Telegram Web Link
Iroqda qizlarning nikoh yoshi 9 gacha tushirildimi? » SANGZOR.uz - Jizzax axborot portali

Ijtimoiy tarmoqlarda Iroqda qizlarning turmushga chiqish yoshi 18 dan 9 ga tushirilgani, yigitlarning uylanish yoshi esa 15 yosh etib belgilangani haqida xabarlar tarqaldi. Factchecknet.uz bu xabarlarni tekshirishga qaror qildi.

HUKM: YOLG’ON


Iroqda “Shaxsiy maqom to‘g‘risida”gi qonunga kiritilishi taklif qilinayotgan o‘zgarishlar jamiyatda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, nikoh yoshiga oid kutilayotgan o‘zgarishlar ko‘pchilikning e’tiroziga uchragan. 4-avgust kuni Muvofiqlashtiruvchi asos partiyalari (Iroqning 5 ta shia partiyasi uyushmasi) tomonidan ilgari surilgan “Shaxsiy maqom to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish loyihasi Iroq Vakillar kengashida deputatlar muhokamasiga qo‘yilgan. Shundan so‘ng bu qonun huquq faollari, fuqarolik jamiyati va siyosiy guruhlarning e’tirozlariga, keyinchalik esa mamlakatning bir qancha shaharlarida namoyishlarga sabab bo‘ldi. “Shaxsiy maqom to‘g‘risida”gi qonunni o‘zgartirishga ilk marta 2003 – , 2005 -, 2014– va 2017-yillarda harakat qilib ko‘rilgan, ammo kuchli e’tirozlar sabab bu amalga oshmagan. Avvalroq, 24-iyulda ham bu qonunning parlamentdagi eshituvi kelishmovchilik va ziddiyatlar sabab bekor qilingan edi.

Батафсил

➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг!

Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹Youtube TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VPN nima va u qanday ishlaydi? » SANGZOR.uz - Jizzax axborot portali

VPN (Virtual Private Network) – bu jamoat tarmoqlaridan foydalanishda himoyalangan tarmoq aloqasini yaratish imkoniyatini beruvchi texnologiyadir. VPN internet trafikingizni shifrlaydi va onlayn shaxsiyligingizni yashiradi. Bu uchinchi tomonlarga sizning onlayn faoliyatingizni kuzatish va ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashni qiyinlashtiradi. VPN orqali o‘tkazilgan ma’lumotlar real vaqtda shifrlanadi, ya’ni ma’lumotlaringizni kimdir qo‘lga kiritsa ham, ular ma’lumotlarni tushunolmaydi.

VPN sizning IP manzilingizni yashiradi va tarmoqni maxsus sozlangan VPN serveri orqali qayta yo‘naltiradi. Bu shuni anglatadiki, agar siz VPN bilan internetda “sayr qilsangiz”, VPN serveri sizning barcha ma’lumotlaringiz manbasiga aylanadi. Shuning uchun, sizning Internet xizmati provayderingiz (ISP) va boshqa uchinchi tomonlar sizning qaysi veb-saytlarga kirishingizni yoki onlayn yuborilgan va qabul qilingan ma’lumotlaringizni ko‘ra olmaydi. VPN barcha ma’lumotlaringizni shifrlaydi, shunday qilib, kimdir ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritsa ham, ular foydasiz bo‘ladi.

Батафсил

➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг!

Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹Youtube TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jizzax #turizm #gastroturizm

Jizzax viloyatining milliy taomlari xorijlik sayyohlar va foodblogerlar e'tibor markazida bo'lmoqda.

💥2024-yilning 20-22 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tayotgan “Lazzatli O’zbekiston” gastronomik festivalida Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi va mohir oshpazlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

🔥Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o'zbek oshxonasi va madaniyatiga qiziquvchi sayyohlarni viloyatimizga jalb qilish, gastronomik turizmni kengroq targ'ibot qilishdan iborat.

⚡️Ushbu festival doirasida viloyatimiz mohir oshpazlari tomonidan milliy taomlarimiz ya'ni mashxur zomin tandiri, milliy patir va viloyatimiz brendiga aylangan somsa va boshqa taomlari va shirin ta'mga ega mevalari va gastro-turizm salohiyatimizni namoyish etmoqdalar. Xususan, Jizzax viloyati pavilonida xorijlik foodblogerlar tomonidan milliy taomlarimiz e'tiborini tortmoqda.

➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг!

Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹Youtube TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jizzax #turizm #gastroturizm

Gastronomik festivalda viloyatimizning milliy taomlari aynan xorijiy davlatlar tomonidan qiziqish bildirib, ushbu taomlarning tayyorlanish jarayonlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishdi.

🔷 Hakamlar hay’ati a’zolari ushbu taomlarni tayyorlanish jarayoni bilan tanishib, noyob ta’m va o’ziga xos tarixga ega milliy taomlarimizga katta qiziqish bildirdi.

➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг!

Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹Youtube TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 22 sentabr
☁️ +30°...+17°, Bulutli

Hozir: ☁️ +17°, ↘️ 2.1 m/s

Tong: ☁️ +21°
Kun: ☁️ +29°
Oqshom: ☀️ +25°
Namlik: 16%
Shamol: Shimoliy, 5.1 m/s
Bosim: 762 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:16
Quyosh botishi: 18:26
Сохта табибларга жазо тайин бўлади » SANGZOR.uz - Jizzax axborot portali

Халқ табобати соҳасидаги фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқига эга бўлмаган шахс томонидан тиббий ташхис қўйиш ва даволаш хизматларини кўрсатиш маъмурий жавобгарликка сабаб бўлади.

Сенатнинг навбатдаги ялпи мажлисида «Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида»ги Қонун кўриб чиқилди.

«Фуқаролар соғлиғини сақлаш тўғрисида»ги Қонунда тиббий маълумотга эга бўлмаган шахслар Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Халқ табобати усулларидан фойдаланган ҳолда тиббий хизмат кўрсатиш фаолиятини лицензиялаш бўйича махсус комиссиянинг хулосасига асосан халқ табобати усулларидан фойдаланган ҳолда тиббий фаолият билан шуғулланиш ҳуқуқига эга эканлиги белгиланган.

Батафсил

➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг!

Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹Youtube TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 13:28:17
Back to Top
HTML Embed Code: