Telegram Web Link
Aytishlaricha, dinga oid terminlar, rasmlar qatnashgan bannerlar, reklamalar, logolarga qarshi reyd boshlangan. Magazin, ovqatlanish joylari nomidan ham dinga oid yoki arabcha termin qatnashganlarni olib tashlashgan emish.

@TheAliBlog
Ali. Blog
Photo
Ko'pchilik musulmonlar o'z ismlaridan havotir olishmoqda.
Syujetiga mazza qivoriladigan o'yin izlab yurganlar bo'lsa, Uncharted o'yinini tavsiya qilaman. Oy boshida PC uchun chiqarilgan PS Exclusive o'yinlarga katta chegirma bo'lganida o'yinlarni bosib qo'ygandim. 2-3 kun oldin navbati kelib, shunga yetib keldim.

Rejalashtiriladigan o'g'riliklar, hazinalar izlash ko'rinishidagi o'yin. Assassin's Creedga o'xshab devorlarga tirmashib chiqish, Tomb Raider yoki Prince of Persiaga o'xshab boshqotirmalar yechadigan joylari ham ko'p. Eng muhimi, syujet juda zo'r ekan. Huddi rosayam qiziqarli serialni ko'rib o'tirgandek, katta qiziqish bilan o'ynayapman. Va afsuski, ba'zi buyurtmalarimga keragidan kam vaqt ajratyapman😬

Bu o'yin aslida Uncharted seriyasidagi 4-o'yin. Oldingi o'yinlar PC uchun chiqarilmagan. Faqat PSda o'ynash mumkin ekan. Birorta eskiroq PS3 yoki PS4 olib qo'ysammi, deb o'ylayapman🤔 Chunki PS exclusivelarda qiziq o'yinlar juda ko'p.

Shunday qilib, hali o'ynamagan bo'lsangiz, shu o'yinni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Agar kimdagir qiziq bo'lsa, Steamda "Avengers" video-o'yini 2,6 dollarga sotilyaptikan, 90 foizlik chegirma bilan))
🫡
"Asaxiy Books" tarjimonlar uchun vakansiya borligini va tanlov asosida qabul qilinishini aytgan ekan. Balki "part-time" qilib bo'sh vaqtimda tarjima bilan shug'ullanarman, deb ariza tashlab qo'yuvdim. Kecha sinov uchun inglizcha matn yuborilibdi. Eng yaxshi tarjima qilgan 20ta odam Asaxiyni ofisiga chaqirilib, o'shayerda 2-bosqich sinovdan o'tkazilarkan. Tarjimani tayyorlab, yuborib qo'ydim. Buyog'iga top-20talikka kira olarmikanman, ko'ramiz. Tanlov qatnashchilari 200tadan ko'p.

@TheAliBlog
Ali. Blog
🫡
Yangi oldim
Ali. Blog
"Asaxiy Books" tarjimonlar uchun vakansiya borligini va tanlov asosida qabul qilinishini aytgan ekan. Balki "part-time" qilib bo'sh vaqtimda tarjima bilan shug'ullanarman, deb ariza tashlab qo'yuvdim. Kecha sinov uchun inglizcha matn yuborilibdi. Eng yaxshi…
Vakansiya faqat offlayn ishlash uchun ekan. Taklif etilayotgan maosh (10-15mln oralig'ida) esa, Toshkentga borib ishlashim uchun kamlik qiladi😑 O'zi hali tanlov natijalari e'lon qilinmadi, lekin top20likka kira olgan taqdirimda ham, tanlovni qolganida ishtirok eta olmayman demak.
Kecha, 5-oktyabrdan boshlab Loki serialining 2-mavsumiga start berildi. Nihoyat, Marveldan navbatdagi shedevr, katta byudjetli serialni ko'ramiz.

@TheAliBlog
Isroil o'z davlatida urush holatida deb e'lon qilibdi.
Xullas, o'tgan kuni Falastinning Hamas sektori Isroil tortib olgab yerlarni qaytarib olish uchun hujum uyushtirdi. Buni tushunsa bo'ladi. Lekin buni oqibatida Isroilning tinch aholisi ham qurbon bo'lganini oqlab bo'lmaydi, albatta.

Bu mavzu haqida gap borganda, jahon mamlakatlari Isroil-Falastin mavzusida yo favoritlar o'yini qilayotgani, yoki Islomofobiya bo'layotganini sezdirishyapti. Tushuntiraman.

O'tgan yillarda Isroil Falastinga hujum qildi, tinch aholini quvib chiqardi, qiynoqqa soldi, o'ziga tegishli bo'lmagan hududlarni tortib oldi. Bu voqeaga nisbatan jahondagi gigant davlatlar teskari qarab turishdi. Ko'rmaganga olishdi. O'tgan kuni bo'lgan hujumdan keyin darrov ko'plab davlatlar Isroilni yonini olib chiqishdi, o'zini himoya qilish uchun har qanday chora ko'rishi mumkinligini yoqlab chiqishdi ham.

Eng hayron qoldirgani Zelenskiy ham shu mavzuda Isroil har qanday chora ko'rsa ham haq bo'lishi haqida munosabat berdi. Lekin chetdan qarasak, Isroil-Falastin urushi qaysidir ma'noda Rossiya-Ukraina urushiga ham o'xshardi. Rossiya Ukraina yerlarini tortib olish uchun hujum qildi, biz Ukraina taraf bo'ldik. Ukraina o'zini himoya qilish uchun hujum qilganda ham, Moskvaga portlovchi dronlarni yuborganda ham Ukraina tarafda bo'ldik. Chunki buyerda Rossiya bosqinchilik qilayotgan edi. Lekin ne ajabki, Ukrainaning o'zi himoyada turgan Falastinni emas, bosqinchilik qilayotgan Isroil yonini olmoqda. Bu bilan Zelenskiyni obro'si bir tiyin bo'ldi, desak ham bo'laveradi.
Qisqacha tushuntirsam, Ukraina o'z yerini himoya qilish uchun Rossiyaga hujum qilsa, Ukraina oppoq, Falastin o'z yerini himoya qilish uchun Isroilga hujum qilsa, Falastin terrorchilik harati sodir etyapti ekan.
Bir necha kun oldin Assassin's Creed Mirage video-o'yini ommaga reliz qilindi. O'yin voqealari 9-asrdagi Bag'dod shahrida bo'lib o'tadi.

O'yinda masjidlar, azon ovozlari, hattoki namoz o'qiyotgan NPClarni uchratish mumkin. Lekin o'yinni o'zini bir tiyinga qimmat, desa ham bo'laveradi.

Yodingizda bo'lsa, Valhalla chiqqanidayoq AC seriyalari bitta qolipga tushib qolgani, Origins, Odyssey bilan har tomonlama o'xshashligi haqida yozgandim. Shu sababli ham o'yinni sotib olmaganman va o'ynab ham ko'rmaganman. (Tepadagi fikrga kelish uchun strimlardan parchalar yetarli bo'lgan).

O'yinni narxi yangi avlod AAA o'yinlari narxida bo'lib yotibdi: $50. Lekin grafikasi juda rasvo. Bu grafikani PS3 ham qiynalmay ko'tara olsa kerak, deb o'ylab qoladi odam. Undan tashqari jang qilish animatsiyalari, parkurlar ham juda achinarli ahvolda.

Syndicate o'yinidan keyin bu seriyani to'xtatilgan, deb hisoblasak ham bo'laveradi.

Aytgancha, hozirda video-o'yinlarga pul sarflamay turibman. Kelasi oyda bo'ladigan "Black Friday" aksiyasida video-o'yinlarga ham katta chegirmalar beriladi. O'shanda qoplab olib qo'yamiz))
🫡
Sinov uchun berilgan parcha va men tarjima qilgan variant.
Call of Duty, World of Warcraft o'yinlari bilan mashxur bo'lgan Activision Blizzard kompaniyasini va nihoyat Microsoft sotib oldi.

Microsoft o'zining Xbox o'yin konsolini rivojlantirish maqsadida katta qadamlar tashlamoqda.

@TheAliBlog
2024/11/16 07:37:30
Back to Top
HTML Embed Code: