Telegram Web Link
​​#хабар #қизиқ

Шунақасиям бўларкан!

📰 The Washington Post нашрининг хабар беришича, Америкада онлайн энагаларга бўлган талаб ошиб кетмоқда экан.

👩🏻‍💻 Коронавирус туфайли бебиситтерлар масофадан туриб, онлайн шаклда болаларга қарамоқдалар. Компаниялардаги энагалар экран қаршисида болани қизиқтириб олиб ўтириш учун турли янги техникаларни ўрганишмоқда.

💰 Babysitting Company номли машҳур компанияда ҳам бебиситтерларнинг онлайн хизмати йўлга қўйилди. Онлайн энаганинг 45 дақиқали сеанси 36.0$ экан!

@abalog
#lotin #xabar

📲 Kanalimiz obunachilari orasida o'tkazilgan so'rovnomaga asosan, endi maqolalarni lotin yozuvida berib boramiz!
​​#telegram #yangilik

Telegramda reklama?! 😱

📌 Telegramning yangi 6.1.1 (desktop uchun 2.1.1) versiyasida mahkamlangan ("pined", "закрепленный") kanallarning yangi ko'rinishi paydo bo'ldi. Hozircha u faqat test serverida ishlamoqda.

👉 Ular orqali koronavirus haqidagi eng so'nggi va ishonchli habarlarni olish mumkin bo'ladi.

🤦🏻‍♂️ "Karantindan keyin bu funksiyadan reklama maqsadida foydalanishlari mumkin", deyiladi Telegram Info kanalidagi xabarda.

💁🏻‍♂️ Lekin, "Код Дурова" kanali Telegram boshqarmasi axborotlariga tayanib, buni rad etmoqda:

"Telegramning 6.1.1 versiyasi foydalanuvchilarni pandemiya haqidagi holatlardan xabardor qilish uchun nisbatan samarali imkoniyatga ega. "Mahkamlangan kanallar"dan boshqa maqsadlarda foydalanish ko'zda tutilmayapti."

🤷🏻‍♂️ Nima ham derdik, hammasini vaqt ko'rsatadi!

@abalog
​​#ElonMusk #Tesla #biznes

⤵️ Elon Maskning twitidan keyin Teslaning aksiyalari narxi tushib ketdi.

💵 Tesla hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi va bosh direktori Elon Mask 1-may kuni (kecha) Twitterda o'z kompaniyasining aksiyalari juda qimmatligini yozdi.

📉 Bu voqeadan keyin Tesla aksiyalari birdaniga arzonlashdi. Kun so'ngida qimmatli qog'ozlar narxi 10.3% gacha, ya'ni, $701,32 gacha pasaygan.

🤷🏻‍♂ Mask nega bunday twit qoldirganini, nega o'z kompaniyasi aksiyalarini juda qimmat deb hisoblashini izohlamagan.

@abalog
​​#qiziq #smm #ijtimoiytarmoqlar

Egasi o'lgan akkauntlar haqida

📈 Avvallari biz ijtimoiy tarmoqlarda bir necha terabayt ma'lumotlar qoldirganmiz. Hozir esa terabaytlar zettabaytga aylangan. Aniqrog'i, 2018-yilda odamlar ijtimoiy tarmoqlarda 33 zettabayt ma'lumot qoldirgan bo'lsalar, 2025-yilda bu ko'rsatkich 175 ZBgacha yetishi mumkin.

❗️ Qiziq ma'lumot:
Britaniyada har 5-odam o'z o'limi oldidan ijtimoiy tarmoqdagi login va parollarini vasiyat qilib qoldirar ekan.

🔘 2065-yilga kelib Facebook tarmog'idagi marhumlar akkauntlari soni tirik odamlarnikidan ko'p bo'lishi taxmin qilinmoqda. Tarmoq ishga tushganidan 8 yil o'tib, egasi vafot etgan akkauntlar 30 millionta edi.

▪️ Facebook kompaniyasi xodimi inson vafotidan so'ng uning akkauntini yaqin do'sti yoki oila a'zosiga berish kerakligini tushundi. Keyin shunday funksiyani ishga tushirdi. Marhumning postlari akkauntda qolishi yoki sahifa butkul o'chirib yuborilishi mumkin. Agar biror marhumning facebookdagi akkauntiga vasiylik qilmoqchi bo'lsangiz, saqlovchi (хранитель) bo'lishingiz mumkin. Bordiyu, akkauntga vasiy topilmasa, undagi kontent internetda abadiy qolib ketadi.

▪️ VKontakte va Odnoklassniki tarmoqlarida marhumlarning akkauntlari bilan ishlash tajribasi katta emas. Oila a'zolari tarmoq administratsiyasiga o'lim haqidagi guvohnoma bilan murojaat qilsalar, VK sahifani saqlab qo'yadi. Yoki butunlay o'chirib yuboradi.

▪️ Twitter esa, agar yaqin qarindoshi shaxsini tasdiqlasa, marhumning akkauntini o'chirib yuboradi. Ma'muriyatga murojaat qilish uchun marhumning ma'lumotlari va o'lim haqidagi hujjat kerak bo'ladi.

▪️ Instagramning bu boradagi ishlari haqida esa avval ham yozgan edik.

📲 Manba: Hamkasbimning kanali

@abalog
​​#texnologiya #intel #yangilik

🖥 Aprel oyining so'ngida Intel kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar uchun mo'ljallangan Intel Comet Lake-S 10-avlod protsessorlarini taqdim qildi.

🎮 Yangi protsessor birdaniga Core i3, i5, i7 va i9 tasmasi uchun ishlab chiqildi. Ular orasida Intel Core i9-10900K dunyodagi eng kuchli o'yin protsessori deb e'tirof etilmoqda.

🎞 Yangi protsessor o'yindan tashqari katta dasturlarda ishlash, xususan, HD va 4K video montaj ishlari uchun ham juda kuchli imkoniyatlarga ega.

💪 Qolaversa, Intel Comet Lake-S protsessorlari Turbo Boots 3.0 texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi, DDR4-2933 tezkor xotirasi bilan ishlashga mo'ljallangan. 2.5 Gb/sekund tezlikkacha simli internetni, Wi-Fi 6 (11 Gb/sekund) simsiz internetni qo'llab-quvvatlaydi.

@abalog
​​#facebook #instagram #whatsapp #messenger

🔝 Facebookning barcha tarmoqlaridagi umumiy oylik auditoriyasi 3 mlrd.dan oshdi.

☑️ 31-mart holatiga ko'ra bu ko'rsatkich 2.99 mlrd.ni tashkil qilayotgan edi. Aprel oyida esa, Facebook, Instagram, WhasApp va Messengerlarning umumiy foydalanuvchilari soni 3 miliardan ham o'tib ketdi.

📋 Bu haqida kompaniya bosh direktori Mark Sukerberg axborot bergan deyiladi, Venture Beat saytining xabarida.

@abalog
​​#texnologiya #yangilik #megaqulaylik

Texnika mo'jizasini ko'rganmanu, lekin bunaqasini...

📲 Dasturchi va dizayner Siril Dian (Cyril Diagne) o'zining twitterdagi sahifasiga ajoyib videoni joyladi. Videoda smartfonlar uchun ishlab chiqilgan yangi dasturning ishlashi ko'rsatilgan.

👨🏻‍💻 Bu dastur yordamida istalgan buyumni rasmga olasiz va o'sha buyumni kompyuter ichiga bevosita joylashingiz mumkin! Jarayon 7 soniya atrofidagi vaqtni oladi. Dasturchilar kelajakda bu vaqtni yanada qisqartirishni reja qilmoqdalar.

🔘 Ushbu dastur GitHub'ga ham joylangan.

🔻 Quyida twitterda hammani lol qoldirgan o'sha videoni ko'rishingiz mumkin.

@abalog
​​#instagram #statistika

👨🏻‍💻 Instagramdagi 6 million blogerning 1 mln.dan oshiq obunachisi bor;

📲 200 million bloger 50 mingdan ortiq obunachilarga ega ekan.

@abalog
​​#google #yangilik #megaqulaylik

👥 Google yangi xizmatni ishga tushirdi. Uning nomi: Podcasts Manager

📋 Bu servis yordamida podkastni tomosha qilayotgan auditoriya haqida ma'lumotlar olish mumkin. Masalan: foydalanuvchilarning sodiqlik darajasi, ularning qurilmalari, qancha muddat tomosha qilayotganlari, qiziqishlari va boshqalar.

📥 To'plangan ma'lumotlarni o'zingizning ma'lumotlar bazangizga o'tkazib olishingiz ham mumkin.

@abalog
​​#microsoft #soqqaliish

💰 O'ziga ishongan xaker kerak. 100 ming dollarli ish bor!

👨🏻‍💻 Microsoft
kompaniyasi o'zining Linux bazasida ishlovchi operatsion tizimini "взлом" qilgan odamga aynan shuncha miqdorda mukofot e'lon qildi.

Batafsil ma'lumot

@abalog
Bugun 9-may - "Xotira va qadrlash kuni". Bayram barchamizga muborak bo'lsin!

@abalog
​​#instagram #rekord

🏆 Ijtimoiy tarmoqda o'ziga xos rekord o'rnatildi!

😱 Reper 6ix9ine instagramdagi jonli efir vaqtida 2 million tomoshabin yig'di. Meni kechirasizlaru, lekin reperlarning konsertiga ham buncha odam kelishi amrimaholku!

🙃 Nima bo'lganda ham, 6ix9ine (ismining ajoyibligini qarang!) Ijtimoiy tarmoqda katta natijaga erishdi. Qoyil!

@abalog
​​#layfxak #telegram

👍 Telegramda g'aroyib funksiya bor. Juda qiziq narsa, sizga aytsam.

Shaxsiy chat (личка)da yozilgan xabarni ma'lum vaqtdan keyin "avtomaticheskiy udalit bo'lib ketadigan" qilsa bo'ladi. Xabarni ikkinchi odam o'qiganidan keyin o'chib ketadi.

👤 Buning uchun sizga kerakli do'stingiz bilan maxfiy chat (секретный чат) hosil qilishingiz kerak. So'ng, tepadagi uchta nuqtani bosasiz.

📋 Menyudan "Включить удаление по таймеру"ni bosasiz. Keyin, 1 soniyadan 1 haftagacha bo'lgan vaqt oralig'idan o'zingizga keraklisini tanlayaiz. Vassalom!

P. S. "Секретный чат"ning boshqa funksiyalari ham bor.

@abalog
​​#facebook #statistika #fakt

👉 2020-yil yanvar-mart oylari oralig'ida Facebook tarmog'i 4.7 million ekstremistik mazmundagi kontentni o'chirib yubordi.

☝️ Taqqoslash uchun: 2019-yil 1-choragida tarmoq 1.9 millionta ana shunday postlarning "bahridan o'tgandi".

❗️ Bundan tashqari: pandemiya masalasidan o'z maqsadlarida foydalanishni istagan kompaniyalarning reklamalari ham bloklanmoqda.

@abalog
​​#microsoft #qiziq

👨🏻‍💻 Apple, Microsoft kabi dunyoning yirik kompaniyalariga ishga kirish oson emas. Ishga kirish paytida nomzodlarga beriladigan mantiqiy savollar ham juda qiyin. Quyida Microsoft kompaniyasining ishga kirish uchun nomzodlarga bergan savolidan na'muna keltiramiz:

Savol:
Qarshingizda oddiy, ikkita ko'rsatkichli (soat va daqiqa millari bor) soat berilgan. Shu soat millari bir sutkada necha marta ustma-ust to'g'ri keladi?

❗️ Javob: Daqiqa mili sutkada 24 marta "krug qiladi", soat mili 2 marta. Oradagi farq (nisbiy tezlik) esa
24 - 2 = 22

🕛 Daqiqa va soat mili uchrashadigan aniq vaqtlar:
00:00 1:05 2:11 3:16 4:22 5:27 6:33 7:38 8:44 9:49 10:55 12:00 13:05 14:11 15:16 16:22 17:27 18:33 19:38 20:44 21:49 22:55

@abalog
​​#vkontakte #yangilik

VKontakte karantinni samarali o'tkazishga yordam beruvchi yangilikni amalga oshirdi

🥊 Tarmoq "Mashg'ulotlar" degan yangi platforma ishga tushirdi. U yerda foydalanuvchilar professional sportchi va murabbiylar boshchiligida sport bilan shug'ullanishadi.

📲 Mashg'ulotlar jonli efirda bo'lib o'tadi.

🏋🏻‍♂ Platformada turli xil sport va raqs yo'nalishlari bo'lib, istalgan bosqichdagi ("новичок"dan "профессионал"gacha) mashg'ulotlarda qatnashishingiz mumkin.

🕺 Kurslarni fitnes trenerlar, xareograflar, blogerlar va professional sportchilar olib borishadi.

🤖 Mashg'ulotlarda qatnashish uchun tarmoqning maxsus chat-botiga murojaat qilish darkor. Bot sizga mos yo'nalish va grafikni topishga yordam beradi.

@abalog
​​#storis #fikr #instagram #facebook

Doimiy savol: nechta storis joylash kerak? 🤔

🧐 Bu mavzudagi tavsiyalar millionlab topiladi. Ularning barchasi har xil. Kimdir kuniga 10 tagacha desa, kim uchundir sutkasiga 20-30 ta storis normal holat. Kim haq? Keling, muhokama qilamiz!

Maqolani o'qish

@abalog
​​#instagram #direct #megaqulaylik

Ee, bo'larkan-ku!

👍 Instagram rasmiylari juda ajoyib ishlarni amalga oshirishyaptida! Navbatdagi megaqulaylik dayrekt bilan bog'liq.

😀 Gap shundaki, instagram direct'da xabarlarni "forward" (переслать) qilish va "reply" (ответить) qilish funksiyalar sinovdan o'tkazilmoqda.

📲 Sizni bilmadimu, men hozirdan shu funksiyani kutyapman! Sinovdan muvaffaqiyatli o'tsa bo'lgani.

@abalog
​​#twitter #yangilik #ilmfan

📲 Oʻzimizcha ijtimoiy tarmoqlarda oʻtiramiz, SMM yurgazamiz, layk, komment degandek... Bu yoqda esa olamshumul ishlar boʻlyapti.

🇩🇰 Kopengagen universiteti qoshidagi Daniya tabiiy fanlar muzeyidagi tadqiqotchilar Twitter orqali parazitik qoʻziqorinlarning yangi turini topdilar.

🧐 Oʻsha yerda ishlaydigan, Anna Sofiya Reboleyra ismli biolog Twitterdagi lentasini koʻzdan kechirib oʻtirgandi. Oʻsha yerda koʻpoyoqli jonzotning suratini koʻrib qolipti.

🕵🏻 “Men koʻp oyoqlining tanasida kichik, qoʻziqorinni eslatuvchi dogʻlarni koʻrdim”, - deydi u. Keyin shu dogʻlarni oʻrganib, u haqiqatdan ham qoʻziqorin ekanini aniqlashdi. Yangi nav hali roʻyxatga olingani yoʻq.

📰 Yangi parazit ijtimoiy tarmoqda topilgani uchun, shunga mos nom berishdi — Troglomyces twitteri. Tadqiqot natijalari MycoKeys ilmiy jurnalida ham chop etildi.

@abalog
2024/09/22 04:50:16
Back to Top
HTML Embed Code: