Telegram Web Link
Endi kamida bitta Nobelchi olimning men bilan selfisi bor:)

@panda_books
#haqida

Sizlarga hozir o'tgan yil tahminan shu paytlarda boshlangan voqeani aytib bermoqchiman.
O'shanda hayotimni sarhisob qilarkanman, kunlarimning birin-ketin bir xilda o'tib borayotganligini anglay boshladim. Uy-ish,ish-uy, bola-chaqa...Orada blogerlik qilishim yaxshi, biroq u ham go'yo bir tekisga tushib qolgandek bo'ldi. Xullas, o'zimga chellenjlar qilmay qo'yganimni tushundim. Buni ko'plar comfort zone deydi. Bu esa sizni ortiq o'stirmay qo'yadi.

O'ylab qaradimki, fikrlarim boshida unday emasdi. Diplomatiyani tugatganimda qo'limda IELTS 7.0, yaxshi baholarga to'la diplom, xorij universitetidan olingan offer bor edi... Lekin shu bilan birga, karyera qilish niyatim ham ustunlik qilardi. Bakalavr nazariya, hayot esa amaliyot o'rgatadi. Shu sababli o'qishni davom ettirmadim. Ishga kirdim. Yaxshi ish topdim. Keyin shaxsiy hayotimni tartibga keltira boshladim. Yaxshi inson bilan tanishdim. To'y. Oila boshlig'i. Farzandli bo'ldim. Bular men xohlagan yo'l edi. Ulkan baxt va katta orzularga erishdim. Shu paytagacha qilgan birorta qarorimdan sira afsuslanmayman.

Lekin bo'ladiku, kunlardan bir kuni eski uyingizga borasiz va chordoqning chetidan qachonlardir siz uchun qadrli bo'lgan buyumlaringizni saqlab qo'ygan sandiqchangizni topib olasiz. Nostalji. Yoqimli xotiralar. Men ham sandiqchamdan ilmiy faoliyatimni davom ettirish istagini topib oldim. To'g'ri oradan biroz vaqt o'tdi. Nima bo'pti? Nega hozir emas?

Xullas, o'qishni chet eldai davom ettirishga qaror qildim. Lekin duch kelgan emas, balki nufuzli joyda. Bir paytlar orzu qilgan maskanlarimda. Harakat boshlandi. IELTSga qayta tayyorlandim. Buyog'i hamma biladigan narsalar. Application process. Kutish. Javob keldi. Unconditional offer. From Glasgow, Reading va Swansea University. Lekin kontraktga pul yo'q:)

Shunda yaxshi niyat bilan El-yurt Umidiga hujjat topshirmoqchi bo'ldim. Lekin uniyam ancha kutdim, bu yil topshirganlar biladi. Nihoyat tanlov iyunda ochildi. Keyin bir oydan keyin test, avgustda suhbat. Yana 2 oy javobini kutish. Ozmuncha vaqt o'tmadi.

Bugun esa yomg'irli Toshkent havosida ko'chada edim. Ertalabdan smartfonimda ozgina zaryad qolgan. Birdan qo'ng'iroq bo'ldi. O'rtoqlarim: "Tabriklayman!". Boshida nimaga va negaligini tushunolmadim. Esimdan chiqayozgan narsa edi, rosti. Ammo bu haqiqat bo'lib chiqdi.

Shunday qilib, kamina "El-yurt Umidi" fondining 2024-yilgi "Jamg'arma Stipendiati" bo'lib topilibman. Bugungi xushxabar shu edi. Shuncha voqealar rivoji. Yana bir muhim dovondan o'tibman:) Hali bundan ham muhim dovonlar bizni kutib turibdi...

Bir paytlar do'stlarim va tanishlarim grant yutishganda ularga chin dildan havas qilardim va bir kun o'zim shunday bosqichga chiqishni orzu qilardim. Alloh shu kunlarga ham mana yetkazdi. Ishonch va harakat orqali yetishsa bo'larkan. Xudoga behisob shukr!

Men bugun xursandman😊

@panda_books
#news

"Taxt o‘yinlari" serialidagi Temir Taxt sotildi

Kecha ushbu mashhur serialda foydalanilgan rekvizit Dallasdagi Heritage Auctions kim oshdi savdosida olti daqiqalik qizg‘in savdolardan so‘ng naq $1,49 million dollarga sotildi. U plastikdan tayyorlangan, metall bo‘yoq bilan qoplangan va toshlar bilan bezatilgan.

Bilasiz, ushbu Temir Taxt serialning markaziy elementi hisoblanib, u o'zida hokimiyat va taxt uchun kurashni aks ettiradi.

@panda_books
#meme

Oy premyerasidan keyingi holat.

P.s: Menda hali ikkalasiyam yoʻq:)
@panda_books
#haqida

Kitob o'qishga qiziqishim qachon boshlangan?

Bunga aniq javob berish qiyin, lekin yoshlikdan mutolaaga qiziqishim bo'lganini eslayman. Hovlimiz katta, amakimlar bizga qo'shni edi, kichkinaligimda ularni uyida jurnallar ko'p bo'lardi, o'qishni bilmasam ham rasmlarga termulib o'tirishni yaxshi ko'rardim. Oyim va buvim uyda bo'lgani uchun bog'chaga chiqmaganman, shu sababli uyda vaqtim ko'p bo'lar, o'yinlardan zerikkanda, yoki sovuq qish kunlari zerikkandan ham kitoblarga sho'ng'ib ketardim.

Hozir eslayman, allaqachon maktabga chiqqan paytlarim qo'limga eski, qalin bir kitob tushib qolgandi. Otamdan qolgan kitoblar. Uydagilar mehmonga boradigan bo'lishdi, men esa uyda qolib kun bo'yi ayvonchada yotib o'sha kitobni o'qiganman. Kechasi fonar yoki lampa yoqib, chiroq o'chganda sham yorug'ida kitoblar o'qirdim. Tanlash imkonim katta bo'lmagani uchun qo'limga nima ilinsa o'qib ketaverardim.
O'qish chanqoqig'a qonmasdi mening miyam.

Maktab payti do'stim bilan kutubxonada o'tirib o'qishni yaxshi ko'rardik, keyin abituriyentlikka yetib kelgach, ko'proq ilmiy va testda tushadigan narsalarni o'qishga odatlandim. Albatta, ko'p va to'g'ri o'qimaslik ko'zlarimda o'z izini qoldirgan, mana yosh holimga ko'zoynak taqaman:)

Maktabda uydagilar telefon olib berishmagan. U paytlar Motorola, Nokia urfda edi, hozirgi kitobxonlar ular haqida eshitmagandur hatto. O'zim ham telefonga qiziqmaganman. Litseyda o'qiyotganimda oddiygina Samsung tutardim. Mana hozir eng yaxshi Iphone qo'limda. Lekin baribir o'sha telefonsiz davrlarim boshqacha edi.

Oddiy botanik bola bo'lganman ekan hozir o'ylab qarasam. Turli intellektual o'yinlarga qiziqadigan, kitob qurti bo'lgan bolakay.

Baribir kitobga mehr yoshlikdan qo'yilsa yaxshi. Kitob beradigan emotsiyalarni boshqa narsalardan, hatto filmda ham olib bo'lmaydi. Bu hissiyot juda boshqacha. Yoqimli va samimiy.

Bu o'zingiz bilan yolg'iz qolishning kamdan-kam ajoyib imkonidir.

Kitob o'qing, do'stlar, kitob o'qing!

@panda_books
Izoh sizdan:)

@panda_books
​​#reading

Tasavvur qiling: g‘ildirak ixtiro qilinganidan (katta ehtimol Mesopotamiya aholisi tomonidan) to g‘ildirakli ajoyib chamadon paydo bo‘lguniga qadar (Bu haqida o'zim ham oldinroq batafsil post yozgandim) naq olti ming yil o‘tgan! Shu vaqt davomida men kabi sayohatchilar milliardlab soatlar mobaynida o‘z buyumlarini qo‘pol bojxona xodimlari yonidan qo'lda o‘tkazishga, yo‘laklarda ko‘tarib yurishga majbur bo‘lishdi.

Eng yomoni, insonni Oyga jo‘natganimizdan o‘ttiz yil o‘tgandan keyin g‘ildirakli chamadonni ixtiro qildik. Shundan kelib chiqadiki, bu o‘ta murakkab kosmik uskunalarning barchasi hayotimga juda oz ta’sir ko‘rsatgan ekan. Aksincha, mushaklardagi sut kislotasi, bel va bilakdagi og‘riq, uzun yo‘lak bo‘sag‘asida o‘zini ojiz his qilish - bular ancha jiddiyroq masala bo‘lib chiqdi. Biz dunyoga ulkan ta’sir ko‘rsatgan, ammo shu bilan birga juda oddiy, kundalik texnologiya haqida gapiryapmiz.

Afsuski, bu texnologiya hozir bizga oddiy bo‘lib tuyulsa-da, g‘ildirakli chamadon paydo bo‘lgunga qadar unday emas edi. Odatda sochlari to‘zg‘igan, yuzlari g‘ijimlangan bu yorqin zehnli odamlarning barchasi Gyodel-Shmedel, Riman faraziyasi, kvarklar-shmarklarni muhokama qilish uchun uzoq mamlakatlardagi konferensiyalarga borar, bunda shunchalik arzimas transport noqulayligini qanday yengish haqida o‘ylab ham ko‘rmay, aeroport terminallaridan chamadonlarini sudrab o‘tardilar. Garchi bu dohiylarning barchasi o‘zlarining taxminan rivojlangan miyalarini bu yaqqol va oddiy muammoga sarflagan bo‘lsalar ham, ular, chamasi, hech qanday yechimga kela olmagandilar.

Aslida, bu kelajakni qanday tasavvur qilishimiz haqidagi hikoya. Biz, insonlarda, tasavvur yetishmaydi – hattoki ertaga muhim narsalar qanday ko‘rinishda bo‘lishini ham bilmaymiz. Tasodif bizni kashfiyotlar bilan qoshiqlab oziqlantiradi, shuning uchun ham bizga mo‘rtlikka qarshi turuvchi kuch — antimo'rtlik zarur.

@panda_books
😏 Sarkazm, jamiyat va kitoblar – barchasi shu yerda! 📚
Bugun sizlarga o'zim kuzatadigan ajoyib bir kanal — "Qoralama"ni tavsiya qilmoqchiman.

O‘zingiz yashayotgan jamiyatni qanday ko‘rasiz? Kitoblar qanday kuch beradi? Bu kanalda sizni keskin fikrlar, nozik hazillar va o‘zgacha nigoh kutmoqda.

Siz ham qo‘shiling, fikrlarimizni birgalikda boyitaylik! 😉
Obuna bo'ling 👉 @matbuotraisi
#reading

O'qiyotgan kitobim — ""Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin"dan kuchli fikrlar:

Murosaga kelish - yomonlikka yo‘l ochish demakdir. Men rioya qiladigan yagona zamonaviy hikmatli so‘z Jorj Santayanaga tegishli: "Inson axloqiy jihatdan erkin, agar... u dunyo va boshqa odamlar haqida hech qanday kelishuvga bormay, chin yurakdan fikr yuritsa." Bu shunchaki maqsad emas - bu zimmamizga olingan majburiyatdir.

Mening nazarimda, muvaffaqiyatsiz inson ta’rifi quyidagicha: xato qilganda, u vaziyatni tahlil qilmaydi, o‘z xatosidan saboq chiqarmaydi, dovdirab qoladi va yangi narsa o‘rganganidan quvonish o‘rniga o‘ziga biqinib oladi; oldinga intilish o‘rniga xatosini oqlashga urinadi. Bunday kimsalar ko‘pincha o‘zlarini fitna, yomon rahbariyat yoki noqulay ob-havo qurboni deb hisoblaydilar.

Zamonaviy davrning fojiasi shunday: xuddi o‘z farzandiga haddan tashqari g‘amxo‘rlik qiladigan asabiy ota-onalar kabi, bizni himoya qilishga intilayotgan odamlar aslida bizga eng ko‘p zarar yetkazadi.

@panda_books
"Sherning og'ziga boshni tiqish - bu be'manilik. Sher mening boshimni yemasligiga amin bo'lish esa - bu san'at".

"Fabelmanlar" filmidan

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kutubxonadagi romantika😊

Ha, ssenariy sahnalashtirilgan, ammo samimiy va goʻzal chiqibdi.

@panda_books
Aytgancha, agar muallifning o‘zi kitobini yozish jarayonidan zeriksa, o‘quvchi uni o‘qishdan aniq zerikadi.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Tara Vestover — "Talaba" (Educated)

"Talaba" asari bu mualif Tara Vestoverning memuari hisoblanadi. Asarda u ta’lim olish uchun yengib o‘tgan qiyinchiliklaridan hikoya qiladi. Kitob uning qattiq e’tiqodli mormon oilasi bilan Aydaxoning tog'lik qishloq hududida o‘tkazgan bolalik davrlaridan boshlanadi. Hukumatga ishonchsizlik bilan qaragan ota-onasi unga va aka-ukalariga davlat maktablariga borishlariga to‘sqinlik qiladi, ammo o'z navbatida uyda muntazam ta’lim berishni ham uddalay olishmaydi va bor-yo'q ta'lim faqat diniy kitoblar o'qib berishdan iborat bo'ladi.

Ularning ishonchsizligi tibbiyot tizimiga ham bog'liq edi. Shu sabab ular professional tibbiy yordamdan ham foydalanishmasdi. Tara oxir-oqibat bunday hayotda charchaydi va akalaridan biri kollejga o‘qishga ketgandan so‘ng, Tara ham uning izidan borishga qaror qiladi. Va anglaganingizdek, u ushbu kitob yaratilish darajasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi.

Kitob memuar bo'lsa-da, o'z-o'zidan insonlarning ta'lim olishi kabi o'tkir ijtimoiy masalani ham o'rtaga tashlaydi. SHu sababli, u menda ikki xil taassurot qoldirdi. Mormonlar va shu kabilar hayotida fanatizm kuchli bo'lishi bor gap, shu bilan birga ularda mantiq ham yo'q emas. Masalan, Taraning hayoti menga "Kapitan Fantastik" filmidagi oilani eslatdi. Idealida ota xuddi filmdagidek bo'lishi kerak edi.

O'zi umuman TA'LIM nima? Aniqrog'i, biz bilgan RASMIY ta'lim qanday bo'lishi kerak? Dunyoda yuz minglab bolalar hozirgi kunga qadar normal ta'lim muassasalariga qatnash imkonidan mahrum. Agar inson rasmiy ta'lim olmasa, bu uning aqliy qobiliyatlarini ro'yobga chiqara olmasligini anglatadimi?

Masalan, meni o'zimda STANDART Ta'lim tizimiga nisbatan juda katta skepsis bor. Maktab, litsey va Universitet darajalarimga qaramasdan, kaminayu kamtarin o'zimni bir xil ma'noda self-study student deb hisoblayman. Ya'ni istaysizmi yo'qmi, istalgan rasmiy ta'limda faqat imtihon uchun o'qitiladi. Demakki, kishi imtihondan o'tish uchun yetadigan darajada o'qisa kifoya. Yana shunisi borki, maktabdagi baholar faqat maktabda qoladi, undagi bilimlarning deyarli barchasi sinf xonalaridan tashqariga chiqmaydi. Hayotda siz olgan "2", "4", "5" baholar mutlaqo hech nimani anglatmaydi. Hozir mening faqat "5" baholarga to'la kundaligim qayerda yotibdi, hatto bilmayman. Va ertaga o'g'lim maktabga chiqsa va "2" olib kelsa, uni urushmaslikka, aksincha buni mukofotlashga va'da beraman. Bolasi maktabda "4" baho olgani uni urushadigan moral jihatdan past ota-onalarniku, mutlaqo tushunmay o'tib ketsam kerak.

Ochig'ini aytish lozimki, shaxsiy mutolaam natijasida, hozirga qadar maktabda o'tilgan fanlar: misol, kimyo, biologiya, tarix, adabiyot, iqtisod va hz.lardagi darsliklardan ko'ra ko'proq narsa olganman. Nafaqat shunday, balki darslikda bizni noto'g'ri o'rgatishlari, mujmallik va propaganda borligini ham sezganman. Masalan tarix yoki iqtisodni faqat darslikdan o'qib "Bor bilim shundan iborat" deb o'yladiganlarga achinaman. Ular davlat programmasiga kirmagan qanchalar ko'p ajoyib narsalar borligini bilishganda edi.

"Talaba"ga qaytadigan bo'lsak, o'zbekcha nomi sizni biroz chalg'itishi mumkin. Originalida u "Educated" deb ataladi va bu o'z-o'zidan biroz boshqacha tarjima qilinadi va "Ta'lim olgan" degan ma'noni bildiradi. Vestoverning shunday g'alati muhitdan chiqib, o'qish va ta'lim olish uchun yangi qiyinchiliklarga uchraganiga qaramasdan, ularni yengib o‘tgani ko'pchilikni ilhomlantirshi aniq.

Bu kitob Amerikadek katta imkoniyatlarga ega joyda yashab ham, uning hayot qaynab turgan markaziga qanday yaqinlashishni bilmasdan katta bo‘lishingiz mumkinligi haqida. Demakki, hammasi o'z qo'lingizda.

@panda_books
#reading

"Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin" kitobidan menga yoqqan bitta qiziq joyi.

Oddiy kurkani tasavvur qiling. Uning xo'jayini, ya'ni qassob kurkani ming kun davomida boqadi deylik. Agar bu faktni tahlilchilarga bersangiz, ular sizga qassobning kurkalarga bo‘lgan muhabbati "statistik aniqlikda ortib borayotgani" haqida xulosa qilishadi. Ya'ni ma'lumotlarga qarasangiz, hammasi joyida. Bu holat toki Shukrona bayramiga bir necha kun qolgunicha davom etadi deylik.

Shunda qassob kurkaga kutilmagan sovg‘a olib keladi 🔪 🦃 shunda kurka o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi - eng qizig'i bu aynan qassob kurkani sevishi haqidagi ishonch cho‘qqisiga yetgan va kurkaning hayoti shu zayil tinch-osuda kechishi bashorat qilingan bir paytda sodir bo'ladi. Axir, oxirgi ming kunda qassob unga "mehribonlik" qilayotgandi.

Kurka voqeasidan olinadigan asosiy xulosa shuki, falokat yaqinlashayotganini ko‘rsatuvchi dalillarning yo‘qligi, falokatning sodir bo‘lmasligini anglatmaydi. Bu xatoga ayniqsa ziyolilar yo‘l qo‘yishga moyil.

Dunyoning tobora xavfsizroq bo‘lib borayotganiga ishonish - kurkalarcha soddalikdir. Bu xuddi atom bombalari oddiy bombalardan xavfsizroq, chunki ular kamroq portlaydi, deb da’vo qilish kabidir deydi Taleb.

@panda_books
Toshkent kutubxonalarini aylanib rasmga olib, kitoblar bilan fotosessiya qilishni istaydi koʻngil…
#haqida

Qaysi tilda oʻqiysiz?

Kitobxonlik evolyutsiyasi degan atama mavjud boʻlsa, albatta unda tillarning ahamiyati degan omil boʻlar edi. Bizniki kabi jamiyatlarda ayniqsa bilinadi.

Maktabda kichik sinflarda oʻzbek va qoraqalpoq tillarini oʻrganganman. Ammo ikkinchisida adabiy resurs nihoyatda tanqisligi sababidan unda deyarli adabiyot oʻqimaganman.

Katta sinflarda bizning davrgacha fransuz va nemis tillariga ahamiyat katta edi. Bizdan boshlab ilk ingliz tili fanlari qoʻshila boshlandi. Oʻshanda bu tilda ham kitoblar deyarli yoʻq edi. Kunimizga rus tili (sovet adabiyoti) oro kirgan.

Universitetda rus va ingliz tillari 1-oʻringa chiqdi. Shuningdek, 3 yil koreys tili oʻrgandim. Qozoqchani yaxshi tushunadigan boʻldim. Sara ilmiy va badiiy adabiyotlar asnosida rus tiliga ham koʻnikdim. Boshlanishi juda qiyin boʻldi. Bir varaq betni tarjima qilish azob edi. Bilmagan soʻzlarimni lugʻat tutib yozib ketardim. Film va seriallarni ham tushunmasam ham ruschada koʻra boshladim. Vaqt oʻtibgina, buning samarasi bilina boshladi.

Hozir 50% rus, 50% oʻzbekcha oʻqiyman. Inglizchada oʻqishga miyam erinadi, buni toʻgʻrilashim kerak:) Hozir koʻpchilik yana turk tilida oʻqishini bilaman. Bu ham yaxshi.

Orada yana hamma narsadan vaqt orttira olgan paytlarim yangi til ham oʻrganyapman. Italyan tiliga qiziqishim baland shu kunlarda. Ha, shunaqa - robotman:)

Sizchi, qaysi tillarda mutolaa qilasiz?

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

1989-yil 21-oktabr. O‘zbek tili uchun kurashganlar.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Байрам муборак Bayram muborak! (#)

P.s: o'zgartirildi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya
"Barcha o'xshashliklar tasodif emas
" (2024)

Tasavvur qiling, yangi kitob o'qiyapsiz. Yetarlicha qiziqarli syujet. Ammo bir necha muddatdan keyin kutilmaganda asar voqealarining sizning hayotingiz bilan nihoyatda o'xshashligini seza boshlaysiz. Bu sizni oldiniga hayratga soladi, so'ngra sizning barchadan yashirgan sirlaringiz oshkor bo'la boshlagach bu shunchaki tasodif emas deb o'ylaysiz. Ustiga-ustak, kitobning ilk sahifasida shunday ogohlantirish (disclaimer) bor edi: "Asardagi qahramonlar va barcha o'xshashliklar tasodif emas"...


"Garri Potter-3" rejissori Alfonso Kuarondan debyut serial. Ilk ishidan yil seriali boʻlishga yaqin. Serialda muvaffaqiyatga erishgan teleradio yozuvchisi boʻlgan ayolga pochtadan kitob keladi. Unda yuqorida tasvirlanga holat yuz beradi. Syujet va operatorlik ishi qiziqarli. Birinchi qismdanoq sizni oʻziga rom etishi aniq.

Hozircha 4 ta qism chiqqan. Qolganlari har haftada. Menga manzur boʻldi, tavsiya qilaman.

@boredpandablog
2024/11/16 11:53:13
Back to Top
HTML Embed Code: