Telegram Web Link
Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!

🤲🏻 Azizlar, barcha moʻmin- musulmonlarning, islom dunyosining va shuningdek, siz-u bizning ham qutlugʻ ayyomimiz boʻlgan Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!
🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗

👨‍⚕👩‍⚕TIBBIYOT OLAMI KANALI
KO'P TERLASH SABABLARI😥

Organizmdan norma (sutkasiga 500ml suyuqlik) dan ortiqcha suyuqlik ajralishi (teri orqali) natijasida ko'p terlash vujudga keladi.

TERLASH - organizmni qizib ketishdan asrovchi, sovituvchi jarayon hisoblanadi.

Uning miqdori oshishi:
Fiziologik:
-atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda:
-ayollarda homiladorlik va klimaks holatlarida.

Patologik:
-isitma bilan kechuvchi kasalliklarda
-semizlikda
-gipertireoz
-limfa tizimi o'smalari
-tuberkulyoz
-qandli diabet
-me'da osti bezi saratonida
-markaziy asab tizimi buzilishlari
-parkinson kasalligi
-akromegaliya
-infarkt

TER HIDIGA QARAB QAYSI ORGANDA PATOLOGIYALIGINI BILSA BO'LADIMI?
Aniq bo'lmasada, yuqori foizlarda taxminiy tashxislash mumkin!

Siydik hidli 👉 buyrak yetishmovchiligi;
Yangi jigar hidli 👉 jigar yetishmovchiligi;
Sichqon hidli 👉 fenilketonuriya;
Eskirgan pivo hidli 👉 tuberkulyoz;
Achigan meva hidli 👉 qandli diabet;
Yangi non hidli 👉 qorin tifi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo'l-oyoqlarda ortiqcha suyuqlik saqlanib qolganligini qanday bilsa bo'ladi 🤷‍♀

👆Videoda ko'rsatilganidek, barmoqlaringiz bilan teriga bosing. Shish bo'lsa, bu joyda chuqur barmoq izi qoladi va u darhol yo'qolmaydi.

🏥TIBBIYOT OLAMI🏥
❗️Hojatxonaga borishni xohlagan vaqtda buni keyinroqqa qoldirish yaramaydi!

Nega

🔺 Infeksiya xavfi
Siydik qopi orqali organizmdan ajralayotgan bakteriyalar infeksion kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.

🔺 Siydik qopining kengayishi
Siydik qopi qachonki to'lishi hisobiga normadan balandlikka ko'tarilsa, uning hajmi ortishi mumkin.

🔺 Buyraklarda tosh
"Chiqindi"lar siydik qopidan buyraklarga qaytsa, u yerda avval kristall holida, keyinchalik toshlar ko'rinishida to'planib boradi.

🔺 Siydik pufagi - siydik yo'li yo'nalishi
Qachonki siydik ajralmasa, u siydik qopi orqali yana qaytadan buyraklarga tushishi mumkin.

🔺 Diskomfort, tirishish, charchoq
Qorningiz shishgani, ortiqcha suyuqlik va toksinlar yig'ilganini hos qilsangiz, keyinchalik titrash va kichik chanoq bo'shlig'ida og'riq... Bularning barchasi charchoq natijasida.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Semizlikni qanday aniqlash mumkin?

Buni tana-vazn indeksi orqali quyidagi formula bilan aniqlash mumkin.

TVI=m/(l*l)
m-tana vazni
l-bo‘y uzunligi

Masalan, bo‘yi 160 sm(1,6m) va vazni 85 kg bo‘lgan odam
85/(1,6*1,6)=33,2

🔰Semizlik darajalari:
Ortiqcha vazn TVI 25-30
1-daraja TVI 30-35
2-daraja TVI 35-40
3-daraja TVI 40 dan yuqori

Demak yuqoridagi odamda 1-darajali semizlik bor!

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
‼️Antibiotiklar koronavirusni davolamaydi

🔷 “Eng avval aytish kerak boʻlgan gap shu: antibiotiklar koronavirusni davolamaydi. Chunki antibiotik — bakteriyalarga qarshi vosita, virusga taʼsir etmagani yetmaganidek, uning tarqalishiga sharoit yaratib beradi.

🔘 Antibiotiklarni retseptsiz va tartibsiz qabul qilish organizmda chindan ham antibiotikka zarurat tugʻilganda u taʼsir qilmay qolishiga olib keladi. Buning sababi organizmda antibiotikka nisbatan chidamlilik paydo boʻlgan boʻladi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Osteoporoz(lot. osteoporosis)

-suyakning surunkali, progressiyalanuvchi, tizimli va almashinuv kasalligi yoki klinik sindromi bo‘lib, boshqa kasalliklar birga namoyon bo‘ladi. Suyakning zichligi pasayishi bilan xarakterlanadi.

Suyak to‘qimasida metabolizmni buzilishi bilan suyak hosil bo‘lish jarayonida katabolizmni ustunlik qilishi hisobiga suyak mo‘rtligini oshishi va mikroarxitektonikasini buzilishi, suyak mustahkamligini kamaytiradi va sinish xavfini oshirib yuboradi.

Asosiy sabab kalsiy va vitamin D almashinuvini buzilishidir.

Jarayon ko‘pincha umurtqalarda boradi, qarigan chog‘da bel bukilib qolmasligi uchun, 50 yoshdan keyin Ca va vit.D3 preparatlarni muntazam qabul qilish kerak! Ovqat ratsionida sut va sut mahsulotlarini ko‘paytirish kerak! Ayniqsa brinza, pishloq va tvorog!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
💡Miya salomatligi uchun qanday qayg'urish lozim?

Chet tillarini o'rganish, she'rlar yodlash, krossvordlar va turli jumboqlar yechish tavsiya etiladi.

Kichik motorika mashqlari nafaqat bolalarga, balki yoshi katta insonlarga ham yordam beradi. Siz tanlagan mashg'ulot miyangizga dam bera olishiga e'tibor bering. Masalan, kashta tikish, to'r to'qish va h.k.

Miyani faqatgina intellektual salohiyatdan tashqari, yangi yo'nalishlar bilan ham stimullang. Masalan, har kuni ishga (o'qishga) boshqa yo'ldan boring; tish yuvish, soch tarash kabi kundalik yumushlarni chap qo'lda bajaring (chapaqaylar uchun aksincha).

Og'zaki hisob. Qachonki biz og'zaki hisob-kitob olib borganimizda, ikkala miya yarim sharlaridagi ko'pgina zonalar faollashadi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
​​Tilimi til yorar yoz neʼmati

Bozorlarga kirsangiz, noz-neʼmatlarning koʻpligidan koʻzingiz quvnaydi. Oʻzbekiston oʻzining shirin taʼmli, ajoyib shifobaxsh xususiyatlarga ega turli xil meva va poliz mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan. Ular orasida oʻzining xushxoʻrligi va lazzatliligi bilan dunyo xalqini lol qoldirgan, tilimi tilni yorar qovunning oʻz oʻrni bor.

Boʻrikalla, asadi, obinovvot

toshloqi, bekzodi, oqnovvot, koʻkcha, gulobi, qoʻybosh, umrvoqi, arkoni, shakarpalak, shirinpoʻchoq, qoraqand… Ha, bir-biriga oʻxshamaydigan yuzlab qovun navlari faqat bizning oʻlkamizdagina yetishtiriladi. Maʼlumotlarga qaraganda xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi mavjud ekan. Dono xalqimiz qovun navlariga uning tashqi koʻrinishi, taʼmi, urugʻining rangi, pishish muddati singari sifatlarga alohida eʼtibor bergan holda nom bergan desak, yanglishmaymiz.

Sogʻliq uchun foydasi bisyor

Qovun ajoyib mazasi, hidi, koʻrinishi bilan kishi eʼtiborini oʻziga tortmay qoʻymaydi. Odatda qovunni yangi uzib olingani tanovul qilinadi, bundan tashqari, undan murabbo, qiyom, marmelad, povidlo, kompot va turli shirinliklar tayyorlanadi.
Qovunning atrofga taralib turgan xushboʻy hidli magʻzida hazmi yengil qand, kraxmal, oqsil, har xil vitaminlar, biriktiruvchi moddalar, pektin, organik kislotalar, turli mineral tuzlar mavjud. Ayniqsa, uning mevasida temir va kaliy tuzlari bor.
Qovunni qancha koʻp yesangiz, oʻzingizni qarilikdan saqlagan boʻlasiz. Uning tarkibidagi S vitamini kasalliklarga qarshi immunitetni oshirib, qon tomirlar devorini kuchaytirishini ham unutmang. Shunday ekan, qish paytida tez-tez shamollaydigan, grippga chalinadigan insonlar yozda maza qilib qovun yesalar bas. Arzimagan urilish, shikastlanish sababli terisi koʻkarib qoladigan insonlar ham koʻproq qovun isteʼmol qilishlari lozim.

Ayollar sogʻligʻi uchun foydasi katta

Qovunda mavjud boʻlgan foliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur boʻlgan modda boʻlib, uningsiz farzandga sogʻlom ona boʻlish meʼyorida boʻlolmaydi. Ayollar, ayniqsa homilador ayollar ovqatlanish ratsionlariga qovunni qoʻshishlari zarur va foydalidir. Aytgancha, qovunda mavjud boʻlgan kremniy suyak, soch va terining sogʻlom boʻlish muvozanatini taʼminlaydi.

Kayfiyatni bir zumda koʻtaradi

Qovun chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Negaki, uning magʻzida serotin moddasini ishlab chiqarishga xos boʻlgan “quvonch gormoni” bor. Agar biron narsadan xafa boʻlgan boʻlsangiz, ikki karj qovun yeb oling — kayfiyatingiz yaxshilanadi.

Tib qonunlarida…

Tabobat sultoni Ibn Sino: “Qovun, xususan, uning urugʻi va poʻsti tomirlarni kengaytiradi, terini tozalaydi. Qovun urugʻi oftob urishidan saqlaydi, sepkil va bosh qazgʻogʻini yoʻqotadi. Pishgani ham, sapcha qovun ham siydik haydash xususiyatiga ega. Buyrak, qovuq va jigardagi toshlarni yoʻqotadi”, deb yozgan.

Quritilgan qovun yurak uchun darmon

Qovunning quritilgan boʻlakchalari kaliy va magniyga boy boʻlgani uchun yurak qon-tomir xastaliklariga chalingan bemorlar uchun koni foyda hisoblanadi.

❗️Zararini ham unutmang!

▪️Qovunda qand moddasi koʻp boʻlgani uchun qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga, meʼda-ichak tizimining yuqumli kasalliklarida, gastrit (meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi), meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasida qovun tanovul qilish tavsiya etilmaydi.

▪️ Homilador va emizikli ayollar qovun isteʼmol qilishda ehtiyot boʻlishlari tavsiya etiladi, chunki qovunning koʻp isteʼmol qilinishi bola ichak yoʻllarida muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Unutmang!

Qovun isteʼmol qilgach, uning ketidan sovuq suv, sut, qatiq va kefir ichmang.

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
Asal foydalimi?

❗️Asal tarkibida eng ko'p uchrovchi ozuqa bu fruktoza va saxaroza, shuningdek vitaminlardan A, B², B⁶, C, E va K. Olimlar shuni ta'kidlashadiki, asal tarkibidagi eng qimmatli ozuqa bu tabiiy antibiotik ishlab chiqaruvchi uning bakteriyalaridir.

Faktlar shuni isbotlaydiki, asal bu shakar, shuning uchun ko'p iste'mol qilish yaramaydi. Eng yaxshisi, kun davomida asal iste'molini 30gr dan oshirmang.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
📜Bosh og'rig'ining asosiy sabablari

Bosh og'rishi deyarli har birimizda uchraydigan holat. Ba'zida u bizni ishdan qoldiradi, ba'zida asabiylashishimizga sabab bo'ladi, ba'zida esa charchatib qo'yadi. Bosh og'riqni 10 asosiy sababi quyidagilardan iborat:

1. Stress

Ba'zida stress, ko'p ishlash va asabiylashish bosh og'riqqa olib kelishi mumkin.

2. Ob-havo va undagi o'zgarishlar
Havo haroratining o'zgarishi, quyosh nurlarining yetishmasligi va atmosfera bosimini o'zgarishi asab tizimiga salbiy ta'sir etishi mumkin.

3. Gormonlar o'ynashi
Bu ko'proq ayollarga tegishli bo'lgan holat bo'lib, ovulyatsiya davrida gormonlar balansi buzulganligi natijasida ro'y beradi.

4. Alkogol ichimliklar
Alkogol ichimliklar, ayniqsa qizil vino "boshga uradi".

5. Ochlik
Uzoq vaqt davomida och bo'lib qolish, organizmda toksinlarni ko'payishiga olib keladi, bu esa bosh og'riqni yuzaga keltiradi.

6. Uyqusizlik yoki aksincha, ko'p uxlash
Uyqusizlik ko'p uxlash kabi bosh og'riqni keltirishi mumkin.

7. Mushaklarning zo'riqishi
Uzoq vaqt davomida noqulay holatda bo'yinni ushlash (masalan kompyuter oldida) yoki boshqa mushaklarga zo'riqish beradigan holatda bo'lish bosh og'riqni keltiradi.

8. Ko'zning toliqishi
Ko'z asablarining zo'riqishi (televizor ko'rish, sizfatsiz video ko'rish va hokazo) bosh og'riqni yuzaga keltirishi mumkin.

9. O'tkir hidlar
Kosmetika, atir, kir yuvish vositalari asab tizimini kuchli qo'zg'atadi.

10. Boshqa sabablar
Undan tashqari bosh og'riq 50 dan ortiq kasallik alomati bo'lishi mumkin.
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
Migren (frans., migraine) - miya og'rig'i, o'qtin-o'qtin tutadigan bosh og'rig'i. Kopincha, ayollarda uchraydi.

Asosiy sabablari:
•qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi;
•oilada yoki naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik;
•asabiylashish;
•o'ta charchash;
•muntazam ovqatlanmaslik;
•mehnat va dam olish qoidalariga rioya etmaslik;
•ayollarda hayz sikli buzilishi.

❗️Migrenda asosan boshning chakka qismi og'riydi, bosh aylanadi, yorug'likka qaray olmaydi, ko'ngil aynib, qayt qiladi.

🩺Davolash:
Qon tomirlarni kengaytiruvchi (vazodilatator), og'riq qoldiruvchi preparatlar, fizioterapiya, igna sanchib davolash.
Bemor shifokor nazorati ostida davolanishi lozim

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🎼Musiqa eshtib, uyquga ketuvchilarning bunday odatlari to'g'rimi?😴

🎧Quloqchinlarda musiqa tinglab, uyquga ketish uzoq vaqtgacha tinch uyquning "buzg'unchisi"dir!
Odamlarda uyqu jarayonini o'rganish mobaynida shu ma'lum bo'ldiki, bunday odatga ega shaxslar tinch holatda uyquga ketuvchilarga nisbatan 6 karra uyquning normal holati buzilishiga duch kelishar ekan. Shu sababdan, olimlar bunday odati bor shaxslarga, sekin-asta ushbu odatdan voz kechishlarini maslahat beradilar.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar rakka olib kelishi mumkin...

Amerikalik olimlar sog'lom odamda 14yil davomida tadqiqot o'tkazish natijasida shuni aniqlashdiki, energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar yo'g'on ichak raki rivojlanishiga olib keldi.

Tadqiqot olib borilgan insonning ratsionida muntazam ravishda limonadlar, energetik ichimliklar, sutli kokteyllar va sharbatlar mavjud bo'lgan. Ushbu barcha ichimlik o'z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlashini eslatib o'tish lozim.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Organizmingizda hammasi joyidami?🧐

Yuzingizdagi "muammo"lar orqali buni tekshirib ko'ramiz!

🔘Ko'zlar ostidagi shishlar
❗️Buyraklaringizda muammo bor.
Suv balansini normallashtiring.

🔘Yanoqlar yallig'lanishi
❗️O'pkalaringizda muammo bor.
Stressni kamaytiring, ko'proq toza havoda bo'ling.

🔘Iyakdagi xusnbuzarlar
❗️ O'pkalaringizda muammo bor.
Shirin va yog'li mahsulotlarni kamaytiring, uyqu rejimini yaxshilang.

🔘Peshonadagi xusnbuzarlar
❗️Ichaklaringizda muammo bor.
Ko'proq suv va xom sabzavotlar iste'mol qiling, oshqozon-ichak trakti uchun preparatlar qabul qilishingiz mumkin(masalan, laktofiltrum va boshq.)

🔘Burun qizarishi
❗️ Buyraklaringizda muammo bor.
Qon bosimingiz va xolesterin miqdorinin tekshiring, ko'proq ko'k choy iching.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🍌🍌Bananning biz bilmagan 10 foydali xususiyati

Bananlar — "foyda" bilan "shirin maza" bo‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibidagi vitamin va boshqa moddalar bizning organizmizni har tomondan o‘rab turadi.

Quyida uning ko‘zga tashlanmaydigan foydali xususiyatlari bilan tanishamiz. Biroq bu barcha bananlarni ham yeyish mumkin, degani emas.

Onkologik kasalliklardan profilaktika

Bananda onkologik kasalliklarni (o‘simta nekrozi omili) oldini olishga yordam beruvchi muayyan oqsil mavjud. Bu moddaning miqdori yetilgan mevalarda ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli qora dog‘lar bilan qoplangan yoki qoraygan bananlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Tomir tortishi bilan kurash

Minerallar yetishmovchiligi — mushaklardagi tomir tortishishining asosiy sababidir. Banan kabi kaliy va magniyga boy yegulikni iste'mol qilish mushak spazmlarini bartaraf qiladi. Shu sababli ko‘plab sportchilar uni o‘z taomlari ro‘yxatiga kiritishadi.

Buyrak kasalliklarini oldini olish

Tarkibida yetarli miqdorda kaliy bo‘lgan yegulik buyrakda tosh yig‘ilishining oldini oladi. Tadqiqotlarga muvofiq, bananni doimiy taomlar ro‘yxatiga kiritish buyrakdagi xavfli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimolini ham 40 foizga qisqartiradi.

Mustahkam yurak

Yetarlicha kaliyga ega mahsulot qon bosimi oshib turadigan va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga tavsiya qilinadi. Har kuni 1,3 grammdan bu mineral tanovul qilinsa, yurak bilan bog‘liq hastaliklarni 26 foizga qisqartiradi. Bu o‘rinda esa kuniga 2-3 dona banan yeyish foydali.

Toza qon tomirlar

Tomirlar o‘tkazuvchanligining yomonlashuviga ateroskleroz keltirib chiqaruvchi xolesterin sabab bo‘ladi. Bananlarda tomirlar tizimining salomatligini saqlaydigan fitosterollar mavjud.

🥘Sog‘lom oshqozon

Bananlar oshqozon yarasi mavjud bo‘lgan kishilarga tavsiya qilinadi. Bu mevalar oshqozon devorini himoya qiluvchi shilimshiq sekretsiyasini ishlab chiqarishga yordam beruvchi maxsus fermentga ega.

💪Energiya manbai

Vitaminlar va minerallar ko‘pligi bananlarni ajoyib energiya manbai ekanligini tasdiqlaydi. Oddiy uglevodlar tezda hazm bo‘ladi va deyarli bir zumda zarur hollarda energiya resurslari taqchilligini to‘ldiradi.

😊Yaxshi kayfiyat

Bananlarda baxt garmoni (dofamin), shuningdek, asab tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi V guruhidagi vitaminlarga boy. Bu esa asablar taranglashib, kayfiyat buzilgan ko‘proq banan yeyish kerakligini anglatadi.

🤷‍♂Diabetga yordam

Bu tropik mevalarda 2 toifali qand diabeti bilan og‘ringan bemorlar ahvolini yaxshilaydigan o‘zgacha kraxmal turi mavjud. Biroq bu modda ko‘proq yashil bananlarda uchraydi. Taqqoslash uchun, yashil mevada o‘rtacha hajmda — 12,5 gramm, yetilib pishganda esa 5 gramm kraxmal mavjud.

👯‍♀Kelishgan qaddi-qomat

Kraxmal ortiqcha hajm va yog‘li qatlamlar shakllanishining oldini oladi. Bu holatda tavsiya etiluvchi meva miqdori — 10 gramm. Albatta, bananlar yeyishdan tashqari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda oziqlanish odatlarini nazorat qilish talab etiladi.

Tibbiyot olami kanaliga ulanish:👇
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
Qon guruhingiz fe'lingizdan so‘zlaydi.

1. I guruhga mansub qon vakillari hamisha 1-bo‘lishiga intiladilar. Oldiga qo‘ygan maqsadiga albatta, erishadilar. O‘z salohiyatlariga qattiq ishonish bilan birga juda rashkchi va ehtirosga boydirlar. Kasalikka oson taslim bo‘ladilar.

2. II guruhli qon sohiblari osoyishta muhitni, xotirjamlikni sevuvchi vazmin kishilardir. Atrofdagilar bilan oson til topishadilar va ta'sirchanligu sabr borasida juda ilg‘orlar. Ammo ko‘p hollarda ulardagi ta'sirchanlik pand berishi mumkin.

3. Qon guruhi III bo‘lganlar fe'l-atvorida xushchaqchaqlik hukmron. Ammo bu vazminlikdan begona degani emas. Bu qon guruh egalari bilan muloqot zerikish hissini uyg‘otmaydi. Ular sharoitga tez moslashadilar. Ba'zan xarakterlaridagi haddan ortiq erkinlik muammolar tug‘dirish mumkin.

4. IV guruh qon vakillari sokinlikni doimiy qurol hisoblashadi. Ular atrofida sodir bo‘layotgan har bir voqeaga real ko‘z bilan qaraydilar. Odatda ularning bir qarorga kelishlari juda qiyin kechadi.

@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/21 21:38:42
Back to Top
HTML Embed Code: