Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrif buyurdi.

🤝Ostona shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

♦️4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zlab, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formatining “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyot sari intilish” mavzusidagi uchrashuvida ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1-iyul sanasidan boshlab fuqarolarning kibermadaniyatini oshirish maqsadida, respublikamiz hududida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida Dolzarb 30 kun” tadbirlari boshlandi. Ushbu tadbir 31-iyulgacha qadar davom etadi.

"Hurmatli hamyurtlar! 2024-yil 1-iyuldan 31-iyulga qadar yurtimizda "Ogoh bo’ling: Firibgarlar!”" tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz"
Buklet.docx
1.3 MB
Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi;

Kibermakon — axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit;

Kiberxavfsizlik — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati;

Kiberhujum — kibermakonda apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalangan holda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakat.

https://www.youtube.com/watch?v=jMZ5G2LXmow
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga
tayyorgarlik


🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.

📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 865 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.

🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarini 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.

🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.

☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kiberxavfsizlik_oyligi

⚡️Ichki ishlar organlari xodimlarining kiberxavfsizlik yo‘nalishida fuqarolarning kibermadaniyati (kibergigiyenasi)ni oshirish maqsadida olib boriladigan targ‘ibot tadbirlari sifatli va samarali tashkil etilmoqda.

🔹Navbatdagi tadbir Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo’lib o’tdi. Unda Shahrisabz shahar IIB o’rinbosarlari J.Raupov, D.Sultonov, Shahrisabz shahar IIB JQB xodimlari B.Oymatov, Sh.Yaxshiyev, filial profilaktika inspektori B.Nosirov hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

🔹Tadbirni filial direktori professor Sh.Mutalov ochib berdi.

🔹Tadbir doirasida videorolik namoyish etildi, bukletlar tarqatildi, berilgan savollarga javob berildi.
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 14:17:13
Back to Top
HTML Embed Code: