Telegram Web Link
​​#galati #ahmoqlik

Nega Facebookning ishlagisi kelmay qoldi desam, gap bu yoqda ekan-da...

🤨 O'zi televizordagi Femini degan reklama kamlik qilayotgandi. Endi Feminizm degani chiqibdi.

🤦🏻‍♂️ Exponautz Art Gallery onlayn jamiyati vakillari fleshmob uyushtirishibdi.

Gap shundaki, ular ayol-qizlarning huquqlarini himoya qiluvchi mazmundagi shiorlarni kartonga yozib olib, "boshlari uzra mag'rur ko'tarishyapti". Keyin shu holatni rasmga olib, ijtimoiy tarmoqlarga #вместеобольном va #НеМолчиУз heshteglari bilan joylab chiqishayotgan ekan.

📜 Kartonga bitilgan shiorlar juda ajoyib: "Женщина не животное!", "Келинка не значит слуга", "Мое тело – мое дело!!!", "Бьет – значит сядет!", "Я не бесплатная рабочая сила", "Ну и что, что я девочка?"

💁🏻‍♂️ Tarjimasi: "Ayol hayvon emas!", "Kelin xizmatkor degani emas", "Mening tanam — mening ishim!!!", "Urdimi - demak o'tiradi!", "Men tekin ishchi kuchi emasman", "Qiz bola bo'lsam nima bo'pti?"

🤬 Eee, xullas... Mana havola. Qiziqsangiz kirib, ko'rib olavering. Aytib qo'yay, u yerda hammasi 🔞 bo'b yotibdi...

@abalog
​​#boʻmapsanMark #smm #instagram

Facebook o'zidan ketib qolmayaptimi?!

😑 O'zi 5-6 kundan beri asablarni egovlayotgan Facebook yana yangi hunar chiqaribdi.

"Facebook ishlamasa instaning o'zidan reklama qilib turamiz-da", deb, ne-ne orzu umidlar bilan yaxshi kayfiyatda instagramga kirgandim... Kayfiyatim rasvo bo'ldi.

😒 O'zingiz o'ylab ko'ring, digital-reklamaga ham QQS (qo'shimcha qiymat solig'i) oladimi?! Tag'in 15 foiz-a!

🤨 НДС olyapsanmi, endi bizga ham Shopping Tags'ni ber, biz ham storisga Instagram Music'dan qo'shiq qo'yaylik. Qachon qarasang "Музыка недоступна в вашем регионе" deydi. Lekin НДС "Доступна" ekan.

😶 Yaxshiyam shu TikTok chiqibdi. Hozir shu TikTok, YouTube'lar bilan ovunyapman. Keyin Telegramdayam bir narsalar yozib qo'yyapman. Zerikib qolmang deyman-da.

@abalog
​​#smm #telegram #yangilik

Tongi yangilik bilan qarshi olamiz!

Telegram Desktop (kompyuter uchun) yangi talqinda chiqdi. 2.1.18 versiyadan boshlab jo'natiladigan fayllarning maksimal hajmi 500 MB'ga oshib, 2000 MB bo'ldi.

Endi 4K sifatdagi kinolarniyam telegramdan jo'natamiz, albatta internet ko'tarsa bo'lgani!

@abalog
Forwarded from Marketing bo'limi
Coursera O'zbekistonlik ishsizlar uchun bepul kurslar tashkil qildi

Coursera onlayn-o'qitish platformasi o'zbekistonlik ishsiz qatlam uchun kurslarni tekin qildi, bu haqda Spot.uz nashri xabar bermoqda.

14-iyuldan boshlab, IT Park, IT Markaz, IT Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi kurslar uchun arizalarni qabul qilmoqda. Aksiya qatnashchilar quyidagi sohalarda bepul onlayn-ta'lim olishlari mumkin:

- Biznes
- Kompyuter savodxonligi
- Ma'lumotlar ilmi (Data Science)
- Horijiy tillar

Mana bu link orqali ro'yxatdan o'tish mumkin bo'ladi. Dedlayn: 30-sentabr.

Aksiya davomida o'qish bepul, agarda ishtirokchi keyinchalik ham o'qishni davom ettirmoqchi bo'lsa, 31-dekabrdan so'ng platforma pullik rejimga o'tib qoladi.

Imkoniyatdan foydalaning. Karantinda uyda qolib, yangi kasblarni egallang.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
​​#smm #hayotiy

Shunaqa gaplar menga ham rosa yoqadi

🤯 Ayniqsa, "Fotoshopni yaxshi biladigan esememshik bormi. Video syomka qilib, feysbukka qo'yish kerak edi" degan gaplardan mezza qilaman-da...

🤦🏻‍♂️ Aftidan, bu muammo faqat bizda emas ko’rinadi. Rossiyalik hamkasblarimizga ham oson emas ekan.

@abalog
​​#ishkoʻp #abalog #kanal

“Ha, Abalog, nega jim boʻb qoldi?”
“Aka, nega kanalizga hich nima chiqarmayabsiz?”
“Choʻta kanaliz toʻxtab qoldi-ya?!”

📲 Oxirgi paytlarda shunga oʻxshash xabarlar koʻpayib ketdi. Oʻzim ahamiyat bermabman, kanaldagi soʻnggi postni 10 kun oldin qoʻygan ekanmiz...

👨🏻‍💻 Gap shundaki, darslar, kvalifikatsiyani oshirish masalalari, Devarʼning yangi loyihalari, Najot Taʼlim markazidagi darslarni rivojlantirish, shaxsiy ishlardan orta olmadim.

👉 “Dehqoncha” qilib aytganda, ishlarim koʻpayib ketib, post qoʻymay turgandim. Agar yana shunday davom etsam, “личка” bilan bot portlab ketarkan... 😁

🙋🏻‍♂️ “Если чё”, men shu yerdaman. Kanalgayam bir narsalardan tez-tez qoʻyib turishga harakat qilaman!

@abalog
​​#Apple #YouTube #kelishmovchilik

Voznyak YouTubeʼning ustidan “yozvoripti”

📰 Yangiliklar ruknida kun mavzusi Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak YouTube kompaniyasini sudga berganligi haqida boʻlmoqda.

💁🏻‍♂️ Bunga sabab tarmoqda Voznyakning suratlari bilan ishlangan soxta roliklar qoʻyib borilmoqda. YouTube esa, goʻyoki buni bilib turib hech qanday chora koʻrmayapti.

👨🏻‍⚖️ Xullas, shunga oʻxshash daʼvo bilan Voznyak va yana 17 kishi Kaliforniya Oliy sudiga Google va YouTube boʻyicha ariza berishdi.

🤷🏻‍♂️ Nima ham derdik?! Kattalarning ishiga aralashish yaxshi emas. Oʻzlari kelishib olishadi.

@abalog
#smm #targetolog

👆 Bu rasmlar SMM menejerlari va Targetologlarga bag’ishlanadi! Men sizning dardingizni tushunaman!

👥 Shunday mutaxassislar bilan ishlovchi “eyrim bir” marketolog va biznes egalari... Balki ha deb mutaxassisning ishiga aralashavermasdan, erkin ishlashiga qo’yib berarsiz?!

❗️ Keyin, “на всякий случай” aytib qo’yay, oxirgi paytlar Facebook o'zi yaxshi ishlamayapti. Uni SMM menejeringiz ataylab sekinlashtirib qo’ymagan!

@abalog
​​#telegram #megaqulaylik #yashavorDurov

Telegram iOS va MacOS uchun yangi 6.3 versiyani App Store'ga chiqardi

👍 Men ham yangilab ko'rdim. O'zimning ta'birim bilan aytganda: a-joyib!

📲 "Главный"ga rasm o'rniga video qo'yish, chatda yuborilgan rasmlarning "предпросмотр"i, desktop versiya kabi 2GBgacha fayllarni yuborish va shunga o'xshash yangiliklar.

Faqat negadir "видеозвонок" degan joyini ko'rmadim... Unisiniyam tezlashtirishlarini kutib qolamiz! Xullas, ayfonchi, makbukchilar, mezza qilamiz, androiddagilarning ichini yondirib! 😌

@abalog
​​#instagram #TheVerge

🤭 Bugun TheVerge'da bir maqolani o'qib qoldim. Unda yozilishicha, Instagram smartfonlarning old kamerasi orqali foydalanuvchilarni "tomosha qilib" turar ekan.

📲 Apple kompaniyasining yangi iOS 14 tizimiga qo'shilgan funksiya instaning bu "kirdikorini" fosh qilishga ko'mak beribdi.

🤨 Gap shundaki, iOS 14'da kamera yoki mikrofon qaysi dasturda ishlayotganini ko'rish mumkin ekan. Foydalanuvchilar Instagramdagi "лента"ni aylantirib o'tirishganida ham bu indikator o'chmayotgan emish. Demak, xalq tili bilan aytganda, instagram "крыса"lik qilyapti. Instagram rahbariyati esa buni ilovadagi nosozlik deb baholamoqda va bu kamchilik ustida ishlanayotganini ta'kidlashmoqda.

💁🏻‍♂️ Nega ba'zilar noutbuklaridagi kamerani qora "скотч" bilan yopib qo'yishlarini endi tushundim... Ehtiyot bo'lgan yaxshida baribir! Lekin faqat kamera bilan ish bitmas ekan. "Так что" mikrofonni ham suv-puv quyib ishdan chiqarib qo'yish kerak!

@abalog
Forwarded from SMM va Marketing
​​#maqola #yozish #qoidasi

Maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

☝️ Koʻpchilikni qiynaydigan savol bu: maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

🎯 Birinchi bosqich: Oʻzingizni stilingizni yarating! Mani maqolalarimning har bir qatorida bitta smaylik bor! Bu mani stilim. Siz ham boshqa kanallarni kuzating va kanallarda yoʻq narsani toping. Eng muhimi stilingiz oʻzingizga yoqsa kifoya!

📌 Ikkinchi bosqich: Maqola uchun yangiliklar topish!
Hammani qiynaydigan va oʻzim ham qiynaladigan bosqich shu boʻladi! Yangiliklarni koʻpincha rus tilida qidiring! Rus tilida qiynaladigan boʻlsangiz, turli “переводчик“ lardan foydalaning. Oʻzbekchalab aytganda “oʻzing uchun oʻzing kurash”!

❗️ Uchinchi bosqich:
Xatolaringizni tuzating! Bilaman boshida xatolaringiz koʻp boʻladi. Koʻp xato qilmaslik uchun koʻproq maqola yozish va kitob oʻqish kerak boʻladi. Ha sizning kitob oʻqigingiz kelmayotgan boʻlsa buni ham yoʻli bor! Savodxon.uz/tahrir saytiga kirasiz va oyiga 10 ming soʻmdan toʻlab bemalol ishlatasiz. Bir narsaga erishish uchun bir narsadan kechish kerak!

🖼 Toʻrtinchi bosqich:
Rasm topish va kanalga joylash! Rasm topish uchun shunchaki Googlega kirib, kerakli mavzuni tanlaysiz va “картинки“ joyiga kirasiz va xohlagan rasmingizni “сохранить“ qilasiz! Keyingi ishingiz shunchaki maqolangizni kanalingizga joylasangiz bas! Ana endi rohatlansangiz ham boʻlaveradi!

😉 Maqola yozishda nimalarga e'tibor berish kerak ekanini tushungan bo'lsangiz layk, tushunmagan bo'lsangiz @SMMvaMarketing_bot orqali bemalol so'rashingiz mumkin!

@SMMvaMarketing
2024/09/22 04:28:07
Back to Top
HTML Embed Code: