Telegram Web Link
O‘zimni marafonda hammaga teskari yugurayotgan sportchidek his qilayapman.

@Shunchaki_haqiqat
Bahodir Yalangto‘sh kinosiga tushgandik. Mayda detallarni aytmasa ancha yaxshi chiqqan. Menga yoqdi. Erinmasam taqriz yozaman. Menimcha erinsam kerak.

@Shunchaki_haqiqat
Istoriya qo‘yishni menga ham o‘rgatinglar.
Bu yomg‘irdan keyin sening sigiring rosa bolalaydi.

@Shunchaki_haqiqat
Toshkentda havo ajoyib
Kimdir troll qilayapti stikerlar bilan!
Erinmaganlar)
Ispanlar finalda😎🔥
Ispaniya 4 karra Yevropa chempioni!!!! 🔥🔥🔥🔥🔥🔥
SI dan foydalanib o‘zim rasm yaratib ko‘rdim. Bu birinchisi va oddiyroq. Izohlarda takliflar bo‘lsa kutib qolaman.

@Shunchaki_haqiqat
Eng yomon marketingni qachon ko‘rgansan deyishsa, ichib o‘tirgan odamga namoz vaqtlari ko‘rsatilgan kalendarni sotmoqchi bo‘lgan bratanni aytaman.

@Shunchaki_haqiqat
Piyodalar yo‘lagidan yashilda o‘tayotganingda oynadan so‘kib ketadigan mollarni tushunmay o‘tib ketsam kerak.

@Shunchaki_haqiqat
Uyda chiroq yo‘q. Hisobida puli bor. Nima muammo ekan deb elektroset ma'lumotlarini qidirsam bu ahvol) Telefonlar-ku umuman ishlamaydi. Biror joyda rasmiy izoh ham berilmagan. Xullas sabab nimada ekan deb o‘ylanib o‘tiribman.

P.S. Lokatsiyani kim o‘zgartirib qo‘ydi.😅

@Shunchaki_haqiqat
Bizdagi lavozimlarga belgilangan oylik qancha baland bo‘lsa, o‘sha lavozim egasining qiladigan ishi shuncha kam yoki nomiga bo‘ladi va aksincha.

@Shunchaki_haqiqat
Shu vaqtda issiqda qolgan skameykada ham sevishadimi odam degan. Bormaysanmi ana biror salqinroq joyga. Agar quyosh ursa sevishish ham ko‘ngillaringga sig‘may qoladi.

@Shunchaki_haqiqat
2024/11/14 02:37:37
Back to Top
HTML Embed Code: