Telegram Web Link
​​​​Vitamin "C" (Askorbin kislota)

🔶Asosiy vazifalari:

1. Kollagеn sintеzida;
2. Xolеstеrindan o't suyuqligi hosil qilishda;
3. Qon tomir dеvorlarini mustahkamlashda;
4. Yaralarni tеz bitishida
5. Tеmirni ichaklarda so'rilishida 
6. Immunitеtni kuchaytirishda ishtirok etadi.

🔶Gipo/avitaminoz vitamin "C"
MKB-10: Е54


🔶Asosiy bеlgilari:
• Milklar qonashi;
• Yarani sеkin bitishi;
• Tishlarni bo'shab qolishi, tushishi;
• Tеrida qon quyilishlar;
• Ishtaha yo'qolishi;
• Qon kеtishlar (burundan, bachadondan)
• Tеri quruqlashishi
• Og'ir formalarida Singa kasalligi rivojlanadi.

🔶Sutkalik ehtiyoj: 70–100 mg

👆Rasmda C vitaminiga boy mahsulotlar kеltirilgan

❗️Yaqinlarga Ham Ulashing

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Kanalimizda qanday kasalliklar yoki mavzularda ma'lumot berilishini xohlar edingiz?

Javobingizni kommentda yozib qoldiring!
🍚Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi.

U organizmga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni yengishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?

1⃣Organizmni ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi

Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va ko‘p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar mavjud.

2⃣Immun tizimini mustahkamlaydi
Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.

3⃣Oson hazm bo‘ladi
Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun yengil hazm bo‘ladi.

4⃣Allergiya chaqirmaydi
Sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.

5⃣Suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlaydi
Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko‘proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi yetishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

6⃣Vaznni kamaytiradi
Bu borada ko‘pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va organizmdagi ozuqa balansini ushlab turadi. Parhez qiluvchilar qatiq yordamida oqsillar, vitaminlar va minerallardan bahramand bo‘ladi.

7⃣Ochlik va tashnalikka barham beradi
Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi.

@TIBBIYOT_OLAMI
#tavsiya

Zig'ir urug'i bilan asal qon tomirlari va immunitet uchun eng yaxshi vositadir.

Kerakli ingredientlar:
1) bir stakan suv;
2) bir osh qoshiq tabiiy asal;
3) bir osh qoshiq zig'ir urug'i;
4) yashil olma.


Tayyorlash: Olmani po'stlog'idan tozalab, qolgan mahsulotlar bilan blenderda aralashtiramiz. Olingan aralashma nafaqat yo'g'on ichak , balki , butun oshqozon-ichak tizimini davolashda yordam beradi . Ushbu vositani haftasiga ikki marta ishlatish tavsiya etiladi.
Zig'ir urug'lari qon bosimi va yog'lar almashinuvini tartibga solishdan tashqari , organizm uchun kaltsiy manbai hamdir.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Erta tongdan kitob o‘qish inson umrini uzaytiradi.

Kitob o‘qigan odam, o‘qimagan qaraganda uzoqroq yashaydi.

Shunday ekan ko‘proq kitob o‘qiylik azizlar!

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
Gormonlar haqida ajoyib faktlar

Qaysi gormonlarni bilasiz ???

☑️ Testosteron — erkaklik
xususiyati va mushak , soqol o'sishini tezlashtiradi.

☑️ Somatotrop — bo'y o'sishini va oqsil almashinuvini boshqaradi.

☑️ Melatonin — bu sizning uyquyingizni taminlaydi

☑️ Adenozin — yoqimli charchoqning neyromediatri.

☑️ Endorfin — tananing tabiiy anestetikidir.

☑️ Serotonin — bu sizning yaxshi kayfiyatingiz.

☑️ Dofamin — bu sizning ichki kechinmalaringiz va istaklaringiz.

☑️ Anandamid — bu xotirjamlik hissi.

☑️ Feniletilamin — sizning sevgingizdir.

☑️ Noradrenalin — sizning quvnoqligingiz, g'azabingiz va faolligingizdir.

☑️ Adrenalin — bu sizning qo'rquvingiz.

☑️ Asetilkolin — diqqatni jamlash.

☑️ Esterogen gormoni — ayollarga xos bo'lib , bir qator o'zgarishlarni boshqaradi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishemiya nima va u nimalarga olib keladi?

Ishemiya - bu organga oqib kelayotgan qon miqdorining kamayishi bo'lib, "kislorod ochligi" hisobiga moddalar va energiya yetishmovchiligiga olib keladi.

Bunday yetishmovchilik hujayralar o'limiga sabab bo'lib, organning ish-faoliyati buzilishiga olib keladi. (Bu holat har qanday to'qima va organlar uchun jiddiy xavfdir: yurak xuruji yoki qon tomirlar yetishmovchiligi kabi).

Sabab: Ishemiyaning ikkita asosiy sababi qon tomirlar aterosklerozi (yuqoridagi Gif da birinchi) va tomirlarning torayishidir (yuqoridagi Gifda ikkinchi)☝🏻‌‌.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
💡Miya salomatligi uchun qanday qayg'urish lozim?

Chet tillarini o'rganish, she'rlar yodlash, krossvordlar va turli jumboqlar yechish tavsiya etiladi.

Kichik motorika mashqlari nafaqat bolalarga, balki yoshi katta insonlarga ham yordam beradi. Siz tanlagan mashg'ulot miyangizga dam bera olishiga e'tibor bering. Masalan, kashta tikish, to'r to'qish va h.k.

Miyani faqatgina intellektual salohiyatdan tashqari, yangi yo'nalishlar bilan ham stimullang. Masalan, har kuni ishga (o'qishga) boshqa yo'ldan boring; tish yuvish, soch tarash kabi kundalik yumushlarni chap qo'lda bajaring (chapaqaylar uchun aksincha).

Og'zaki hisob. Qachonki biz og'zaki hisob-kitob olib borganimizda, ikkala miya yarim sharlaridagi ko'pgina zonalar faollashadi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Disfagiya (dis -buzilish va phageo - yutmoq) - ovqat yoki suv yutishning buzilishi.

SABABLARI:
•halqum, hiqildoq, qizilo'ngach devorlarining shikastlanishi;
•hazm yo'llariga yot jism tiqilishi;
•yallig'lanish;
•ushbu a'zolar spazmi;
•ba'zi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish).

❗️Qizilo'ngach raki ham disfagiyaga sabab bo'ladi.

BELGILARI:
✓ovqat yutish vaqtida og'riq
✓burun, hiqildoq, kekirdak, ko'ks oralig'iga ovqat ketib qoladi.

DAVOLASH:
Disfagiyaga sabab bo'lgan omillar aniqlanib, zaruriy dori-darmonlar qabul qilinadi.

KANALGA ULANISH:@TIBBIYOT_OLAMI
😂 #kulguterapiya 😁

Jinnixona bosh shifokoriga muxbir savol bermoqda:
— Bemorlaringiz sog‘ayganini qanday bilasiz?
— Vannaga suv to‘ldiramiz va yoniga qoshiq bilan kosa qo‘yamiz. Bemorlarni chaqiramiz va kim birinchi bo‘lib vannani bo‘shatsa, o‘shanga javob berishimizni aytamiz.
— Tushunarli, sog‘ odam suvni kosa bilan bo‘shatadi, shundaymi?
— Yo‘q, sog‘ odam vannaning tiqinini sug‘urib tashlaydi.

@TIBBIYOT_OLAMI
BILASIZMI

❗️Inson organizmidagi eng og'ir organ bu - teri!!!
Katta yoshli odam terisi 2,7kg.
Eng og'ir ichki organ - jigar (1,5kg).
Bosh miya - tananing o'rtacha 2%i (1kgdan 2kggacha)
Keyingi o'rinlarda esa yurak - o'rtacha 325gr.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
Prebiotikalar, probiotiklar va sinbiotiklar. Ularning bir-birida farqi nimada?

Probiotik - inson ichaklarining normal mikroflorasini tashkil etuvchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Ular ichaklarda to‘g‘ri bakterial muvozanatni saqlashga yordam beradi. Probiotiklar kvas, kefir, yogurt, zamburug‘lar kabi fermentlangan oziq-ovqatlarda bo‘lishi mumkin. 

Prebiotiklar - oshqozon-ichak traktida hazm bo‘lmaydigan va yo‘g‘on ichakka kirib parchalanadigan va normal ichak mikroflorasining o‘sishini rag‘batlantiradigan oziq-ovqat komponentlaridir. 
Prebiotiklar probiotiklarning hayotiyligini saqlab qolishga yordam beradi. Prebiotiklar barcha sut mahsulotlari, turli xil non, don, dukkaklilar, piyoz va rezavor mevalar tarkibida mavjud. 

Sinbiotiklar - probiotiklar, ya’ni foydali mikroorganizmlar va ular oziqlanadigan prebiotiklar birikmasi. Bunday "duyet" tezda hazm qilishni yaxshilashga va mikroflorani tiklashga yordam beradi. Probiotik prebiotik kuchi bilan mustahkamlanganda, u ichakda yaxshiroq moslashadi.

Xulosa qilib aytganda probiotiklar oddiy ichak mikroflorasining mikroorganizmlaridir. Prebiotiklar esa oddiy mikrofloraning o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoitlarni ta’minlaydigan moddalardir. Yana bir farq shundaki, birinchisi tirik mikroorganizmlar, ikkinchisi esa kimyoviy organik birikmalardir.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Semizlikni qanday aniqlash mumkin?

Buni tana-vazn indeksi orqali quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.

TVI=m/(l*l)
m-tana vazni
l-bo‘y uzunligi

Masalan, bo‘yi 160 sm(1,6m) va vazni 85 kg bo‘lgan odam
85/(1,6*1,6)=33,2

🔰Semizlik darajalari:
Ortiqcha vazn TVI 25-30
1-daraja TVI 30-35
2-daraja TVI 35-40
3-daraja TVI 40 dan yuqori

Demak yuqoridagi odamda 1-darajali semizlik bor!

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔺CO bilan zaharlanish🔺

CO (is gazi) bilan zaharlanishni biz shartli ravishda 3ga bo'lamiz: yengil, o'rta va og'ir darajalar. Har bir darajada bemorda turli simptomlar kuzatiladi.

🟢Yengil darajada:
-Umumiy xolsizlik;
-Bosh og'rig'i;
-Quloqda shovqin;
-Ko'rish o'tkirligining buzilishi;
-Quruq yo'tal;
-Nafas sekinlashuvi;
-Xansirash, nafas yetishmovchiligi;
-Ko'z yoshi oqishi;
-Ko'ngil aynishi;
-Taxikardiya;
-Arterial bosimning ortishi;
-Giperemiya.

🟠O'rta darajada:
-Avvalgi darajadagi simptomlarning og'ir ko'rinishlari kuzatilishi mumkin;
-Hushini yo'qotish;
-Qayt qilish;
-Gallyutsinatsiya;
-Koordinatsiyalanmagan harakatlar;
-Yuzaki va nomuntazam nafas.

🔴Og'ir darajada:
-Shol;
-Koma, uzoq vaqt hushiga kelmaslik;
-Tirishish;
-Qorachiq kengayishi;
-Pulsning tezlashishi (130/min)
-Teri qoplamasi sianozi;
-Nafas buzilishi.

❗️Unutmang. Uzoq vaqt CO li atmosferada qolib ketish juda xavfli. Chunki, organizmdagi gemoglobin kislorodga nisbatan CO (is gazi) bilan birikishga moyil bo'ladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Tabletkalarni nima bilan qabul qilish kerak?

❗️Mevali sharbatlar (ayniqsa nordonlari) antitatsid preparatlar effektini yo'qqa chiqaradi, oshqozon shirasi miqdorini kamaytiradi, kalsiy preparatlari ta'sirini buzadi, antibiotik va yurak kasalliklari dorilariga biotransformatsiyasiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi

❗️Choy va kofe. Yurakka salbiy ta'sir etadi. Ko'pincha azot saqlovchi dorilar qabul qilganda kuzatiladi: papaverin, kodein, kofein, eufillin, yurak glikozidlari. Og'riq qoldiruvchi dorilarni birga qabul qilganda (masalan, aspirin va sitramon) yuqori miqdordagi kofe jigar va boshqa organlar ishini og'irlashtiradi.

TABLETKALARNI XONA HARORATIDAGI, QAYNAGAN SUV BILAN QABUL QILING✓

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/21 11:07:18
Back to Top
HTML Embed Code: