Telegram Web Link
🇺🇿#Xotin_qizlar

Oliy o'quv yurtiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi 322-sonli qarori ijrosi yuzasidan oliy ta’limga kirish uchun tavsiyanoma olish maqsadida jami 45 nafar xotin-qizlardan tushgan hujjatlar tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan oshkoralik va shaffoflik asosida ko‘rib chiqildi. 43 nafar talabgorlarning o‘rta maxsus ma’lumotlari bo‘yicha berilgan mutaxassisliklari bo‘yicha besh yil va undan ortiq bo‘lganligi aniqlandi va tavsiyanoma olish uchun tavsiya etildi.
3 nafar xotin-qizlarning mehnat faoliyatlari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 5 yilga yetmaganligi sababli tavsiyanoma olish uchun tavsiya etilmadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Muzeyga_sayohat

Ajdodlarni yod etaylik!

⭐️Sergeli tumani Nogironlar jamiyati 45 nafar a'zolari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" davlat  muzeyiga ziyorat tashkil etildi. “Ajdodlarni yod etaylik!” shiori ostidagi muzeyga sayohat juda qiziqarli taassurotlarga boy bo'lib o'tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Sanitariya_epidemiologiya

Noma'lum sharoitlarda tayyorlangan salqin ichimliklar va muzqaymoq savdolari bartaraf qilindi

Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko'chasi bo'ylab o'tkazilgan nazorat reydlarida noma'lum sharoitlarda qo'lbola tayyorlangan, sifat va havfsizlik kafolatlari bo‘lmagan ayron, moxito salqin ichimliklari hamda freyzer muzqaymog'i savdolari aniqlanib, o'rnatilgan tartibda bartaraf qilindi. Tadbir natijasida 12 litr ayron, 14 litr moxito ichimliklari, 9 litr freyzer muzqaymog'i savdodan olinib,  brakeraj qilindi.
Sotuvchilarga noma'lum sharoitlarda tayyorlangan sifati kafolatlanmagan oziq ovqat mahsulotlari va ichimliklar savdolariga qo‘yilgan ta'qiqlar va sanitariya gigiyena talablari bo‘yicha qat'iy ogohlantirish berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊 Telegram
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 09:32:17
Back to Top
HTML Embed Code: