Telegram Web Link
🇺🇿#Tavsiyanoma

53 nafar talabgorlarga oliy ta’limga kirish uchun tavsiyanoma berildi

🟡O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qarori ijrosi yuzasidan oliy ta’limga kirish uchun tavsiyanoma olish maqsadida jami 105 nafar xotin-qizlardan tushgan hujjatlar tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan oshkoralik va shaffoflik asosida ko‘rib chiqildi. 53 nafar talabgorlarning hujjatlari belgilangan nizom talablariga to'g'ri kelishi aniqlandi va tavsiyanoma olish uchun tavsiya etildi.
52 nafar xotin-qizlarning hujjatlari Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq kelmaganligi sababli tavsiyanoma olish uchun tavsiya etilmadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Mahalla_yettiligi

Oilaviy ajrimlar oldi olinmoqda


Sergeli tumani “Xonobod-tepa” mahallasida “Keksalar maslahati” guruhi, mahalla "yettiligi" va “Buvijonlar” maktabi o'z ish faoliyatini olib bormoqda.

▶️Ajrimlarning oldini olish bo'yicha tuman “Buvijonlar” maktabi kengashi raisi, mahalla otinoyisi, ,,Nurul-islom" masjidi noyibi mahalla "Nuroniylar kengashi" raisi va kengash a'zolari ishtirokida mahallada amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.
Davra suhbatida oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari, bugungi kunda ajrimga sabab bulayotgan omillar to'g'risida bahs-munozaralar bo'lib o'tdi. Ma'ruzachilar tomonidan olib borilgan ishlar natijasi va tahlili eshitildi. Taklif va mulohazalar yuritildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar

Tuman bo'ylab gaz ta'minoti yetishmovchiligini oldini olish maqsadida ta'mirlash va gaz bosimini yaxshilash bo'yicha mahallalarda qator sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 16:34:17
Back to Top
HTML Embed Code: