Telegram Web Link
#FVVKubogi

🙋 Samarqandda ''Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi''ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi!

🖋 Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va boshqa daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda FVV tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida Samarqand shahrida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichi o‘tkazildi.

🔎 Ushbu musobaqada ''Men qutqaruvchiman'' estofetasi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shaxmat, voleybol, ijodiy taqdimot, arqondan o‘tib chodir yig‘ish va arqon tortish shartlari bo‘yicha bahs olib bordi.

📍 Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatilardan jami 14 ta jamoa 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

📍 Qizgin va murosasiz o‘tgan musobaqa yakuniga ko’ra, faxrli 1-o‘rinni Samarqand viloyati yoshlari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Namangan viloyati yoshlari va 3-o‘rin Qashqadaryo viloyati yoshlariga nasib etdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GrantVaStipendiya

🙋 Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani o‘qish uchun to‘liq grant!

🎓 Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

📌 Grant imkoniyatlari:

➡️ O‘qish to‘lovi 100% qoplanadi.
➡️ Safar xarajatlari qoplanadi.
➡️ Oylik 970 yevro beriladi.
➡️ O‘quv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag‘ beriladi.
➡️ Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
Sug‘urtalanadi.
Viza xarajatlari qoplanadi.


🖋 Hujjatlar 2024-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarHuquqSayli

🎓 Buxoro davlat universitetida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbiri bo'lib o'tdi.

🔎 Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, qonunga rioya qilish va huquqbuzarlikka qarshi murosasiz bo'lish g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.

📍 Tadbir davomida yoshlar uchun huquqiy treninglar, ma'ruzalar, turli xil viktorinalar va savol-javob mashg'ulotlari tashkil etildi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 11:35:26
Back to Top
HTML Embed Code: