Telegram Web Link
#Karusel

Duolingo xalqaro imtihoni haqida qiziqarli ma’lumotlar

Siz qaysi xalqaro imtihon orqali til bilish qobilyatingizni sinagan bo’lar edingiz: Duolingo, IELTS, Linguaskill, CEFR yoki TOEFL?

😊 @Registan_LC
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigi e’lon qilindi

“Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qat’iy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.   

Sizlarning doimo marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib harakat qilishingizga ishonaman. Sizlar bunga albatta qodirsiz.

Ana shunday sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilayman.

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim”, deyiladi Prezident tabrigida.

😊 @Registan_LC
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigi e’lon qilindi

“Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qat’iy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.   

Sizlarning doimo marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib harakat qilishingizga ishonaman. Sizlar bunga albatta qodirsiz.

Ana shunday sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilayman.

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim”, deyiladi Prezident tabrigida.

😊 @Registan_LC
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! Aziz o'quvchilar!

Bizda siz uchun ajoyib yangilik bor! demak, kutib oling: kelayotgan 2022-2023-yil o'quv mavsumida bizda Registon Litseyi ochilmoqda! Registon Ta'lim Loyihasi o'zining navbatdagi qadamini tashlayotganidan xabaringiz bor: ayni damda Registon School uchun qabul shiddatli davom etmoqda. Buning davomi sifatida Registon Litseyi filiallari ochilmoqda. Shulardan biri sifatida Mirzo Ulug'bek tumanida ham Registon Litseyi Mirzo Ulug'bek filialini ochmoqdamiz. Litseyga 8-9-10-sinf bitiruvchilari olinadi. Biz quyidagi sabablarga ko'ra litsey ochishga qaror qildik:

👉 O'quv markazimizda darslar asosan kunning ikkinchi yarmida, maktab darslaridan keyin bo'lar edi. Ko'pchilik o'quvchilarimiz markazga charchagan holatda kelishlari, diqqatini jamlash uchun ozroq vaqt ketishi bor gap edi. Litseyda esa maqsadi va yo'nalishi umumiy bo'lgan yoshlar tahsil olishadi va darslar tugaganidan keyin, 15-20 minutlik tanaffusdan keyin, darhol qo'shimcha darslarga sho'ng'ishadi.

👉 Litseyda sinflar aynan bir yo'nalishga ixtisoslashgan bo'ladi. Tabiiy fanlar yo'nalishida kimyo va biologiya fanlari, iqtisod yo'nalishida matematika va ingliz tili fanlari, ijtimoiy-gumanitar yo'nalishda asosan tillar va ijtimoiy fanlar chuqurlashtirib, soatlari ko'paytirilib o'tiladi.

👉 O'quvchilar umuman nazoratsiz qoldirilmaydi. Odatiy maktablarimizda hamma o'quvchilar ham maktabdan keyingi oliy ta'limni davom ettirishni o'ylashmaydi. Bu albatta normal holat, kimdir boshqa kasb-hunarlarni egallagisi keladi. Bu albatta darsning muhitiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ustozlar ham doimiy "tonus"da, qiziqish doiralari turlicha bo'lgan bolalarni qiziqtirish uchun darsning asosiy vaqtini ketkizib qo'yishadi. Litseyda esa, o'quvchilar aynan yo'nalishlar bo'yicha tanlab olingani uchun, bunday muammolar uchramaydi. Urush-janjallarga esa umuman yo'l qo'yilmaydi.

👉 Listeydagi darslar soat 9:00 dan boshlanib, kechki soat 18:00 gacha davom etadi. Doimiy o'quv muhiti o'quvchilarning refleksiga aylanib qoladi va oliy ta'limda ham o'z ustida ishlash funksiyasini yo'qotib qo'ymaydilar. Yaqin o'tmishdagi litsey-internatlar tajribasi bunda yaqqol misol bo'la oladi.

👉 O'quvchilarning choraklikdagi yozma ishlari, yillik imtihonlari haqiqiy imtihonga aylanadi. Mahalliy oliygohlarimizda, horijiy oliygohlar bilan qo'shma loyihalarimizda qanday imtihon muhiti bo'lsa, litseyda ham xuddi shunday raqobat muhitida choraklik imtihonlari bo'lib o'tadi.

👉 Va asosiysi, ustozlarimiz bu sohadan o'nlab yillardan beri ishlamoqdalar. Maktabdan keyingi, tadbirlardan keyingi vaqtda ham o'quvchilar bilan ham bilim tarafidan, ham psixologik tarafdan ishlab shuncha natijalar olib kelayotgan edilar. Endilikda o'quvchilar bilan uzzu-kun, to'liq shug'ullangan paytlardagi natijalarni tasavvur qilib ko'ring-a? Biz raqobatbardosh emas, raqobatdosh kadrlarni aynan shunday muhitda tayyorlashga kafolat bera olamiz.

👉 Demak, ham maktab ta'limini, ham maxsus ta'limni o'zida birlashtirgan loyiha - Registon Litseyi loyihasiga start berdik! Endi siz bizdan bilim bilan birgalikda shahodatnoma ham olib, kelajak hayotingizga yana kuchliroq holatda tayyor bo'lasiz!

Agar savollar bo'lsa, marhamat, Registon Mirzo Ulug'bek filiali direktorining shaxsiy akkountuga murojaat qilishingiz mumkin:
👉 @asadullo_ozodov

Bot orqali hujjat topshirish:
❇️ @Litsey_qabulbot

👨‍💻 Ma'muriyatga bog'lanish

📞 +998940032700

🏢 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik ko'chasi, 105-uy

🌐 Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from RegistanLC|Cho'ponota
Ota-onalar farzandi bilim olishi uchun nimalar qilishi kerak?

🔹 Ota-onalar farzandi bilim o'rgatishida qatnashishni rag'batlantirish va uning talablarini qondirish uchun, farzandlarini dars paytida dars bilan shug'ullanishga rag'batlantirishi

🔹 Nazorat qilish uchun, ota-onalar farzandlarining darslarda qatnashishini kuzatib borish, ularga sabrli bo'lish va yordam berish kerak. Darslarda qatnashishini kuzatishning eng yaxshi usullari – darslar vaqti bilan tanishish, darsda qatnashish haqida talqin qilish va yozishdan yoki tasdiqlashdan oldin darsni barcha tushunishiga izohlab chiqishdir.

🔹 Farzandi bilim olish uchun sharoitlar, qaysi fanni o'rganmoqchi, nima uchun o'rganmoqchi, vaqtida o'rganish kerakligi, qaysi o'quv kasb-hunar faoliyatlari kerakligi kabi turli xususiyatlarga bog'liq bo'lishi mumkin.

🔹 Barcha uy yo'li bilan maslahat berish kerak hamda ota-onalar farzandning talablari va talablari bilan tanishgan bo'lishi kerak. Farzandlarni o'rganish yo'lini qanday tanlashadi, shuningdek, ularga o'rganishda yordam berish va ularning o'rganish jarayoniga intilishadi.

Farzandingiz qanday tahsil olayotganini tekshirib borasizmi? Rag'batlantirishda qanday yo'llardan foydalanasiz?

Bizning kanal:
👉 @Registan_Uchtepa_Academy
❗️Qabul-2023: Abituriyentlarni qanday yangiliklari kutmoqda?

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi:

Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi.

1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

❤️‍🔥 Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim.

Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak.

1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi.

Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan).

Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

😊 @Registon_litseyi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Registon maktabining ustunliklari

Ushbu videoda Registon xususiy maktabi direktori Shohida Davlyatovna maktabimiz tomonidan o'quvchilarga beriladigan imkoniyatlar haqida ma'lumotlarni keltirib o'tganlar.

Maktab haqida to'liqroq ma'lumot olish uchun qo'ng'iroq qiling yoki onlayn murojaat qiling!

😀
@rgnschooladmin
📞 +998910022700

🔥 Registon maktabi - natijaga asoslangan ta’lim!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊 Registon Choponota fililalida kuni kecha bo'lib o'tgan bolajonlararo Karaoke dan lavhalar

😀 Ingliz tiliga tayyorlanayotgan har bir o'quvchi Speakingni rivojlantirishga intilishi aniq!

Bu borada bizning "Karaoke part" larimiz juda foydali!

✏️ Siz ham bolajoningizni English kids guruhlariga yozdiring! Yozni foydali ilm bilan o'tkazsin!

☺️☺️☺️☺️☺️☺️☺️☺️☺️
💬@Registan_Choponota_admin;
☎️ +998944922700
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊😊😊

🕋 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Farzandlarimizning ilmi bundan-da ziyoda bo'lsin!

📖 Kahv surasini o'qishni unutmang!

🌙 Yaqinlaringizni tabriklashni yoddan chiqarmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊 CEFR sertefikati ajoyib natiajada aks etdi!

🙂 Ustozimiz Miss. Feruzaning tinimsiz mehnatlari o'quvchilarida qisqa muddatda natija berdi!

Siz ham CEFR imtixonlarida muvaffaqiyatli natijani qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz, darslarimizga yoziling!
☺️☺️☺️☺️☺️☺️☺️☺️☺️
💬@Registan_Choponota_admin;
☎️ +998944922700
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Registan LC
9 yil grantda o'qib, Yaponiyaning eng ilg'or universitetidan PhD daraja olgan olim inson - Bekzod aka Zakirov - "Registon" o'quvchilari uchun trening o'tadilar.

Trening mavzusi:
Abituriyentlarga imtihonoldi maslahatlar
🕰 Trening vaqti: 12-iyul, soat 10:00 da
📍 Trening manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 63-maktab

Treningda ishtirok etish uchun ushbu anketani to'ldirish shart:
🔗 https://forms.gle/6JC6KYgWffNZzs1j7

Bekzod aka Zakirov bilan yaqindan tanishish uchun ushbu suhbatni tomosha qilishni tavsiya qilamiz: https://youtu.be/yJUZv_3uJLw

😊 @Registan_LC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TALABALIKNING 4 YILLIK FORMULASI | O'QISHGA KIRISHINGIZDAN OLDIN KO'RISHGA ULGURIB QOLING

🖤 https://youtu.be/_yOP16IAAfE

12-iyul kuni "Osmondagi bolalar" ko'rsatuvining mehmoni, bir qator xalqaro ta'lim grantlari g‘olibi, Tokyo universitetidan Ommaviy siyosat bo'yicha fan doktori, Jorj Vashington va Vestminister universitetlarida mustaqil tadqiqotchi Bekzod aka Zokirov "Registon" o'quvchilari uchun imtihon oldi maslahatlarini berib o'tdilar.

🙂 Sizlarga ham ushbu treningni ba'zi qismlarini ulashishga qaror qildik. Foydali bo'ladi degan umiddamiz.

🖼 Trening jarayonida olingan fotolavhalar: https://www.tg-me.com/registan_photos/6192

😊 @Registan_LC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Abituriyent - BaholashUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Siz boʻyab chiqqan javoblar varaqasini qanday tekshirilishini bilasizmi ?

✔️ Ushbu videoda koʻrib turgan ikkita texnika soatiga 30 ming javoblar varaqasini tekshiradi. Skanerlar birdaniga javoblar varaqasini skaner qilib oladi va ularni ro‘yxatga kiritadi.

Shu oʻrinda qiziq maʼlumot, Imtihon vaqtida DTMning test tuzish va chop etish jarayonida ishtirok etadigan xodimlari mazkur binoning o‘zida yashaydi, begonalar kirishi butunlay taqiqlanadi. Bu jarayon oxirgi bosqichdagi testlar xavfsizligini ta’minlash uchun joriy etilgan ekan.

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/THWN_WYuFDY

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/16 04:42:27
Back to Top
HTML Embed Code: