Telegram Web Link
Siz milliard dollarlik kompaniyada ishlamayapsiz

🧐 Hozirgi SMMchilar obunachi ko'paytirish kerak bo'lsa ham targetga yopishadi. Agar biznes yangi bo'lsa, biznes egasini moddiy tomondan qiynashi mumkin. Chunki u ham pulni uchma uch ishlatadi.

🙃 O'zingizni biznes egasining o'rniga qo'yib koʻring. Ha siz tekinga reklamalar qilishni o'ylashingiz aniq. Tekinga reklama oladigan joy qolibdimi desangiz qattiq adashasiz. Nakrutkasiz ham, targetsiz ham faol obunachi to'plasa bo'ladi.

🤔 Qanday deb o'zingizga savol bering! Siz faqat to'g'riga qarab ketavermasdan yon atrofingizga ham qarang. Balki chap tomoningizda bog' va bog'ning ichida olma bo'lishi mumkindir. Olmani uzish uchun egasiga 2 og'iz shirin so'z aytsangiz kifoya.

😊 Osmondan tushing SMMchilar. Siz milliard dollarlik kompaniyada ishlamayapsiz. Birdaniga hammasini zo'r qilib ketish uchun siz kamida 3ta SMM kursida o'qib chiqishingiz kerak. 4-5ta kompaniyada tajriba yig'ishingiz kerak.

😉 Raqobatchilaringizga oldin siz dars bergandirsiz. Ularni bilimini mensimassiz. Ammo siz o'zingizcha chala bilimi bor deb baholagan o'quvchingiz, sizdan 10 barobar ko'p pul topib turibdi.

Xulosa o'zingizdan. Fikrlarni izohlarda kutamiz ))

Facebook || Instagram || Telegram
Forwarded from Abalog
​​#najottalim #internetmarketing

Najot Ta’lim markazi bilan hamkorlikda onlayn SMM Basic kursini olib borishimizdan xabaringiz bor. Ohirgi vaqtlarda shu kurs dasturiga o’zgarishlar kiritish borasida ko’p o’ylaydigan bo’lib qoldik.

Chunki, soha mamlakatimizda rivojlanayapti, mutaxassislar ko’paymoqda. Boshlang’ich SMMni o’rganish uchun o’zbek tilidagi manbalar soni ham kundan-kunga oshmoqda.

Xullas, SMM Basic’ni o’zgartirish va (biz anchadan beri xohlayotganimiz) raqamli marketingdan onlayn kurs ochish istaklari bir nuqtada kesishdi.

Jamoa bilan kelishgan holda, onlayn Internet marketing kursi rejasini tuzdik. Kursda o’sha qadrdon SMM sohasiga alohida e’tibor bilan yondashiladi. Undan tashqari, raqamli marketologga qiziq bo’lgan bilimlar ham beriladi. Amaliyot ham o’sha shartlar bo’yicha, o’z kuchida qoldirildi.

Dasturni tuzishda bilim va yordamini, vaqti va mehnatini ayamagan Saidakbar Muhtorxo’jaevga minnatdorchilik bildiramiz!

abalog.uz | @abalog
​​#taq-taq #kutganlar_bormi

Va nihoyat biz qaytdik!

😕 Hayotimizda shunday vaqtlar bo‘lar ekanki, biror-bir sabablarga ko‘ra, biz qilayotgan ishimizni to‘xtatamiz. Ayrim xollarda ishingizdan charchaganingiz, yoki maqsadingizni unutganingiz uchun.

✈️ To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, menda ham shunday vaziyat bo‘ldi. Qilayotgan ishimni ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtatdim. Bir-ikkita sohaning ilmini o‘rgandim.

🚫 Ko‘p vaqtimni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazishni boshladim. Ha, albatta ilgari ham ko‘p vaqtim ijtimoiy tarmoqlarda o‘tar edi. Ammo o'tgan 5, 6 oy ichida ijtimoiy tarmoqlarga shunchaki foydalanuvchi sifatida kirmoqda edim.

🧠 “Aqlli” gaplar yozilgan statuslar, turli motivatorlarning intervyyulari, meni foydali kontentlardan uzoqlashtirar edi.

📌 Xullas, tushundimki “O‘zgalarning aqlli fikrlari, sizni fikrlashdan to‘xtatar ekan”.

Xudo xohlasa bugundan boshlab sizlar uchun SMM, Internet marketing, Marketing va yana ko‘plab sohalar, turli xil gadjetlar bo‘yicha eng sara yangiliklar va bilimlar berib borishga qaror qildim!

Facebook || Instagram || Telegram
​​#boshlashkerak #telegram #rivojlantirish

Telegramda shaxsiy brendni rivojlantirish

📌 Hozirgi kunda shaxsiy brendni yo'lga qo'yishda biroz muammolar bor. To'g'risini aytadigan bo'lsak bozor raqobatchilar bilan to'la. Bu qaysidir tarafdan yaxshi albatta. Raqobat bor joyda rivojlanish bo'ladi! Bu postimiz shaxsiy brendni telegramda yuritish haqida.

💪 Shaxsiy brend nima? Qisqa qilib aytganda shaxsiy brend - bu sizning odamlarga aytmoqchi bo'lgan kuchli tomonlaringiz, bilimlaringiz va tajribalaringiz bilan ulashishning zamonaviy uslubi.

🖌 Kanalni esda qolarli qiling! Kanalni to'g'ri bezatish ya'ni kuzatuvchi bir kirganda kimni kuzatayotganini tushunishi va qanday ma'lumot olishi mumkinligi ko'rinib tursin.

💬 Obunachilaringiz bilan suhbatlashing! Kanalingizda savol-javobga o'xshash rubrika tashkil qiling. O'zingizning turli sharhlaringiz yoki shaxsiy xabarlaringiz ostidagi ko'p beriladigan savollarga javoblaringizni joylang. Obunachilarning fikrlari bilan qizqing! Undan tashqari har bir kelayotgan kammentariyalarga iloji boricha javob berishga harakat qiling!

🤝 Hamkorlik qiling! Darajangizga to'g'ri keladigan blogerlarni toping va ular bilan vaqti-vaqti bilan xabarlarni almashing (shunchaki o'zaro reklama emas), qandaydir mavzuda "Трансляция"lar va podkastlar qiling. Shu orqali siz o'z mahoratingizni, sizni tanimagan auditoriyaga namoyish etasiz va yangi obunachilarni jalb qilasiz.

P. S. Siz hammasi mukammal bo'lishini kutmang! To'g'ri, balki siz "Photoshop"da professional darajada dizayn tayyorlay olmassiz, yoki kamera oldida so'zlay olmassiz... Bular muhim emas! Asosiysi boshlash va har doim o'zingizni rivojlantirishingizdir!

😊 Fikr va mulohazalar uchun izohlar doim ochiq.

Facebook || Instagram || Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayronqolmang

SMM - biznesingiz yuragi 😁

😉 (sekingina kerakli odamlarga jo‘natishli joyi lekin)

Facebook || Instagram || Telegram
​​#qorquvsiz #erishasiz

Tavakkal

😉 Gollivud mashhurlaridan biri shunday degan: “Sarmoya tashlab foyda ko‘rmaslikdan qo‘rqmayman, o‘sha qo‘ygan sarmoyam qaytib kelmasligidan qo‘rqaman”

😕 P. S. Menimcha bu yutqazishning ko‘rinishi...

🤔 Hamma ham tavakkal qila olmaydi. Chunki qandaydir qo'rquv bor. Aytingchi, biznes yo'lida tavakkal qilishda siz uchun kuchliroq qo'rquv aynan nima? Izohlarda javobingizni yozib qoldiring!

Facebook || Instagram || Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Marketingdagi eng effektiv so’zlar 100 taligini qo’lga kiritish uchun izohda “Marketing” deb yozib qoldiring 🔥

Facebook || Instagram || Telegram
#маркетинг #смм #мақола

Marketingdagi eng effektiv so‘zlar 100 taligi

Eng ishonchli 5 ta so‘z:

1. Siz
2. Bepul
3. Chunki
4. Hozir
5. Yangi

Eng universal 25 ta so‘z:

1. Barcha
2. Darhol
3. Haqiqiy
4. Foyda
5. Iqtisod (tejab qolish)
6. Kuchli
7. Eng yaxshi
8. Sevimli
9. Ko‘proq
10. Sovg‘a
11. Foiz
12. Qo‘shimcha
13. Sog‘liq
14. Doimiy
15. Hech narsaga qaramasdan
16. Sizning ...
17. Isbot
18. Pul
19. Oxirgi (so‘nggi)
20. Ilk marta
21. Qanday qilib ...
22. Birinchi
23. Asosiy
24. Premyera
25. Saqlab qolish

Devid Gilveydan reklama uchun 20 ta kuchli so‘z (Ko‘pchilik Devid Gilveyni «reklama otasi» deb bilishadi):

1. Kutilmagan
2. Hozir
3. Xabar beradi
4. Taqdim etadi
5. Yaxshisi
6. Ajablanarli
7. Sezgir
8. Taniqli
9. Inqilob
10. Ajoyib
11. Hayratda qoldiruvchi
12. Zudlik bilan
13. Sehrli
14. Taklif
15. Tez
16. Oson
17. Kerakli
18. Imkoniyat
19. Taqqoslang
20. Sotib olish

Eksklyuziv (takrorlanmas, qimmatli) sifatni ifodalovchi 5 ta ibora:

1. Faqat ... uchun
2. Login va parolni kiriting
3. Hozircha mavjud emas
4. Alohida taklif asosida
5. Eksklyuziv taklif

Tezkorlikka chaqiruvchi 5 ta ibora:

1. Faqat shu yerda
2. Faqat hozir
3. Maxsus taklif
4. Hozircha
5. Yakunlanish (tugash) arafasida

Xavfsizlikka ishora qiluvchi 15 ta so‘z:

1. Xavfsiz
2. Anonim
3. Haqiqiy
4. Ommabop
5. Tavsiya qiladi
6. Sertifikatlangan
7. Kafolat
8. Rasmiy
9. Konfidensial (oshkor qilinmaydigan, maxfiy)
10. Isbot
11. Haqiqiy
12. Tadqiqot
13. Tajriba uchun
14. Sinab ko‘ring
15. Natija

Sabab sifatida ko‘rsatish uchun 10 ta so‘z:

1. ...dan kelib chiqib
2. Natijada
3. Chunki
4. Shu sababli
5. Shunday qilib
6. ... bilan bog‘liq
7. Shundan kelib chiqib
8. Shandan keyin (beri)
9. Shuning uchun
10. Shunday qilib

Ijtimoiy tarmoqdagi «virus» kontent uchun eng kerakli 10 ta so‘z:

1. Sir
2. Ayting
3. Ilhom
4. Oling
5. Yordam
6. Eng ...
7. Kengaytirish
8. Bajarish
9. O‘zingiz uchun kashf qiling
10. Ulashing

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli Marketing va Texnologiya haqida
Reklama va Kontent ortasida qanday farq borligini bilasizmi?
Anonymous Poll
44%
Farq yo'q
24%
Menga farqi yo'q
32%
Bilmayman
​​#sifatlikontent #gaplashamiz

🎯 Bizning maqsadimiz
– sahifamizni sizga yanada foydali va qiziqarli qilish. Shu sababli oramizda qancha inson marketingda o'z o'rnini topganini bilmoqchimiz. Quyidagi so'rovnomalarda faol bo'lishingizni va aynan qaysi yo'nalishda ishlayotganingiz haqida qisqacha ma'lumot berishingizni so'rab qolamiz.

🤝 Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli Marketing va Texnologiya haqida
SMM va Marketing
Photo
📢 [BEPUL] 3 ta kontent g'oyasi

Ko‘pchilik sahifasini yuritadi, lekin mijozlari yo‘q. Chunki profil noto‘g‘ri tartiblangan bo‘lishi mumkin. Mijozlar siz haqingizda ko‘proq bilishi uchun profilingiz aniq va ishonchli bo‘lishi kerak.


Sizning profilingizga kirgan odam nimani taklif qilayotganingizni tushunishi kerak;
Sahifangizni tartibga keltirsak, mijozlarga ishonch paydo bo‘ladi va ular siz bilan bog‘lanishadi;

Biz quyidagilarni optimallashtirib beramiz:
🔹 Profil tavsifi (bio) – sodda va ishonchli so‘zlar bilan yozamiz;
🔹 Profil rasmi & username – biznesingizga mos va oson topiladigan qilamiz;
🔹 Highlights dizayni va tartibi – kerakli ma’lumotlarni joylashtiramiz;
🔹 Sarlavha va hashtag strategiyasi – sahifangizni oson topish uchun.

🎁 Qo‘shimcha sovg‘a: Brendingizga mos 3 ta post g‘oyasi!

Xizmat 24 soat ichida tayyor bo'ladi.
💰 Narxi siz o'ylagandan ham hamyonbop. Agar xizmat narxi haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, @smmvamarketingaloqa'ga "NARX" deb yozib qolding!

📩 Buyurtma berish uchun: @smmvamarketingaloqa

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli Marketing va Texnologiya haqida
2025/04/10 01:41:21
Back to Top
HTML Embed Code: