Qolı gúl, ónerli qızlardıń bántligi támiyinlendi

Ózbekstan Respublikası Prezidenti Sh.Mirziyoevtıń basshılıǵında 2022-jıl 4-mart kuni ótkerilgan videoselektordaǵı “Joqarı oqıw orınları studentleriniń bántligin támiyinlew arqalı olardıń turmıs dárejesin jaqsılaw is-ilajları” boyınsha bergen tapsırmalardı orınlaw maqsetinde Qaraqalpaqstan awıl xojalıǵı hám agrotexnologiyalar institutında tigiwshilik hám milliy naǵıslar óneri bar student qızlardıń bántligin támiyinlew maqsetinde institut janında bos turǵan imaratda tigiw cexi ashıp berilip, búgingi kúnde tigiw cexında 5 qız student jaslardıń bándligi támiyinlendi.


Házirgi waqıtta bul qızlar oqıwdan bos waqıtlarında tigiwshilik penen shuǵıllanıp, bir qansha qarıydarlarǵa da iye bolıp úlgerdi. Qolı gúl, ónerli qızlarımız qaraqalpaq milliy kiyimleri hám zamanagóy kiyimlerdiń túrleri boyınsha tigilgen kiyimleri menen xalıqtıń kewillerinen jıllı orın almaqta.

Institut baspa sóz xızmeti
Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida 15 aprel kuni respublikamizdagi barcha idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Talaba yoshlar uchun tashkil etilgan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasiga 40 ga yaqin idora va tashkilotlar, 76 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etib, shu erning o'zida 30 nafardan ziyod talabalarga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi.

Ma'lumot sifatida aytib o'tish kerak, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutiga joriy yilning mart oyida 22 nafar talabalar rasmiy ish o'rinlariga joylashtirilgan edi. Shuningdek institut qoshidagi bush to'rgan binodan tikuv sexi ochib berilib, 5 nafar tikuvchilik va kashtachilikga xunari bor talaba qizlarning bandligi ta'minlandi.

QQXAI matbuot kotibi
Frantsiyaning Xalqaro birdamlik va ta'lim assosatsiyasi (A.S.I.E.) vakillari bilan uchrashuv

Bugun Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Frantsiyaning Xalqaro birdamlik va ta'lim assosatsiyasi (A.S.I.E.) vakillari Frantsiya Universitetilarida tahsil olayotgan talabalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan o'tkazilgan uchrashuvda institut rektori E.Sh.Toreniyazov institutda olib borilayotgan xalqaro loyihalar haqida batafsil ma'lumot berdi.

O'z navbatida A.S.I.E tashkiloti vakillari o'zlarining tashkiloti, Frantsiyadagi qishloq xo'jaligi va ta'lim tizimi haqida taqdimot qildi.

Uchrashuv yakunida xorijiy vakillar va institutimiz talabalari o'z-aro fikr almashdi va o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

QQXAI matbuot kotibi
"Yashil makon" umumilliy loyihasi davom etmoqda


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida ko'chat ekish va bog'lar tashkil etish ishlari qizg'in davom etmoqda.

Bugun institutga O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi va Prezident huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan 1000 ta manzarali daraxt kuchatlari etkazib berildi.

Dastlab, institut rektori E.Sh.Toreniyazov talaba yoshlarga ushbu manzarali daraxt ko'chatlarini agrotexnik qoidalari asosida ekish usullari va ularning to'g'ri o'tkazilishiga e’tibor berishi to'g'risida tushuntirdi.

Asosan talaba yoshlarimiz ishtirok etgan umummilliy loyiha doirasida ko‘chatlarni nafaqat o‘tqazish, balki o‘g‘it tashlash va sug‘orish ishlarini ham amalga oshirdilar.

QQXAI matbuot kotibi
Хурметли канал агзалары, Қарақалпақстан аўыл хожалығы ҳәм агротехнологиялар институтының рәсмий каналы жаңадан ашылғанлығын хабарлаймыз. Сизлерден томендеги көрсетилген рәсмий канал силтемесине ағза болыўыңызды сорап қаламыз.

Бул каналдың бүгиннен баслап өзиниң искерлигин тоқтатқанлығын мәлимлеймиз.

👉👉👉https://www.tg-me.com/qqaxai
2024/06/29 10:25:12
Back to Top
HTML Embed Code: