Telegram Web Link
🇺🇿 #Gaz_óchiriladi

❗️ Hurmatli "Bunyodobod", "Yangi Bunyodobod" mahallasi fuqarolari!

🏗 Mazkur mahalla hududidagi ko'chalarda joylashgan tabiiy gaz taqsimlash tarmog'ida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 3-oktabr kuni soat 10:00 dan soat 18:00 ga qadar gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatilishini ma'lum qilamiz.
 
Kuzatilayotgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 Sergeli tumanida yangi barpo etilgan 101-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tantanali foydalanishga topshirildi.

🎉Mazkur ta'lim maskani 120 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega. Bir-biridan shinam va yorug' xonalar, oshxona hamda musiqa xonasi bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

"Korrupsiya jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat"

Bugun Sergeli tuman hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi mas’ul xodimi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi o'rinbosari, Turon Fanlar Akademiyasi Akademigi T.Matibayev, tuman hokimligi xodimlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchilari, xotin-qizlar faollari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar tumanda sodir bo‘lgan korrupsiya holati, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish holatlari chuqur tahlil qilindi va ishtirokchilarining savollariga batafsil javob olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 09:09:11
Back to Top
HTML Embed Code: