Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibodat va daromad bir joyda — Orzudagi Saudiya Arabistoni

Asosan musulmonlar ibodat maqsadida boradigan bu diyorda koʻp yillardan beri turli sohalarda ishlab kelayotgan yurtdoshlarimiz bor.

Xoʻsh, Saudiyada oʻzbeklar qanday sohalarda ishlashyapti, oylik daromadlari qancha va eng asosiysi ibodat bilan tijoratni birga olib bora olishyaptimi? Bugungi koʻrsatuvimizda ushbu savollarga javob olishga harakat qildik.

👉🏼
@subyektivuz

Toʻliq koʻrsatuvni YouTube
kanalimizda👇🏼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kunduzi instagram sahifamizga hazil tariqasida shunaqa storis joylagan edik😁

Unga Oliy ta’lim haqidagi ko’rsatuvimizda intervyu bergan Iroda opa Azimova o’z bloglarida javob topishga harakat qilibdilar.

Pastda qoldiraman😄👇
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
Ertalab "Subyektiv" ijodkorlari instagram hikoyasida savol berishdi: nega rasmga tushiladi, chiqilmaydi?
Ya'ni shu jarayonga nisbatan nega aynan "tushmoq" fe'li ishlatiladi.
Demak, tahlil qilishga urinib ko‘ramiz. Bu mening tilshunos sifatidagi gipotezam: rasmlar dastlab va yaqin-yaqingacha qog‘ozda bo‘lgan.
Qog‘oz bilan bog‘liq harakat fotografiya paydo bo‘lgunicha yozish edi. "O‘z fikrlarini/hissiyotlarini qog‘ozga tushirdi" degan ifoda bor tilimizda.
Demak, chiqmoq emas, tushmoq so‘zining avval boshida yozish harakatiga nisbatan qo‘llanishi bu qog‘ozning pastda turgani, siyohning qog‘ozga, ya'ni pastga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bilan tushmoq/tushirmoq fe'lida ifodalash, aks ettirish ko‘chma ma'nolari shakllangan.
Shu sabab rasmga tushiladi, chiqilmaydi.

@psixolingvist
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Saudiyada yashayotgan oʻzbeklar real hayoti, u yerdagi ish faoliyati haqida koʻrsatuv chiqargan edik. Koʻrmaganlar boʻlsa koʻrishni tavsiya qilaman.

Chunki xorijiy davlatlarda yaxshi ishlarda ishlayotgan, oʻz hayot yoʻlini topa olgan oʻzbeklar borligi bizni har doim xursand qiladi. Bu oʻzbeklar imijini global miqyosda yaxshilashishiga yordam beradi.

Tez kunda Uzbekistan's club`ning ham xorijda muvaffaqiyatga erishgan oʻzbeklar haqidagi "Oʻzbekistonlik" filmining 3-epizodi premyerasi boʻlib oʻtar ekan. Yuqorida film tizerini koʻrishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Farmatsevtlikdan media sohasigacha: Subyektiv muallifi Jamshidxon Ziyoxonov hikoyasi

Oliy ta’lim sifatidan qoniqmagan Jamshidxon undagi muammolar haqida video olib, “YouTube"ga joylaydi. Videodagi muammolar dolzarbligi tufayli keng qamrovga ega bo‘ladi.

Rolikni ko‘rgan aksariyat odamlar izohlarda u jurnalist bo‘lishi kerakligini aytishadi. Shunda Jamshidxon bu haqda jiddiy o‘ylay boshlaydi.

Jamshidxon Ziyoxonov "Spot"ga "Subyektiv" loyihasi qanday boshlangani, nima uchun $30 000 lik reklama taklifini rad etgani hamda O‘zbekiston media bozoridagi holat haqida so‘zlab berdi:

https://www.spot.uz/oz/2023/02/21/subyektiv/

@spotuz_uz
Forwarded from O‘zbekistonliklar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dacha va ijaraga uy olishda ogoh bo'ling!

Firibgarlar aldab ketishi mumkin
Subyektivchilar! Saudiya Arabistonidagi o’zbeklar haqidagi ko’rsatuvni ko’rilarmi?
Anonymous Poll
50%
Ha
26%
Yo‘q
24%
Endi ko’raman
Subyektivchilar!

🇺🇸 Biz Amerikadagi hamyurtlarimiz haqida ko‘rsatuvlar tayyorlashni reja qilganmiz

Barchamizga ma'lum AQSHda kattagina o‘zbek diasporasi mavjud, umuman olgan u yerda o‘zbeklarimizni istalgan sohada topish mumkin.

Kimdir yuk mashina haydaydi, kimdir taksistlik qiladi yana kimdir yetkazib berish xizmatida, ba'zilar esa o'z biznesini qurgan, boshqalar esa taniqli IT kompaniyalarda ishlashadi.

Maqsadimiz Amerikadagi o‘zbeklarimizning real hayotini tasvirga muhrlash. Xo‘sh hamyurtlarimizning "Amerika orzusi" amalga oshganmi? O‘zi u orzu nimadan iborat? Mana shu savollarga javob topish.

Agar siz Amerikada yashasangiz va ko‘rsatuvimiz qahramoniga aylanib, katta auditoriyaga AQSHdagi real hayot haqida gapirib berishga tayyor bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali o‘tib, qisqa savollarga javob bering. Rahmat!

👉 Shu yerga yozing

P.S. O‘zbekistondagi ko‘rsatuvlarimiz ham to‘xtab qolmaydi. In shaa Alloh sizlarga yaxshi kontentlar tayyorlab qo‘yganmiz 😉

P.S.S. O‘zingiz bo‘lmasangiz Amerikada yashaydigan tanishlaringizni maslahat bersangiz ham bo‘ladi=)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda, yoʻllardagi chuqur (яма)lar, borgan sari yoʻlga mas’ul boʻlgan shaxslar oʻmarayotgan pullar kabi KATTAlashib boryapti 🤦🏻‍♂️

👉🏼 @subyektivuz

Video soʻnggidagi savolga javobingizni yozib qoldiring – bu biz uchun muhim! ✍🏼
Пиёдалар учун сариқ жилетлардан фойдаланиш тартиби жорий этилади

Янги тартиб билан куннинг қоронғи қисмида мактаб ўқувчилари, велойўлакда ҳаракатланувчи шахслар ва пиёдалар учун нур қайтаргичли жилетлардан фойдаланиш жорий этилади.

👉 https://kun.uz/01660584

Kun.uz расмий канали
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yamalar bor – yamalarning naqshidir,
Yamalar bor – jarlik undan yaxshidir☝️

© Xalq og‘zaki ijodi

@subyektivuz
Аввал айтилди, кейин қайтилди. Пиёдалар учун сариқ нимча шов-шуви қаердан келиб чиқди?

2023 йил баҳорининг илк куни Ўзбекистон медиа маконида “сариқ нимча воқеаси” билан тарихда қоладиган бўлди. Пиёдалар учун сариқ жилетлардан фойдаланиш тартиби жорий этилиши ҳақида Ҳукуматнинг расмий манбаси тарқатган хабар кейинроқ фейк деб топилгани ушбу масалани чуқурроқ ўрганишга ундади.

👉 https://kun.uz/68420970

Kun.uz расмий канали
Блогер Фарҳод Маннопов вафот этди

Mittivine тахаллуси билан ижод қилиб келган таниқли блогер Фарҳод Маннопов 27 ёшида вафот этди.

👉 https://kun.uz/09996325

Kun.uz расмий канали
Farhodni vafoti menimcha barchamizga yaxshigina eslatma bo‘ldi

Kecha xabarni eshitganimda muzlab qoldim, miyam ishlashdan to‘xtab qoldi, o‘tirgan joyimda qotib qoldim.

"Qanaqasiga? Yosh, navqiron, judayam samimiy, pozitiv, 1-2 kun oldin jilmayib yurgan yigit nahotki hozir oramizda yo‘q?! Bo‘lishi mumkin emas" — degan hayollar boshimda tinmay aylanardi.

Shosha pisha birinchi Farhodni uyiga, keyin bo‘lsa morg‘ga bordik. Do‘stlari qanaqa ahvolda ekanligini taʼriflab berishim judayam qiyin...

Farhodni harakatsiz jasadini ko‘rib titrab ketdim. Peshonamdan muzdek ter chiqib ketdi. Bu hayotda hammasi o‘tkinchi ekanligini ich ichimdan judayam chuqur tushunib yetgandek edim...

Musulmonmiz. Qazoi qadarga iymon keltirganmiz. Rizqmiz va ajalimiz ona qornida ekanligimzda yozib qo‘yiladi.

Ya Alloh, do‘stimni bilib bilmay qilgan barcha gunohlarini mag‘firat qil, O‘zing G‘ofuru Rohiym zotsan. Farhodni, u qatori bizni ham nomai aʼmolimizni o‘ng tarafdan olishni nasib ayla. Onasiga sabru jamil tilayman. Butun jamoamiz nomidan oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Jannat bog‘chalarida ko‘rishish nasib qilsin do‘stim, sen har doim yuragimizdasan ❤️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Одам ўзига ишонса, кўп нарса қила олади” — Фарҳод Манноповнинг SUBYEKTIV'даги интервюси

“Сўз бераман, Mittivine мамлакатимиздаги энг ТОП каналлардан бири бўлади” — Фарҳод Маннопов 2019 йили Instagram'ига шундай деб ёзганида официант бўлиб ишлар, обуначилари сони ҳали 10 мингтага ҳам бормасди. Ва у айтган сўзининг устидан чиқди: Mittivine – миллионлаб инсонларнинг севимли ва қадрдон лойиҳасига айланди.

Фарҳод Маннопов ўзига ишончи, тинимсиз меҳнати, вайнларида давримиз кишиларининг табиати ва хулқ-атворини моҳирона очиб бергани билан, Ўзбекистонда юмористиканинг янги жанрига асос солган ижодкорлардан бири бўлиб қолади.

📹 Тўлиқ кўрсатувга ҳавола
2024/11/17 07:43:42
Back to Top
HTML Embed Code: