Telegram Web Link
Biladiganlarga savol: Bepushtlik nasldan naslga o‘tadimi?

👉@Shunchaki_haqiqat
Do‘stim deb qattiq hurmat qilib yurasan. Keyin u oldingda tandir somsani vilka bilan yeydi.

👉@Shunchaki_haqiqat
Meni qanchalik sevasiz deb so‘rashganida men:
Yoshligimda katta pul bilan hamma narsani sotib olsa bo‘ladi deb o‘ylardim. Yillar o‘tib ulg‘ayib shuni tushundim-ki, yoshligimda adashmagan ekanman.

👉@Shunchaki_haqiqat
Xonagacha mashinasida tashlab qo‘yadigan o‘rtog‘im avariyaga uchrabdi. Menimcha bugun xonaga metroda qaytsam kerak.

👉@Shunchaki_haqiqat
Toshkentning musaffo osmonini bulg‘ashni istamagan loylar yer tomon intilmoqda.

👉@Shunchaki_haqiqat
Yana nimadirlar yozishni boshladim
IMAX kinoteatrda "Dyuna" kinosining yangi qismini ko‘rishni istaydi bu g‘ar ko‘ngil.

👉@Shunchaki_haqiqat
Nima yozishni uzoq o‘yladim. Oxiri hayolimga kelgan birinchi fikrni yozib yubordim.

👉@Shunchaki_haqiqat
Kech bo‘lsa ham barcha xotin-qizlarimizni bugungi bayram bilan chin qalbdan tabriklayman. Baxt, quvonch doim hamrohingiz bo‘lib, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Yana bir bor bayram muborak!

👉@Shunchaki_haqiqat
Yaxshi hayotga yetishish uchun hayotimdan voz kechishim kerak. G‘alati paradoks.

👉@Shunchaki_haqiqat
Bugun ishxonada birinchi marta biroz inemuri qilib oldim.

👉@Shunchaki_haqiqat
Piyodalar yo‘lakchasida ustimga haydagani yetmagandek yana so‘kib ham ketdi. O‘ylaymanki shunaqalar uchun do‘zaxda alohida qozon qaynatishadi.

👉@Shunchaki_haqiqat
Ramazon oyida ozmoqchi edim. Aksincha hozirgacha yana 3kg ortiqcha vazn to‘pladim. Dushanba kunidan boshlab sport mashg‘ulotlarini boshlamasam bo‘lmaydi shekilli.

👉@Shunchaki_haqiqat
Mashhur bo‘lish uchun o‘zingiz krinj deb hisoblagan narsani bajarasizmi?
Anonymous Poll
17%
Ha, menga farqi yo‘q.
73%
Yo‘q, o‘z fikrimda qat'iy qolaman.
10%
Javobimni izohda yozaman
Metroda eskolatorlardan foydalanayotganda chap tarafda turgan odam to‘xtab qolmasligi haqida juda ko‘p ogohlantiriladi. Lekin taxminan 5-10% yo‘lovchi bunga amal qiladi. Eskolatorda harakat qilmoqchi emasmisiz, unda marhamat o‘ng tarafga o‘tib oling. Chap tarafdamisiz unda to‘xtab turmang. Bu harakatlar orqali nafaqat shoshayotgan odamlar vaqtdan yutishadi, balki eskolator boshida paydo bo‘ladigan probkalar hajmi ham nisbatan ancha kamayadi. Iltimos jamoat transportidan foydalanganda shu kabi kichik qoidalarga amal qiling.

👉@Shunchaki_haqiqat
"Kungfu panda"ning 4-qismiga tushdim. Bolalik xotiralar biroz qaytgandek bo‘ldi. Yaxshi tomoni endi premyeralarni ham bemalol o‘zbekcha dublyajda ko‘ra olayapmiz. Dublyaj ham ancha sifatli bo‘lgan. Albatta eski dublyajga o‘rganib qolganimdanmi, biroz ko‘nikish qiyin bo‘ldi. Multifilmga keladigan bo‘lsak, ssenariy jihatdan hozirgi qism avvalgilaridan biroz sayozroq bo‘lib qolgan. Yakun ham biroz tezlashib ketgandek tuyuldi. Umumiy baho bersam albatta ko‘rishga arziydi. Ayniqsa dialoglarga ko‘proq e'tibor qaratilgani sezilgan. Xullas yangi boshlangan loyihani qo‘llab quvvatlash, shuningek boshqa premyeralarni sifatli format va yaxshi dublyajda ko‘rish uchun ham qaroqchi versiyalardan voz kechib, kinoteatrda tomosha qiling. Zerikmaysiz.

👉@Shunchaki_haqiqat
Xuddi avval yolg‘on gapirmagandek yuzimga qarab birinchi aprel deb kulayapti.

👉@Shunchaki_haqiqat
"Buyuk ipak yo‘li" metrosidan kirayotganimda ovoz berish 40 ming so‘m edi. Chilonzordan chiqsam 30 ming. Bundan xulosa, markazdan qancha uzoqlashsang qadring shuncha pasayadi.

Xo‘sh, sizdachi, kurs qanchaga yetdi?)

👉@Shunchaki_haqiqat
Shunchalik omadsizmanki, metro to‘xtaganda doim vagonlari ulangan joyga to‘g‘ri kelib qolaman.

👉@Shunchaki_haqiqat
2024/11/12 18:08:19
Back to Top
HTML Embed Code: