Telegram Web Link
🥈 Ro‘za Kuziyeva - Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi!

🙋 Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida bahslar o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Ro‘za Kuziyeva 147 kg natija qayd etgan holda delegatsiyamiz hisobiga 9-kumush medalni qo'shib qo'ydi.

🖋 Ma'lumot uchun, Roʻza Kuziyeva bundan avval Tokioda bo'lib o'tgan XVI Paralimpiya o'yinlarida ham kumush medalni qo'lga kiritgan edi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Imtiyozlar #ShartnomaPuli

🎓 Talabalar kontraktini to‘laganda 12% pul qaytarib beriladimi?

🖋 Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

👥 Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi:

➡️ fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
➡️ ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
➡️ er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

🙋 Bu imtiyoz qaysi ta’lim muassasalariga qo‘llanadi:

➡️ professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) o‘quvchilariga;
➡️ oliy ta’lim talabalariga.

📊 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

➡️ o‘z mablag‘lari;
➡️ jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
➡️ yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

💳 To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

🖋 Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Paraalimpiya

🙋 Paralimpiyachilarimiz ham oʻz tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida oʻn uchinchi boʻlishdi

👋 Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. 28-avgust – 8-sentabr kunlari oʻtkazilgan oʻyinlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ilk bor 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor boʻldi.

👥 Bu bilan paralimpiyachilarimiz medallar jamgʻarish boʻyicha oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi. Ushbu natija bilan delegatsiyamiz Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻldi.

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi tarixiy natija bilan mamlakat Milliy Paralimpiya qoʻmitasi, yuksak matonat koʻrsatgan para sportchilarimiz va ularning murabbiylari, millionlab muxlislarimizni samimiy qutlaydi.

🎉 Musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 05:20:50
Back to Top
HTML Embed Code: