Telegram Web Link
#HuquqingizniBilasizmi

👥 Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish:

📊 BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda (1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) jarima solishga;

📍15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sаbab bo‘ladi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

🐱 HAMSTER KOMBAT: BOLALAR VA O‘SMIRLAR UCHUN YANGI XAVF

🖋 2024-yil mart oyida paydo bo‘lgan Hamster Kombat mobil o‘yini dunyo bo‘ylab juda ko‘p foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etdi. Hozirda turli  yoshdagi millionlab o‘yinchilar ilovada tanga olish uchun har kuni “olmaxon”ni ustiga bosib turishadi. Bu tangalar evaziga o‘yinchi qo‘shimcha quvvat hamda faol bo‘lmagan davrida hisobiga tushadigan tangalar xarid qilishi mumkin bo‘ladi. 

❗️ O‘yin qanaqa qilib tez ommalashdi?

📊 O‘yin mexanikasi juda soddaligi uning muvaffaqiyatini ta’minladi. Yaqin kelajakda virtual tangalarni birjada haqiqiy pulga almashtirish va’dasi esa odamlarni go‘yoki sehrladi.

😞 Dunyo bo‘ylab millionlab o‘yinchilar ushbu imkoniyatni intiqlik bilan kutishmoqda, biroq listing sanasi (kriptovalyutaning savdoni boshlash uchun birja aktivlari ro‘yxatiga kiritilishi) ishlab chiquvchilar tomonidan sir tutilmoqda.

👥 O‘yinning soddaligi va juda agressiv marketing o‘z samarasini bermoqda: har kuni 5 millionga yaqin odam Hamster Kombat ga qo‘shiladi. 2024-yil iyul oyi o‘rtalarida deyarli 240 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

🎤 So‘z psixologlarga!

📍 Bir qarashda o‘yin foydalanuvchilar uchun bezarardek tuyuladi: shubhali takliflar yo‘q, Hamster Kombat ning o‘zi dunyodagi eng mashhur va xavfsiz messenjerlardan biriga o‘rnatilgan. Biroq Hamster qimor o‘yini ekanligini unutmang.

🚫 Bolalar va o‘smirlar qimor o‘yinlari uchun eng zaif tomoshabinlardir. Ular ishonuvchan bo‘lganliklari sabab firibgarlarning qarmog‘iga tez ilinishadi. 

💡 Psixologlarning fikricha, bola bunday o‘yinlarga shunchalik berilib ketadiki, u barcha ishlarini, o‘qishni, do‘stlari bilan muloqot qilishni unutadi va ba’zida uxlash va ovqatlanishdan bosh tortadi. Bularning barchasi ruhiy va jismoniy charchoqqa olib keladi.

🙂 O‘yinga qaramlik bolalarda ko‘pincha asabiylashish, tajovuzkorlik va boshqalar bilan ziddiyatga olib keladi. Bundan tashqari, Hamster Kombat bolalarda deyarli hech qanday kuch sarflamasdan pul ishlash mumkinligiga kuchli ishonch paydo qiladi. O‘smirlar o‘qish motivatsiyasini, munosib, yuqori haq to‘lanadigan kasbga ega bo‘lish istagini yo‘qotadilar.

👋 Xulosa sizdan. Farzandlaringizni ehtiyot qiling!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DeputatlarSaylovi

🙋Yangi avlodning siyosiy madaniyati

🇺🇿O‘zbekistonning kelajagini belgilaydigan muhim voqealardan biri – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi joriy yilning 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan avgust, sentabr va oktabr oylarida yurtimiz bo‘ylab yosh saylovchilarning siyosiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib boriladi.

🇺🇿 Yoshlar press-klubida “Saylov va yoshlar” shiori ostida siyosiy partiyalar va yoshlar o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. Ma’lumotlarga qaraganda 6,5 million yosh bu yilgi saylov jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

🖋 Bu saylov – yoshlar uchun nafaqat ovoz berish, balki o‘z kelajagini belgilash uchun katta imkoniyatdir.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Subsidiya

🖋 Qonunchilikkа ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.

📍 Ularga texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

📊 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 19:36:23
Back to Top
HTML Embed Code: