Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧨G'oyangiz uchun 1 milliard subsidya!

Andijon Yoshlar Texnoparki "INNOX" biznes akseleratsiya dasturini yangi mavsumiga start beradi!

⚠️Loyiha ➡️ ♻️Akselleratsiya ➡️ Muvaffaqiyatli biznes

Dasturda tahsil olish ⚡️MUTLAQO BEPUL⚡️

⚡️Loyiha davomida tadbirkorlik sohasida yetakchi bo'lgan spikerlar 48 ta mavzuda treninglar o'tkazadi va har bir ishtirokchiga malakali mentor biriktiriladi. Bundan oldingi mavsum ishtirokchilarimizning ko'pchiligi o'z startaplarini rivojlantirish uchun grand mablag'lari yoki sohaga oid bilimlarni egallab olishdi!

📩Inkubatsiya dasturiga ro'yxatdan o'tish uchun:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfUJMACPItwAnGFFeMI-GtCTnrA6x1SEUw1JqFq6d6E5IeZYQ/viewform?usp=sf_link

📌Arizalar 3-iyun sanasigacha qabul qilinadi!

☎️ Murojaat uchun: +99895-260-70-04

Telegram | Instagram | Facebook
🔥1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Yozning birinchi kunida butunjahon miqyosida nishonlanadigan "1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan barcha bolalarni tabriklab qolamiz. Doimo yuzingizdan tabassum arimasin, baxtli bolalik sizni tark etmasin. Vatanimiz ravnaqi uchun IT sohasida harakatdan to'xtamasligingizni so'rab qolamiz!

💫Yoshlar Texnoparki jamoasi sizlarni yana bir bor tabriklaydi!

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_yoshlar_texnoparki
#OAV_biz_haqimizda

"Andijon Yoshlar Texnoparki"da tashkil etilgan biznes-inkubator va akselerator dasturining maqsad va vazifalari hamda shu kungacha erishilgan natijalar "Andijon MTRK" telekanalining "Islohotlar amalda" ko‘rsatuvi nigohida.

Shunigdek ko‘rsatuv davomida, grant mablag‘larini qo‘lga kiritib moliyalashtirilgan “Tokcha” va “Domlo” startaplari tashabbuskorlari biznes-inkubator va akselerator dasturi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tishgan.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_yoshlar_texnoparki
#OAV_biz_haqimizda

""Andijon Yoshlar Texnoparki"da tashkil etilgan "InnoX" biznes-inkubator akseleratsiya dasturi o'z g'oyalarimni loyiha sifatida to'g'ri shakllantirish, grant tanlovlarda muvaffaqiyat, innovatsion faoliyatimda yangi bosqichga ko'tarilishga katta yordam bergan."

"InnoX" biznes-inkubator dasturi bitiruvchisi, "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovi g'olibi Shukrullo Foziljonov "Yoshlar" telekanalining "Renessans yoshlari" ko'rsatuvi nigohida

To'liq lavha: https://youtu.be/i9sbDPyXuVU?si=qgvBl0mmjD53k6gu

Telegram | Instagram | Facebook
🔥“InnoX” Biznes Inkubatori Andijondagi yoshlarning startaplarini ishga tushirish va rivojlantirish uchun eng qimmatli imkoniyatni taqdim etadi.

Andijon Yoshlar Texnoparkida iqtidorli yoshlarning innovatsion va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan "InnoX" biznes-inkubator akseleratsiya dasturining saralash tanlovlariga start berildi.

Saralashning birinchi kuni 20 ga yaqin yoshlar o'zlarining amaliy, startap, innovatsion loyihalari bilan tanlovda ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasidan eng istiqbolli loyiha egalari akseleratsiya dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Telegram | Instagram | Facebook
"InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturi Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida

Xabaringiz bor, "Andijon Yoshlar Texnoparki"da tashkil etilayotgan "InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturining targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 5-may kuni "InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturining navbatdagi targ'ibot tadbiri Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida o'tkazildi.

Trening yakunida, loyiha doirasidagi oʻquv kurslarida ishtirokchilar oʻz biznes loyihalarini rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha bepul tahsil olishi, bundan tashqari nafaqat oʻz loyihalarini toʻgʻri shakllantirish, balki grant tanlovlarida oʻz loyihalari bilan ishtirok etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻlish imkoniyati mavjudligi taʼkidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook
"InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturi 4-mavsum

Joriy yilning 8-iyun kuni Andijon Yoshlar texnoparkida "InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturida ishtirok etish uchun saralab olingan startap loyiha egalari uchun yangi mavsumdagi ilk o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

O'tkazilgan uchrashuvda o'z sohasining malakali mutaxassislari tomonidan startap loyihalarni amaliyotga tadbiq etish, loyiha hujjatlarini to'g'ri shakllantirish, startap loyihalarga investorlarni jalb qilish va loyiha taqdimotlarini tayyorlash yo'nalishlarida masterklass bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida, ishtirokchilar Andijon Yoshlar Texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook
2024/07/01 14:25:12
Back to Top
HTML Embed Code: