Telegram Web Link
💀 Bosh suyagining yoshga bog'liq ravishda morfologik o'zgarib borishi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Kalsiy nafaqat suyaklar uchun zarur.

💊 Kalsiy faqatgina suyaklarni mustahkamlabgina qolmay, balki yo'g'on ichak salomatligini ta'minlashga ham javobgar, aniqroq aytganda saraton kasalligi rivojlanishini oldini oladi.

Shu sababli kalsiy va D vitamini balansini doimo nazoratda saqlab boring.

🔗 Chunki, kalsiyning ichaklarda so'rilishi iste’mol qilinadigan D vitamini miqdori bilan chambarchas bog'liq.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Shunchaki kuniga bir dona olma, sizning o'pkangiz salomatligini keskin oshiradi.

Haftasiga hech bo'lmaganda 5 ta olma iste’mol qilish orqali siz, o'pkangiz faoliyatini sezilarli darajada yaxshilanishiga erishasiz.

Olma tarkibida kuchli antoksidant hisoblanuvchi - kvertsetin moddasi mavjud bo'lib, u tamaki tutuni va havodagi zaharli moddalardan o'pkani himoya qilishga qodir.

U hujayralarni erkin radikallardan tozalaydi. Aynan ular ko'pgina organlarda, shu qatorda o'pkada ham saraton rivojlanishini stimullaydi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🥱 Jismoniy faollikning yetishmasligi, kun davomidagi charchoq va uyquchanlikka sabab bo'ladi.

🔄 Bu shunday bir yopiq doiradir:
- qancha kam harakat qilsangiz, shuncha ko'p uyqungiz keladi;
- qancha ko'p uxlasangiz, shuncha kam harakat qilasiz.

💪 Bu doirani faqat iroda kuchi bilan uzish mumkin.

🏃‍♂ Qancha ko'p harakat qilsangiz, badantarbiya bilan shug'ullansangiz, shunchalik quvvatga to'lasiz, charchoq va uyquchanlikdan xalos bo'lasiz.

🤗 Sinab ko'ring va ishonch hosil qiling.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🍓Qulupnay organizmga foydalimi?

Qulupnay yurak faoliyatini yaxshilaydi;
Terini mayinlashtiradi;
Ajinlarni yo'qotadi.


🅰Tarkibidagi Vitamin A (retinol) yallig'lanishga qarshi kurashadi.
Ko'rish o'tkirligini yaxshilaydi.

🅱9⃣Tarkibidagi vitamin B⁹ esa ayollar reproduktiv salomatligida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz qulupnayni ko'proq iste'mol qiling. Chunki vitamin B⁹ homila asab tizimi shakllanishida ishtirok etadi.

💊Askorbin kislota (vitamin C) esa qulupnayda limondan ko'ra ko'proqligi isbotlangan. Ushbu vitamin immunitetni oshiradi, kayfiyatni ko'taradi, ortiqcha vazn muammosida yordam beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
Ramazon taqvimi.(Toshkent vaqti bilan)

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi
Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'aalaa, Allohu akbar.

Ma'nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’alayka tavakkaltu va ’ala rizqika aftartu, fag‘firli, ya G‘offaru, ma qoddamtu vama axxortu.

Ma'nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Muntazam qo'llarni yuvish - muhim gigiyenik protsedura hisoblanadi (ayniqsa, pandemiya sharoitida).

Shu maqsadda, quyidagi vaqtdan so'ng qo'llaringizni albatta yuvishingizni va buni farzandlaringizga ham uqtirishingizni eslatib o'tamiz:

➡️🍲Ovqatdan oldin;
🍲➡️Ovqatdan keyin;
🐕‍🦺Hayvonlar bilan o'ynagandan so'ng;
➡️🏠Ko'chadan uyga kirgach;
💵Pul sanagandan so'ng;
🤧Aksa urgan yoki yo'talganingizdan so'ng;
😢Yig'idan so'ng;
🚽Hojatxonadan so'ng;
🖐🏽Qachonki qo'llaringiz kir bo'lsa.


❗️P.S.: Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har uchinchi oshqozon-ichak infeksion kasalligining sababi - kir qo'llardir!


Safimizga qo'shiling⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
💡Yostiqsiz uxlash umurtqa pog'onasidagi og'riqlarni kamaytirib, uni mustahkamlaydi.

❗️O'ta yumshoq yostiqdan foydalanish bo'yin mushaklari zo'riqishiga va hattoki boshga qon oqib kelishini sekinlashtiradi.

Yaxshisi, yostiqsiz uxlang. Agar yostiqsiz uxlay olmasangiz, qattiqroq yostiqda uxlashga odatlaning.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🍎Nima uchun olma yeymiz?🍏

Altsgeymer kasalligidan asraydi;
O'sma kasalliklarini oldini oladi;
Qondagi xolesterinning yuqori miqdoridan himoya qiladi;
Tishlarni kariyesdan himoya qiladi;
Yurak qon-tomirlar uchun foydali;
Vazn tashlashga yordam beradi;
Diabetdan himoya qiladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
Mening fikrim portalida "Tez tibbiy yordamning ishiga to‘sqinlik qilganlik va yolg‘on chaqiruv holatlariga nisbatan qonuniy javobgarlikni belgilash" haqida jamoaviy murojaat e'lon qilinibdi.

Sohadagi eng dolzarb muammo ko‘tarilgan. Ko‘rib chiqilishi uchun 10 ming ta ovoz kerak.

Shifokor va hamshiralar befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz!

Iloji boricha tarqating, ovoz to‘plash uchun bor-yo‘g‘i 90 kun vaqt berilgan.

Ovoz berish uchun:
https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/5808

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
Kanakunjut urug‘lari zaharli modda saqlashini bilasizmi?

Kanakunjut urug‘i po‘stlog‘ida ritsin deb ataladigan o‘ta zaharli modda mavjud. Bu moddadan 0,5 mg organizmga tushsa, zaharlanish chaqiradi. Agar uning miqdori 0,3 mg/kg ga yetsa(o‘simlik urug‘idan kattalar uchun 20 dona, bolalar uchun 6 dona), o‘limga olib keladi.

Ritsin bilan zaharlanish belgilari:
▪️qusish
▪️qorinda og‘riq
▪️oshqozon-ichak traktidan qon ketishi
▪️suv-tuz balansining buzilishi

Ritsinning antidoti yo‘q. Shuning uchun tabiat qo‘yniga sayrga chiqqanda, o‘zingiz bilmagan o‘simlik qismlarini zinhor iste'mol qilmang. Ayniqsa bolalarga ehtiyot bo‘ling.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Organizmingizda hammasi joyidami?🧐

Yuzingizdagi "muammo"lar orqali buni tekshirib ko'ramiz!

🔘Ko'zlar ostidagi shishlar
❗️Buyraklaringizda muammo bor.
Suv balansini normallashtiring.

🔘Yanoqlar yallig'lanishi
❗️O'pkalaringizda muammo bor.
Stressni kamaytiring, ko'proq toza havoda bo'ling.

🔘Iyakdagi xusnbuzarlar
❗️ O'pkalaringizda muammo bor.
Shirin va yog'li mahsulotlarni kamaytiring, uyqu rejimini yaxshilang.

🔘Peshonadagi xusnbuzarlar
❗️Ichaklaringizda muammo bor.
Ko'proq suv va xom sabzavotlar iste'mol qiling, oshqozon-ichak trakti uchun preparatlar qabul qilishingiz mumkin(masalan, laktofiltrum va boshq.)

🔘Burun qizarishi
❗️ Buyraklaringizda muammo bor.
Qon bosimingiz va xolesterin miqdorinin tekshiring, ko'proq ko'k choy iching.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Asal foydalimi?

❗️Asal tarkibida eng ko'p uchrovchi ozuqa bu fruktoza va saxaroza, shuningdek vitaminlardan A, B², B⁶, C, E va K. Olimlar shuni ta'kidlashadiki, asal tarkibidagi eng qimmatli ozuqa bu tabiiy antibiotik ishlab chiqaruvchi uning bakteriyalaridir.

Faktlar shuni isbotlaydiki, asal bu shakar, shuning uchun ko'p iste'mol qilish yaramaydi. Eng yaxshisi, kun davomida asal iste'molini 30gr dan oshirmang.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 07:47:09
Back to Top
HTML Embed Code: