga nasib qilsin!

@abalog
​​#smm #vakansiya

👨🏻‍💻 SMM menejeriga qo’yilayotgan talablar...

👉 O’sha TikTok’dagi gap: “Mazzami silaga, mazzami?”

@abalog
​​#bayram #shukrona #tabrik

Men kasbimni yaxshi ko’raman!

👨🏻‍💻 Deyarli 1 yildan beri Najot Ta’lim markazida SMM sohasidan dars berib kelaman. O’zim ham shu yerda ta’lim olganman. Ustozimiz Temurbek Adhamov sohaning sir-asrorlarini bizlarga o’rgatayotgan vaqtlarida, bu ishga qanday mas’uliyat bilan yondashishlarini sezib turardik.

👨🏻‍🏫 Bitirganimizdan so’ng, “estafeta tayoqchasi” menga topshirildi! Birinchi marta SMM sohasidan dars berish uchun guruhga kirganimda (Temur Adhamovning guruhlariga, ha, tajribam oshishi uchun ustozimiz o’z guruhlarini menga ishonib topshirgan edilar!), yaxshi kutib olishdi. Shu tariqa bilim ulashishdek mas’uliyatli va savobli ishimizni SMM sohasi orqali davom ettirishni boshladik!

👍 Kimga qanaqa, bilmadim-u, menga dars berish yoqadi! “Odam bir narsani bilmasdi, darsga keldi, bilib oldi. Bunga esa siz sababchisiz!” Ajoyib-ku! Bu vaqtlar hayotimning mazmunga va quvonchga boy onlari deb bemalol ayta olaman! Jamoamizga kelsak, "просто супер"! Izlanuvchan yoshlar, kuchli bilimga va tajribaga ega ustozlar... Bunday jamoa bilan bir qatorda turish katta kuch va maroq beradi, men sizga aytsam!

Hullas, bugungi bayram munosabati bilan, barcha hamkasblarimizni tabriklayman! Alloh kasb-korimizga baraka bersin, ilmimizni ziyoda qilsin! Biz bilim bergan o’quvchilar kelajakda shu bilimlar asosida katta marralarni zabt etishsin! 🤲

@abalog
​​#abalog #tiktok #blog

📲 TikTok tarmog’ida ro’yxatdan o’tganimga ancha bo’lgandi. Shu yilning 9-sentyabridan TikTokka sal boshqacharoq “iqlim” olib kirish maqsadida Abalog loyihasining bir ko’rinishini boshladim.

👇 Rasmda ko’rganingiz (ko’rmagan bo’lsangiz bir qarab oling) roppa-rosa 1 oylik (!) natija. Buni siri nimada ekanini bilasizmi?! Aslida bu yerda sir yo’q!

👉 “Nakrutka” aralashmadi. Reklama qilinmadi. Shunchaki:
1. TikTok algoritmi “creator” sahifa egalari hisobiga yaxshi tuzilgan;
2. TikTok’dagi hamyurtlarimiz foydali kontentga yovvoyi sher kabi tashlanishadi!

🔄 Chunki, o’yin-kulgu, bema’ni videolar me’daga tegishni boshladi. Odamlarda qiziqish yetarli, saviya ancha bo’y ko’rsatishni boshlagan. Imkoniyatni tushunish bor-u, harakat boshlash degan funksiya “loading” bo’lib turipti... ))

@abalog
​​#lirikchekinish

Boshidan aytib qo’yay, hammasi shaxsiy fikr!

🤦🏻‍♂️ Bir necha kun oldin, TikTok’dagi “live” vaqtida bitta qatnashuvchidan “Motivatsiya bering” degan ma’nodagi izoh keldi.

🔄 Shu “motivatsiya” so’zini eshitganimda ko’pchilikning qarashlariga teskari bo’lgan o’y-fikrlar kelaveradi...

🤷🏻‍♂️ Nahotki odam qo’ygan maqsadiga yetishi uchun boshqa odamdan qandaydir “aqlli gaplar” kerak bo’lsa?! Eshakka “chuv” desa yuradi. Shuning uchun ham u eshak... Unda harakat qilishi uchun “motivatsiya” olmoqchi bo’lganlar kim?!

👉 Yo’q, ular odam. Shunchaki, ularda biroz noto’g’ri tushuncha bor. O’z maqsadlariga erishish uchun (agar shunaqa maqsadlari bo’lsa) muvaffaqiyatga erishgan kimsadan maslahat, undov kerak, bo’lmasa o’xshamaydi deb o’ylashadi. Aslida, maqsad to’g’ri qo’yilsa, qat’iy tartib bilan ishlansa, hech qanday motivatorlarga talab qolmasligi kerak, nazarimda!

💁🏻‍♂️ Bordiyu, “biror ishni bajarishim, maqsadimga yetishim uchun menga biror odam motivatsiya berishi kerak” deb hisoblasangiz, pastda sizning rasmingiz keltirilgan ekan!

@abalog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana o'sha uzooq kutilgan iPhone 12'ning rasmiy taqdimoti!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima derdi?! “Ranglariga ado bo’laman...”midi?!

@abalog
​​#iphone #apple

📱 Sizga qaysi rangidan? Menga ko’ki yoqdi, masalan!

“Anaqqisa” tug’ilgan kunimga hali bor-u, safar oldidan olsam “kutilmagan sovg’a” bo’lardi...

@abalog
​​#iphone #apple

💵 2,5 mln oylik olib, oila boqilsaa: 4 oy yemay-ichmay, faqat ishlab, hech qanday chiqim qilmay... «Зато» iPhone 12 Pro ishlatasiz!

🙃 Mazzami?!

@abalog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iphone #apple

Bir necha daqiqa oldin YouTube’dagi Olma (Apple) rasmiy kanalida iPhone 12’ning rasmiy videoroligi chiqdi.

«Сразу» sizlarga ko’rsatamiz deb, shu postni chiqardik!

@abalog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iphone #apple

Taqdimotning 1 daqiqalik qisqa, «бюджетный» versiyasi chiqqaniga «где-то» 45-50 daqiqa bo’ldi!

@abalog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iphone #apple

This is iPhone 12 pro!

Bularni montajiyam yoqimlida, qandaydir...

@abalog
#facebook #messenjer

Facebook messenjerida yangi logotip. Instagramdagi ranglar qo’shilgan-a, menimcha?!

@abalog
Forwarded from Marketing bo'limi
"Hammasi TikTokdan boshlanadi"

Kundan-kunga TikTok platformasi jadalik bilan rivojlanib, rekordlarni urishda davom etmoqda. Ushbu ilova orqali ko'plab insonlar va, hattoki, ishlab chiqaruvchilar ham mashhurlikma erishmoqda. Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Odatiy amerikalik erkak uchun odatiy bo'lgan tonglardan biri. U ishga ketish davomi tiktok video olishga qaror qiladi. Uning qo'lida Ocean Spray kompaniyasi ishlab chiqargan malinali sok bor va u videodagi musiqaga mos tushadi (musiqa: Dreams — Fleetwood Mac).

Ushbu voqeaning asosiy qismi video TikTokka joylangandan so'ng yuz beradi. Rolikdan so'ng yuz bergan voqealar xronologiyasi:

— Ocean Sprayning malinani sokining butun Amerikadagi supermarketlardagi sotuvi keskin oshadi, shunga mutanosib ravishda kompaniya aksiyalari ham o'sadi;
— Ishlab chiqaruvchilar minnatdorchilik sifatida ushbu rolik muallifiga mashina sovg'a qiladi. Muallif endi mashinada ishga ketayotganini videosini TikTokka joylagan;
- Fleetwood Mac'ning qo'shig'i iTunes'da topga ko'tarildi;
— Instagram va TikTok uning akkauntini tasdiqlab, belgini (galochka) taqdim etdi;
— Mashhur blogerlar, teleboshoshlovchilar va, umuman, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga parodiyalar qilishmoqda;

Muallifni yanada mashhur qilgan narsa shuki, video TikTokning PR mutaxassislariga yoqdi va uni "Hammasi TikTokdan boshlanadi" reklama videoroligida ishlatmoqda. Endilikda kutilmaganda mashhurlikka erishgan rolik NBA va MLB o'yinlarida ham reklama sifatida aylanadi.

Sizda hali ham TikTok yo'qmi?

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
#instagram #megaqulaylik #superyangilik

Mana bu yangilik!

🌍 “Olamda nima gaplar ekan?!”, deb instagramga kirgandim, g’alati e’lon chiqib qoldi.

📲 Nimaligiga qiziqdim. Hullas yangi funksiya: endi odamlar facebookda turib (instagram akkaunti bo’lmasa ham!) instagramdagi akkauntingizga xabar yoza olishar ekan!

@abalog
2024/09/21 16:57:04
Back to Top
HTML Embed Code: