Telegram Web Link
🇺🇿#Xabarlar

🖐Sergeli tumani "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Gandbol” sport turi bo'yicha tuman bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.

🥇1-o’rin "Yuqori darxon"
🥈2-o’rin "Qut-baraka"
🥉3-o’rin "No'g’oyqo’rg’on"

🏆O'yinda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar shahar bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #BRIFING

"2024-yilda Sergeli tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar" yuzasidan brifing

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Hurmatli ustoz va murabbiylar!

🏙 Toshkent shahar hokimligi nomidan Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklarimizni qabul eting! Bu kun sizlarning sabrli, fidokorona mehnatlaringiz e’tirof etilishi ramzidir.

🇺🇿Siz kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lib, har biringiz yosh avlodni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egasiz. Ishga bo‘lgan sadoqatingiz va kasbiy mahoratingiz eng yuksak minnatdorlikka loyiqdir.

🕊Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va yangi yutuqlar tilaymiz. Doimo o‘quvchilaringiz, shogirdlaringiz uchun namuna va ilhomlanish manbai bo’ling!

Bayram muborak, qadrli najotkorlar!



🇺🇿 Уважаемые учителя и наставники!

🏙 От имени хокимията Ташкента примите наши искренние поздравления с Днём учителя! Этот день — символ признания вашего терпения, труда и самоотверженности.

🇺🇿Вы — создатели нашего будущего, каждый из вас играет ключевую роль в формировании молодого поколения. Ваша преданность делу и профессионализм достойны высшей благодарности.

🕊Желаем вам крепкого здоровья, семейного счастья и новых успехов. Пусть ваши ученики всегда находят в вас мотивацию и вдохновение!

С праздником, дорогие наши наставники!

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Bayram_tabrigi

1-OKTABR O'QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman o'qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi

HURMATLI TUMANIMIZ O'QITUVCHI VA MURABBIYLARI!

Ma'lumki, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bo’lgan yoshlargina buyuk kelajakni ta’minlashi mumkin. Ana shunday yetuk mutaxassis yoshni Siz tarbiyalab, voyaga yetkazasiz, Aziz ustozlar!

Barchangizga sog'lik-salomatlik, kuch-quvvat ato etsin! Ilm o'rgatishda sizning sabr-toqatingiz, matonat va fidoyiligingiz, har bir o‘quvchiga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz mashaqqatli mehnatdir. Qilayotgan xayrli amallaringiz bardavom bo'lsin!

Hayotda doimo shunday el ardog'ida bo’lib yuring. Yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdek ma’suliyatli, ammo sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilayman. Faoliyatingizda omad hamrohingiz bo’lsin.

Qadrli ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo'lsin!

Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz ustozlar!

Bugun oʻzgacha kun. Men har safar shu kuni hayajon va samimiyat bilan Sizga minnatdorligimni izhor etaman.

Siz boʻlajak qahramonlarni tarbiyalaysiz. Aynan Siz sababli ijodkor, orzulari katta, har qanday toʻsiqlarni yengishga qodir jamiyat shakllanadi. Mamlakat kelajagining asosi boʻlmish bilimli, aqlli, isteʼdodli oʻgʻil-qizlar, Vatanni sevadigan, jahonni zabt etishga tayyor yoshlar – Sizning zahmatli faoliyatingiz samarasi.

Ishontirib aytamanki, mehnatingizni yengillatish, turmushingizni yanada farovon qilish hamda oʻqituvchi obroʻ-nufuzini eng yuksak maqomga olib chiqish yoʻlida qoʻlimizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz. Siz shunga munosibsiz!

Teran zakovatingiz, cheksiz mehringiz dunyoni yaxshi tarafga oʻzgartirishda davom etsin. Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni toʻgʻri yoʻlga boshlab, bilim choʻqqilariga yetaklash mahorati uchun Sizdan minnatdorman.

Bayramingiz muborak boʻlsin!



Дорогие учителя и наставники!

Сегодня особенный день, и я каждый раз с большим волнением и признательностью пишу вам слова благодарности за ваш труд.

Вы воспитываете будущих героев, именно благодаря вам создаётся общество, способное мечтать, творить и преодолевать любые трудности. Ваши усилия — это основа будущего нашего Узбекистана: образованные, умные и талантливые дети, любящие свою страну и мечтающие покорить мир.

Хочу вас уверить, что мы делаем всё, чтобы облегчить ваш труд, чтобы увеличить ваше благосостояние и поднять статус учителя на самый высокий уровень. Уровень, который вы заслуживаете.

Пусть ваша мудрость и доброта продолжают менять мир к лучшему. Я благодарю вас за ваше искусство вдохновлять, направлять и открывать горизонты знаний для наших детей.

С праздником!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

"Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Bugungi kunda Sergeli tumanida xalq ta’lim tizimida 2143 nafar ustoz-murabbiylar, maktabgacha ta’lim tizimida 384 nafar tarbiyachi-ustozlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirishda doimiy faollik ko‘rsatayotgan fidoiy ustoz-murabbiylar Sergeli tumani hokimligi tomonidan doimiy rag‘batlantirilib borilmoqda.

🎆 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Sergeli tumanida joylashgan "Oqsaroy" tantanalar zalida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiriga tumandagi barcha umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, musiqa va sport maktablarining o'qituvchi va murabbiylari taklif etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Gaz_óchiriladi

❗️ Hurmatli "Sofdil", "Qumariq" mahallasi fuqarolari!

🏗 Mazkur mahalla hududidagi ko'chalarda joylashgan tabiiy gaz taqsimlash tarmog'ida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2-oktabr kuni soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatilishini ma'lum qilamiz.
 
Kuzatilayotgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar
#Tanlov

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Sergeli tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi

⌛️Tanlovda o‘nlab korxona, tashkilot va muassasalar faol ishtirok etdi. Tanlov davomida tanlov Nizomiga asosan ishtirokchilar tomonidan video rolik namoyish etildi, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida foto albomlar taqdim etildi, xodimlarni malaka oshirishlari, oliygohda o‘qishlari, madaniy xordiq chiqarishlari uchun mavjud imtiyoz va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Hakamlar hay’ati tomonidan barcha hujjatlar o‘rganildi va tanlov nizomiga muvofiq o‘z korxona, tashkiloti nomidan ishtirok etgan xodimlarning chiqishlaridan so‘ng,

🟢“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari AJ Sergeli tumani Elektr ta‘minoti korxonasi
🟢"Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NTT" nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘limi
🟢"Gender tenglikni ta‘minlashda eng faol tadbirkorlik sub‘ekti" nominatsiyasi bo‘yicha “UZTEX TAShKENT” mas‘uliyati cheklangan jamiyati
🟢"Gender tenglikni ta‘minlashda eng faol hududiy hokimlik" nominatsiyasi bo‘yicha hujjatlar sifati va gender tengligini ta’minlashda olib borilayotgan ishlar samarali deb topildi hamda tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 13:17:20
Back to Top
HTML Embed Code: