Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
#ovozli_chat
#talabaga_foydali
#TKTIShF_GTL

⚡️Sizni yaqinda GTL stipendiya dasturi e'lon qilinishidan xabaringiz bormi?

"Uzbekistan GTL" stipendiya dasturida gʻolib boʻlib, kelgusida ushbu zavodda ish faoliyatini olib borish istagida boʻlgan barcha talabalar diqqatiga:

🗓 Seshanba 16-iyul. 2024-yil
🕣 Soat 20:30
⛳️ Manzil: @TKTISHF_GTL

Ovozli suhbat mavzusi: GTL zavodi stipendiya dasturi gʻolibi boʻlish va kelgusida ushbu zavodga ishga kirish haqida tavsiyalar.

👤 Moderator: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali bitiruvchisi, "GTL stipendiya dasturi gʻolibi" Abdulaziz Baxtiyorov
🎙 Speaker: Muzaffar Mavlonov.

Ushbu mavzuda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob oling!

🔹Siz uchun foydali suhbat boʻlishiga ishonamiz.

♻️Yaqinlarga ulashib qoʻying.

🌐 Telegramm
#Rasman

📌
O‘qishni ko‘chirish bo’yicha qabul boshlandi

Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari mana bu yerda https://www.tg-me.com/OTM_Minbari/48722

O‘qishni qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish

https://www.tg-me.com/OTM_Minbari/48422

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://www.tg-me.com/OTM_Minbari
📌 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
👉https://www.tg-me.com/OTM_Minbari/42048

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
👉https://www.tg-me.com/OTM_Minbari/42303

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
👉https://www.tg-me.com/OTM_Minbari/42048

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
👉https://www.tg-me.com/OTM_Minbari/42303

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://www.tg-me.com/OTM_Minbari
2024/09/30 22:13:11
Back to Top
HTML Embed Code: