Anchadan beri kanalga post yozmay qo'ydim, nima yozishgayam hayronman, to'g'risi😑
PS1 va PS2dagi o'yinlar bolaligimizni yodga soladi. Shuningdek, bu konsollardagi o'yinlar grafika jihatidan hozirgi o'yinlarni yaqiniga ham yo'lay olmasada, original g'oyalar, qiziqarli syujetlari bilan hozirgacha ajralib turadi. Oxirgi kunlarda qiziqarli yangi o'yin qidirib topolmagach, klassik o'yinlarga qaytishga va/yoki hali o'ynab ko'rmagan klassikalarni o'ynab chiqishga qaror qildim. Sizlarga ham tavsiya qilaman.
Hozirgi kunda PS1 va PS2 o'yinlarini o'ynash uchun sizda bu konsollar bo'lishi shart emas. Konsol o'yinlarini ochib beruvchi emulyatorlar chiqqan. Aniqrog'i, bular anchadan beri bor. Bu konsol o'yinlarini bemalol kompyuteringizda, hatto telefoningizda ham o'ynashingiz mumkin. 7-8-yilcha oldin telefonimda PS1 o'yinlarini o'ynardim))
Bugun ushbu konsol o'yinlarini kompyuterda ochish haqida gaplashamiz. Buning uchun sizlarga emulyator dasturlar kerak bo'ladi: PS1 va PS2 uchun. Emulyatorni o'rnatib bo'lganizdan keyin, u huddi konsoldek fikrlay boshlashi uchun BIOS fayllarini o'rnatishiz kerak bo'ladi. PS1 va PS2 uchun. Bundan so'ng konsol ishlashga tayyor, unga o'yinlarni o'rnatsangiz bo'ldi. Konsollar uchun o'yinlar - ROM fayllarini mana bu saytdan yuklab olish mumkin, bazasi juda katta. ROM faylni arxivdan chiqarasiz, kerakli papkaga joylaysiz, emulyatordan o'sha papkani tanlaysiz, shu bilan konsol o'yinlari kompyuteringizda! To'liqroq his qilish uchun joystiklar olishni tavsiya qilaman, lekin klaviatura orqali ham o'ynashingiz mumkin))
P/s: ushbu konsollardagi sevimli o'yinlaringiz qaysi bo'lgan?)