Telegram Web Link
Asal foydalimi?

❗️Asal tarkibida eng ko'p uchrovchi ozuqa bu fruktoza va saxaroza, shuningdek vitaminlardan A, B², B⁶, C, E va K. Olimlar shuni ta'kidlashadiki, asal tarkibidagi eng qimmatli ozuqa bu tabiiy antibiotik ishlab chiqaruvchi uning bakteriyalaridir.

Faktlar shuni isbotlaydiki, asal bu shakar, shuning uchun ko'p iste'mol qilish yaramaydi. Eng yaxshisi, kun davomida asal iste'molini 30gr dan oshirmang.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🎼Musiqa eshtib, uyquga ketuvchilarning bunday odatlari to'g'rimi?😴

🎧Quloqchinlarda musiqa tinglab, uyquga ketish uzoq vaqtgacha tinch uyquning "buzg'unchisi"dir!
Odamlarda uyqu jarayonini o'rganish mobaynida shu ma'lum bo'ldiki, bunday odatga ega shaxslar tinch holatda uyquga ketuvchilarga nisbatan 6 karra uyquning normal holati buzilishiga duch kelishar ekan. Shu sababdan, olimlar bunday odati bor shaxslarga, sekin-asta ushbu odatdan voz kechishlarini maslahat beradilar.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Muntazam qo'llarni yuvish - muhim gigiyenik protsedura hisoblanadi (ayniqsa, pandemiya sharoitida).

Shu maqsadda, quyidagi vaqtdan so'ng qo'llaringizni albatta yuvishingizni va buni farzandlaringizga ham uqtirishingizni eslatib o'tamiz:

➡️🍲Ovqatdan oldin;
🍲➡️Ovqatdan keyin;
🐕‍🦺Hayvonlar bilan o'ynagandan so'ng;
➡️🏠Ko'chadan uyga kirgach;
💵Pul sanagandan so'ng;
🤧Aksa urgan yoki yo'talganingizdan so'ng;
😢Yig'idan so'ng;
🚽Hojatxonadan so'ng;
🖐🏽Qachonki qo'llaringiz kir bo'lsa.


❗️P.S.: Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har uchinchi oshqozon-ichak infeksion kasalligining sababi - kir qo'llardir!


Safimizga qo'shiling⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Migren (frans., migraine) - miya og'rig'i, o'qtin-o'qtin tutadigan bosh og'rig'i. Kopincha, ayollarda uchraydi.

Asosiy sabablari:
•qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi;
•oilada yoki naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik;
•asabiylashish;
•o'ta charchash;
•muntazam ovqatlanmaslik;
•mehnat va dam olish qoidalariga rioya etmaslik;
•ayollarda hayz sikli buzilishi.

❗️Migrenda asosan boshning chakka qismi og'riydi, bosh aylanadi, yorug'likka qaray olmaydi, ko'ngil aynib, qayt qiladi.

🩺Davolash:
Qon tomirlarni kengaytiruvchi (vazodilatator), og'riq qoldiruvchi preparatlar, fizioterapiya, igna sanchib davolash.
Bemor shifokor nazorati ostida davolanishi lozim

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Bilasizmi? Stress bizning yashashimizga doim halaqit qiladi.

Stress qanday kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

📌Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari
📌Uyqu buzilishi
📌Ishtaha kuchayishi(Semizlik)
📌Hazm tizimidagi muammolar
📌Psixogen og‘riqlar
📌Shamollash va virusli kasalliklar bilan xastalanishning xavfi ortishi

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
Qon guruhingiz fe'lingizdan so‘zlaydi.

1. I guruhga mansub qon vakillari hamisha 1-bo‘lishiga intiladilar. Oldiga qo‘ygan maqsadiga albatta, erishadilar. O‘z salohiyatlariga qattiq ishonish bilan birga juda rashkchi va ehtirosga boydirlar. Kasalikka oson taslim bo‘ladilar.

2. II guruhli qon sohiblari osoyishta muhitni, xotirjamlikni sevuvchi vazmin kishilardir. Atrofdagilar bilan oson til topishadilar va ta'sirchanligu sabr borasida juda ilg‘orlar. Ammo ko‘p hollarda ulardagi ta'sirchanlik pand berishi mumkin.

3. Qon guruhi III bo‘lganlar fe'l-atvorida xushchaqchaqlik hukmron. Ammo bu vazminlikdan begona degani emas. Bu qon guruh egalari bilan muloqot zerikish hissini uyg‘otmaydi. Ular sharoitga tez moslashadilar. Ba'zan xarakterlaridagi haddan ortiq erkinlik muammolar tug‘dirish mumkin.

4. IV guruh qon vakillari sokinlikni doimiy qurol hisoblashadi. Ular atrofida sodir bo‘layotgan har bir voqeaga real ko‘z bilan qaraydilar. Odatda ularning bir qarorga kelishlari juda qiyin kechadi.

@TIBBIYOT_OLAMI
Hayot faoliyatining to'xtashi (o'lim).

Organizm o'limi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
⭕️Preagonal;
⭕️Terminal pauza;
⭕️Agonal;
⭕️Klinik o'lim
⭕️Biologik o'lim.


Yuqoridagi to'rttala bosqichda tibbiy chora-tadbirlar orqali bemorni hayotga qaytarish mumkin (qaytar jarayon hisoblanadi).

Biologik o'lim holatida esa hech qanday yo'l orqali bemor hayotini tiklab bo'lmaydi.

❗️Lekin biologik o'lim holatidagi bemorning ayrim organlari ishini qayta tiklash mumkin(masalan, yurak, buyrak, jigar va boshq).

Safimizga qo'shiling⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🍓Qulupnay organizmga foydalimi?

Qulupnay yurak faoliyatini yaxshilaydi;
Terini mayinlashtiradi;
Ajinlarni yo'qotadi.


🅰Tarkibidagi Vitamin A (retinol) yallig'lanishga qarshi kurashadi.
Ko'rish o'tkirligini yaxshilaydi.

🅱9⃣Tarkibidagi vitamin B⁹ esa ayollar reproduktiv salomatligida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz qulupnayni ko'proq iste'mol qiling. Chunki vitamin B⁹ homila asab tizimi shakllanishida ishtirok etadi.

💊Askorbin kislota (vitamin C) esa qulupnayda limondan ko'ra ko'proqligi isbotlangan. Ushbu vitamin immunitetni oshiradi, kayfiyatni ko'taradi, ortiqcha vazn muammosida yordam beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒
Harorat ko'tarilish sabablari, harorat oshganda qanday yordam berish lozim?


❗️Tana harorati normada: 36,5°C dan 37,2°C gacha.

Harorat oshishidagi eng ko'p sabablar:

SHAMOLLASH. Agar deyarli hech qanday sababsiz harorat ko'tarilsa hamda unga burun bitishi, yo'tal qo'shilsa, ko'p ehtimollik bilan bu ORVI.

GRIPP. Agar bemordagi haroratni termometr 40°Cgacha ko'rsatayotgan bo'lsa, unda muskul va bo'g'imlarida zirqirash va bosh og'rig'i paydo bo'lsa, bu gripp. Tezda shifokor chaqiring. O'zboshimchalik bilan qilingan davo xavfli holatga solib qo'yishi mumkin.

YAQINDA EMLANGAN BO'LSA. Agar yaqinda emlangan bo'lsangiz, 2kun davomida yuqori harorat bo'lishi mumkin. Bu immunitet reaksiyasidir.

ANGINA. Yuqori harorat, tomoqda og'riq, bodomsimon bezlarning shishishi, hiqildoqning oq nalet bilan qoplanishi anginaning belgilaridir.

ZOTILJAM. Siz gripp bilan kasallansangiz va xuddi tuzalgandan bo'lganingizda yuqori harorat yana qaytalansa, ko'krak qafasida og'riq, nafas qisishi, xirillash kuzatilishi - grippning pnevmoniya ko'rinishidagi asoratidir.

OTIT. Quloqda og'riq + yuqori harorat = otit.

ICHAKLAR INFEKSIYASI. Diareya(ich ketishi) vaqtida yuqori harorat, qayt qilosh, qorinda og'riq ichaklar infeksiyasi haqida axborot beradi.

YALLIG'LANISH. Harorat biroz yuqori va shu holda uzoq, boshqa simptomlarsiz kuzatilsa, bu yallig'lanish, gormonal buzilishdan darak berishi mumkin.

OVULYATSIYA. Ovulyatsiyadan so'ng ba'zi ayollarda harorat oshishi kuzatiladi.


HARORATNI QANDAY QILIB OSON TUSHIRISH MUMKIN?

Ko'p miqdorda suyuqlik. Sutkada 2,5l suv yoki iliq o'tlarda tayyorlangan choy iching.

Peshonaga salqin kompress

Yengil kiyim. Kiyimga o'ranmang, issiqlik chiqib ketishi kerak.

Toza havo. Tez-tez xonani shamollating.


QACHON SHIFOKOR CHAQIRISH LOZIM?

♨️Isitma 3kundan ortiq tushmasa yoki kasallikdan so'ng isitma qaytalasa;

♨️Isitma tomoqdagi, quloqdagi, ko'krak qafasidagi, qorin bo'shlig'idagi kuchli og'riq bilan aloqador bo'lsa;

♨️Ich ketish va qayt qilish hamda og'izda quruqlik, bosh aylanishi, darmonsizlik his qilsangiz;

♨️Isitma tanadagi uchuqqa aloqador bo'lsa;

♨️Siydik ajratishda og'riq his qilsangiz.

❗️ Yuqori harorat (isitma) ga befarq bo'lmang. U organizmdagi biror patologiya darakchisidir!


KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🥕Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

🥕 Sabzi efir moyli o'simliklar jumlasiga kiradi. Mevalarida 1,9 foizgacha, gullab turgan o'simlik o'tida esa 0,13 foizgacha efir moyi, shuningdek, geraniol, dautsen, bizaboden, sekviterpen karatol spirt, daukol, azaron va boshqa birikmalar bor. Sabzi ildizmevalarida karatinoidlar, vitamin K, B1, B2, PP, C pantotenat kislotasi va inozit bor.

🥕Shuningdek, sabzi ildizmevalarida fitosterinlar, fosfatidlar, fermentlar, qandlar, flavonoidlar, mikroelementlar va boshqa moddalar ham mavjud.

🥕 Xalq tabobatida sabzining ildizi va mevalari

🍃 o'tkir surunkali gepatitlar,
🍃sariq kasalligi,
🍃shabko'rlik mahalida,
🍃zarda qaynagan,
🍃qabziyat bo'lgan paytlarda,
🍃bavosirda,
🍃gastritda,
🍃me'da yara kasalliklarida qirilgan sabzi buyuriladi.

🥕 Badan terisi yorilganida va husnbuzar toshganida sabzi suvini tuxum sarig'i yoki asalga aralashtirib suriladi.

🥕Buyrak-tosh kasalligi, qabziyat mahallarida va qorin dam bo'lib turganida sabzi urug'idan foydalaniladi.

🥕Sabzi barglarining suvi gush, diatez va neyrodermitda, ildiz mevasining suvi esa xavfli o'smalarni davolashda ishlatiladi.

Ibn Sino sabzi urug'i va barglarini yaralarni tezroq bitiradigan va siydik haydaydigan dori sifatida ishlatgan, ildiz mevalarini esa plevrit, surunkali yo'tal, ichak og'riqlari va badanga shish kelganda buyurgan. Sabzi shilimshiq, safrolarni suyultirib, ichki organlarning bitib qolgan joylarini ochadi va me'dani baquvvat qiladi.

⚜️ Zamonaviy tabobatda sabzi ildizmevalaridan gipo va avitominozlarda foydalaniladi, ular mayin surgi tarzida ta'sir ko'rsatib, uglevodlar almashinuvini joyiga keltiradi.

🥕Jigar, buyrak kasalliklari, bavosirda qirilgan sabzi buyuriladi, sabzi suvidan esa yara, jarohatlar, sovuq olgan joylar, angina va stomatitlarga davo sifatida foydalaniladi.

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
#Fakt

Inson organizmining 60% ini suv tashkil qiladi!

Inson umri davomida o'rtacha 60 000 l suv iste'mol qiladi!

Kun davomida tana massasining 1kg i uchun muvofiq ravishda 35ml suv ichish tavsiya etiladi. Bunda:
-50kg uchun - 1,7l;
-60kg uchun - 2,1l;
-70kg uchun - 2,4l;
-80kg uchun - 2,8l to'g'ri keladi.

P.S. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, tana uchun ortiqcha suv zarar qilmaydi.

Hozirgi kunda necha litr suv iste'mol qilyapsiz?

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Grippga qarshi vaksina

Vaksinada zaiflashgan gripp virusi mavjud bo‘lib, uning miqdori juda kam va u organizmga kasallikni yuqtirishga qodir emas, ammo immunitet tizimi vaksina orqali “dushman” ni tanib oladi va u bilan kurashishni o‘rganadi.

Grippning 30 dan ortiq turlari maʼlum, ammo ularning har biriga qarshi emlash shart emas. Zamonaviy emlash o‘z ichiga oladi: A, B va A ning turlari. Bu odatda kasallikning asosiy turlaridan himoya qilish uchun yetarli. Ammo takroriy emlashni talab qiladigan holatlar ham mavjud.

💊Grippga qarshi vaksinalar

💉GRIPPOL(ROSSIYA)
💉INFLYUVAK(NIDERLANDIYA)
💉VAKSIGRIPP(FRANSIYA)
💉FLYUARIKS(BELGIYA)
💉BEGRIVAK(GERMANIYA)
💉AGRIPPAL S1(GERMANIYA)

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
O‘ZBEKISTONDA KIMLAR GRIPPGA QARSHI BEPUL EMLANADI?

‼️ O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 iyuldagi “Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 567-son qaroriga asosan gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan:

🔹«Mehribonlik» uylari;
🔹qariyalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat uylari,
🔹nogironlar hamda nogiron bolalar uchun «Muruvvat» internat uylari;
🔹bolalar shaharchalari;
🔹bolalar uylari;
🔹jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar;
🔹davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari,
🔹umumta’lim maktablari o‘qituvchilari;
🔹tibbiyot xodimlari;
🔹davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga grippga qarshi emlash uchun vaksinalar bepul, davlat byudjeti hisobidan yetkazib beriladi.

‼️ Boshqa aholi vakillari o‘z hisobidan, tashkilot xodimlari o‘sha idora mablag‘lari hisobidan xususiy emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin.

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
Rasmda 9 raqamini ko‘ryapsizmi? Ko'rgan bo'lsangiz daltonik emassiz!

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
Yodga bo‘lgan talabni qondirish uchun hozirgi kunda quyidagi kunlik miqdor tavsiya etiladi:

50 mkg – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 12 oygacha bo‘lgan go‘daklar uchun;
90 mkg – 2-6 yosh bolalar uchun;
120 mkg – 7-12 yosh maktab o‘quvchilari uchun;
150 mkg – 12 yoshdan kattalar uchun;
200 mkg homilador va emizikli ayollar uchun.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/21 21:23:45
Back to Top
HTML Embed Code: