Telegram Web Link
"Саҳарлик қилинг. Чунки саҳарликда барака бор!"
Бухорий ва Муслим ривоятлари
(Мисрда саҳарликка уйғотиш).
Расулуллоҳ ﷺ дедилар: «Рўзадорга икки марта хурсандчилик бор:

Биринчиси – ифтор вақтида оғзини очганда,
Иккинчиси – қиёмат кунида Роббисига рўбарў бўлганда».


Бухорий ва Муслим
(Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан)
Yomon bo'lsak, dunyo yaxshilarga to'la!
Nabiy salallohu alayhi vasallam:

"Qachonki birortangiz iftor qilsa, og'zini hurmo bilan ochsin, chunki u barakadir. Kim topmasa, suv bilan ochsin, chunki u poklovchidir" dedilar 🌷
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эркак киши бешта нарса билан бу дунёда бахтли бўлади:

1. Эрга ҳамфикр аёли.
2. Эсли фарзандлар.
3. Содиқ биродарлар.
4. Яхши қўшнилар.
5. Ризқини ўз юртида топиши.

Али ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳу
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

"Saharlikni yeyish barakadir, uni bir qultum suv ichib bo‘lsa ham tark qilmanglar. Chunki, Alloh va Uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salavot aytadi", dedilar
Германиялик шифокор айтади:

- Арабларда кўзойнак ишлатилиши камдан-кам учрайдиган ҳолат. Сабаби эса, улар ўнгдан чапга қараб тўғри ўқишади. Биз европаликлар эса, лотинчани чапдан ўнгга қараб ўқиймиз. Ҳолбуки, яратилишига кўра, кўз ўнгдан чапга қараб ўқишга мослаштирилган.

Қуръони Каримни бизга араб тилида нозил қилган Аллоҳга ҳамду санолар бўлсин!
055.mp3
Al Husary
Qurʼondan oyat:

Rahmon surasi, 13 - oyat

فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

13. Bas, Robbingizning qaysi neʼmatlarini yolgʼonga chiqara olursiz?!
#Hadis
Rasululloh ﷺ dedilar: «Islom gʻarib boʻlib boshlandi va boshlanganidek yana yaqinda gʻariblikka qaytadi. Bas, gʻariblarga Tubo (Jannati) boʻlsin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
شهر رمضان الذي أنزل فيه القرآن هدى للناس وبينات من الهدى والفرقان ۚ فمن شهد منكم الشهر فليصمه ۖ ومن كان مريضا أو على سفر فعدة من أيام أخر ۗ يريد الله بكم اليسر ولا يريد بكم العسر ولتكملوا العدة ولتكبروا الله على ما هداكم ولعلكم تشكرون
Рамазон ойики, унда одамларга ҳидоят ҳамда ҳидояту фурқондан иборат очиқ баёнотлар бўлиб, Қуръон туширилгандир. Сиздан ким у ойда ҳозир бўлса, рўзасини тутсин. Ким бемор ёки сафарда бўлса, бас, саноғини бошқа кунлардан тутади. Аллоҳ сизларга енгилликни хоҳлайди ва сизларга қийинчиликни хоҳламайди. Саноғини мукаммал қилишингиз ва сизни ҳидоятга бошлаган Аллоҳни улуғлашингиз учун. Шоядки шукр қилсаларингиз. (Аллоҳ таоло Ўзининг абадий мўъжизаси, қиёматгача инсониятга ҳидоят бўладиган китоби Қуръони Каримни тушириш вақти қилиб Рамазони шариф ойини ихтиёр қилганининг ўзи бу ойнинг фазилатини юксакка кўтарган. Энди эса, нур устига нур, фазилат устига фазилат қўшиб, рўза ибодатини ҳам шу Рамазон ойида тутишни фарз қилмоқда.)

[Baqara Surasi ]
185-Oyat
Ramazon oyi tugashiga oz qoldi oxirgi 10 kunida Laylatul qadr bor bu kecha 1000 oydan yaxshi u u kechaning tongida quyosh nursiz chiqadi Oysha onamiz Rasulimizdan soʻradilar Men Laylatul qadr kechasini topsam nima qilay dedilar Shunda rasulimiz ayttilarki Allohumma inna afuvan tuhibbul avfva fafuanna deng deganlar manosi Allohim sen avf etishni sevasan meni avf et Bu kechani topish va u kunda ibodat bilan mashgʻul boʻlishni Barchamizga nasib aylasin Alloh azzavajalla
BENAMOZLAR QULOQLARIGA QORG‘OSHINDEK QUYIB OLSIN
youtu.be
BENAMOZLAR QULOQLARIGA QORG‘OSHINDEK QUYIB OLSIN
Пайғамбаримиз_‎ﷺ_уйларида_бир_кун.pdf
1.1 MB
Пайғамбаримиз_‎ﷺ_уйларида_бир_кун.pdf
#Eslatma
#Qadr_kechasi

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazonning oxirgi o‘n kunida eʼtikof o‘tirar edilar va: «Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kunligidan izlanglar”, der edilar»

Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan

📌 Zarvaraq — tarixning oltin sahifalari
O'zimizda Qolmaydigan Dunyoda🌎 O'zimizda Qoladigan Gunohlar Orttirmoqdamiz 😔
Nima o'zgaradi💔📌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir darveshga "Xayrli Jumalar" deyishibdi.
U esa "Juma shundoq ham xayrli" debdi.
Keyin "Juma muborak" deyishibdi.
U esa "Juma shundoq ham muborak kun" debdi.
Unda nima deylik, sen ayt deb so‘rashibdi.
U "Jumaning xayri va barokati senga bo‘lsin" deng, degan ekan.

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 كل نفس ذائقة الموت (عبدالرحمن مسعد) →
👤
Go'zal Qiroat 🎧
Qadr kechasini foydali o‘tkazish uchun 27 tavsiya:

1. Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.

2. Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko‘p ovqat yemang.

3. Bu kechani ibodat bilan o‘tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha mo‘minlar va mo‘minalar uchun istig‘for va duoni ko‘paytiring.

5. Butun a’zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo‘ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qo‘yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo‘lib, yuz rakatni tugatib qo‘yishni foydasi yo‘q.

8. Duo va ibodatda ixlosli bo‘lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lib rakatlarni ko‘paytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo‘lishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat bo‘lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo‘lishiga ishonmaslik duoning orasiga to‘siq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so‘rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko‘radi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig‘for ayting, U Zot sizni afv qilishini so‘rang.

14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko‘p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so‘rang (ya’ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a’fuvvun, tuhibbul a’fva fa’fu annaa” (ya’ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et”), duosini ko‘p ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni do‘zaxdan ozod qilishini ko‘p so‘rang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishini so‘rab duo qilish.

18. O‘tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a’yun”, (ya’ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko‘z quvonchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga go‘zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda ko‘p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og‘irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoe ketkazmang, vaqtni g‘animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo‘ladi.

24. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish tong otgunicha davom etadi, o‘sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

26. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

27. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug‘.
2024/11/20 11:26:21
Back to Top
HTML Embed Code: