Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#30_iyun_Yoshlar_kuni
#TKTISHF_YOSHLARI

   ⚡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida  30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"El-yurt umidi" jamg'armasi 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2024-yil 21-iyundagi 2-son qarorga asosan xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan Jamg‘armaning 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Mazkur tanlovda 2024-2025 o‘quv yilida xorijda taʼlim olish uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

- bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura taʼlim dasturi uchun 250 o‘rin,
-doktorantura taʼlim dasturi uchun 150 o‘ringa
stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyunidan 25-iyuliga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Batafsil - https://eyuf.uz/site/event?id=79

Web-sayt | Telegram | Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
6986619.pdf
1.7 MB
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi:

1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;

2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi;

3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi;

4.
Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi;

5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi;

6.
Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi;

7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. 

⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;

2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;

4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

👉 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 10:29:37
Back to Top
HTML Embed Code: