Telegram Web Link
Toza havoda Eminemni eshitib o‘tirish mazza.
Kuz kelmasidan shuncha depressiyani qayerdan olgan ekanman a?
Poliklinikaga hech ishing tushmasin. Birov bir tiyinga ilmaydi. Ish vaqti 08:00da boshlanadigan shifokor haliyam yo‘q. Navbat tartibsiz. Kimdan so‘rasang men bilmayman deydi.

@Shunchaki_haqiqat
Dastlabki oyligim haqidagi ma'lumot haqida juda ko‘p gap so‘z bo‘ldi. U 3 yil oldingi ma'lumot edi. Hozir ko‘proq ishlasam ham ancha yaxshi bo‘lib qolgan. Lekin shu ham yetmaydi.

@Shunchaki_haqiqat
To‘g‘ri maktablar lekin deyarli haliyam o‘zgarmagan!
Кутиш энг ёмон нарса бўлса керак.
Энди кутмайман!!!
Сайрбоп ҳаво.
Men o‘zimni hali yosh deb yuribman. Eng qizig‘i bu o‘rta yosh inqirozining boshlanishi ekan.

@Shunchaki_haqiqat
Ish soatlarim qisqargani hisobiga endi bemalol o'tirib kanalda nimalardir yoza olar ekanman. Eng yaxshi ixtirolardan biri rostdan ham yozuv. O'z vaqtida facebookning ommalashib ketishiga ham yozuv sababchi bo‘lgan. Insonlar o'z hissiyotlarini yozuvlar orqali ifodalashni yaxshi ko'rishadi. Qaysidir ma'noda bu usul ancha oson va qulayroq ham. Aksariyat insonlarga rostdan ham o'z muammolaridan tashqari birovning hayotini kuzatish yanada qiziqroq. Bu orqali o'zini boshqalar bilan solishtiradi. O'z muammolari boshqalarniki oldida hech narsa emasligini bilib taskin topishga harakat qiladi. Shunday ekan mendek noshukrni kuzatish ham qaysidir ma'noda sizga foyda keltirishi aniq.

@Shunchaki_haqiqat
Qaysi biriga ishonib ish qilgan yaxshiroq?
Anonymous Poll
68%
Aqlga
26%
Yurakka
6%
Javobimni izohda batafsil yozaman
Balki kelajakda hammasi yaxshi bo‘lib ketar. Lekin baribir bugunni qaytarib bo‘lmaydi.

@Shunchaki_haqiqat
Ishxonada kompyuter qarshisida o‘tirib, mening ichimdagi Tayler Dyorden qanday xarakterga ega ekanligi haqida o‘ylayapman. Rostan ham uyga nima jihoz olish, qanday kiyinish, obedga nima ovqat yeyish kabi elementar narsalar atrofida o‘ralashib qolganmiz.

@Shunchaki_haqiqat
Turkiyaga bir haftalik tur paket qilib, instagramga har xil rasm va videolar joylaydigan kayfiyatdaman. Kamiga post izohiga "Hayotim yaxshi o‘tmoqda. Baxt oddiylikda"- deb yozib ichlaringni kuydirsam.

@Shunchaki_haqiqat
Sen haqingda o‘ylaganimda aqlim doimo o‘chib qoladi.
Sizlar ham aldanib qolmanglar deb tashlab qo‘yayapman.
Hozirgina nima bo‘lganini topinglar?
Faqat men ishda bo‘la turib, yana nimadir ish qilish kerakligi haqida o‘ylaymanmi? Yoki sizlarda ham shundaymi?
Ertaga dushanbaligini o‘ylasam qo‘rqib ketayapman. Keling hammamiz o‘zaro kelishib, yakshanba bilan dushanbaning joyini almashtiraylik.
2024/11/14 02:44:34
Back to Top
HTML Embed Code: