Telegram Web Link
Joriy yilning 28-avgust sanasida Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari yangi 2024-2025 o'quv yiliga tayyorgarlik holatini o'rganish maqsadida filialga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishchi guruh a'zolari filialda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

TKTI Shahrisabz filiali rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Facebook |YouTube7
#ijara
#talabag_qulaylik

⚡️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Mutalov Shuxrat Axmadjonovich tomonidan ijara xonadonlarida yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish davom etmoqda.

TKTI Shahrisabz filiali rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Facebook |YouTube7
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 33-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Xushnudbek.uz
4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (❗️bu chegirmani oddiy (bazaviy) kontraktlarga aloqasi yo'q).

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi birdaniga 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) ball va undan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 6, 8, 10, 12, 15, 19 va hk. barobar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalishda super-kontrakt qanchaligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida oliy maʼlumotli, bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy taʼlimni olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun imtihonlar bo'lib o'tdi.

Imtihonni o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, qabul komissiyasi raisi o'rinbosari B.Sirojov ochib berdi hamda barcha nomzodlarga oldinda turgan sinovlarda omad tiladi.

TKTI Shahrisabz filiali rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Facebook |YouTube7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
#bayram_muborak

Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchisi Elbobo qizi Nigora.

TKTI Shahrisabz filiali rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Facebook |YouTube7
2024/10/01 11:30:56
Back to Top
HTML Embed Code: