Telegram Web Link
Agar "angliyskiy"ga shu kitobdan tayyorlanmagan bo'lsang, sen bilan gaplashadigan gapimiz yo'q:)

@panda_books
Bu kitobni esa faqat Legendalar eslaydi😭

@panda_books
Bu kitob keyinroq, alg'ov-dalg'ov davrlar tugab, omon-omon zamonlarga chiqqanimizda, hammayoqda yomg'irdan keyingi qo'ziqorinday ko'payib ketgan language centerlar boshida chiqqandi.

Eh, yosh generation! Sizlar bizning Englishni qanchalar qiynalib learning qilganimizni hatto imagine qilolmaysizlar...!!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun shaxsiy kutubxonamizga roppa-rosa bir yil to'libdi. Xudoga shukr, hozir kitoblar ancha ko'payib qolgan😊

@panda_books
Forwarded from ANOTHER DAY
Ingliz tiliga tarjima qilingan o‘zbek romanlari orasida, ehtimol, eng mashhur asarlar Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" va Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romanlari bo‘lsa kerak. Ushbu tarjimalarning mualliflari Mark Riz va Kristofer Fortdir.

Ammo ko‘pchilik ingliz tiliga tarjima qilingan o‘zbek adabiy asarlari ro‘yxati asta-sekin kengayib borayotganidan bexabar. Unga Salomat Vafoning "Telefon" va Saida Zunnunovaning kundaliklari ham qo‘shildi. Birinchi asarni hozirda Berklidagi Kaliforniya universitetida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan adabiyotshunos Sabrina Jasi tarjima qilgan bo‘lsa, ikkinchisini ko‘pchilikka tanish bo‘lgan tarixchi Donoxon Abdug‘afurova o‘girgan.

O‘zbek adabiyoti tarjimonlari ro‘yxati sekin-asta to‘ldirib borilayotgani juda yaxshi.

Adabiy agent Munira opa Norovani (@authors_and_publish) ham alohida ta’kidlab o‘tishni istardim. U nafaqat tarjimonlar bilan aloqalar o‘rnatib, nashr etish bo‘yicha kelishuvlar olib borib, adabiyotimizni chet ellarda faol targ‘ib qiladi, balki o‘zi ham tarjimalar bilan shug‘ullanadi.

@andanotherday
Forwarded from Panda Books
#mutolaa

Yangi sovet o'zbek yozuvchilarining turlicha taqdirlari

1920-yillar o'rtasiga kelib jadidlardan yosh dunyoqarashi keng ajoyib yozuvchilar yangi guruhi sahnaga kirib keldi.

Ushbu rasmga e'tibor qiladigan bo'lsak, 15 yilcha oldin "Istanbul oliftasi" hisoblangan A.Fitrat kiygan zamonaviy kiyim-kechaklar endi odatiy holga aylanganini ko'ramiz.

Shiddatli o'zgarishlar zamonidagi avlod ichra qatag'ondan omon qolgan Oybek, G'.G'ulom va H. Olimjon butun O'zbekiston bo'ylab mislsiz mashhurlikka erishadi. Nomlari barcha yuksak joylarga berildi. Ba'zi G'ayratiy va Mirtemir kabi mashhur bo'lmasa ham, samarali umr kechirishadi.

Ammo ular orasida o'zbek tilida ilk nasriy yozuvchi ayol Amaliya xonim kabi nomi xotiradan o'chib ketganlari ham bor...

Adib Xolid, "O'zbekiston tavalludi"

@panda_books
#haqida

Diktatura

Diktatura - bu o'zing istagan narsani yoqtirish huquqing emas, balki istagan narsangni yomon ko'rish huquqingdan mahrum etilishingdir.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyotgan jamiyat

Kecha 77 yoshli Mario Dragi Yevropaning iqtisodiy turg‘unligi haqida nutq so‘zlarkan, unga 1 trillion dollar mablag‘ kiritishga da’vat qildi. Menimcha, bu juda kech. Yevropa (va butun G‘arb dunyosi) shiddat bilan qarimoqda - bu, ayniqsa, Qozog‘istondan Yevropaga kelganingizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rtacha yevropalik 45-50 yoshlarda bo‘lsa, o‘rtacha qozoq 25 yoshlarda. Qancha mablag‘ sarflamang, yosh baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Bu ancha yangi holat - ilgari odamlar bu qadar uzoq umr va shunchalik kam farzand ko‘rmagan, keksa avlodlar doimo faol ravishda yosh avlodlar bilan almashib turgan. Tarixdagi ko‘plab buyuk siyosatchilar, yozuvchilar va faylasuflar - Gomer qahramonlaridan tortib AQSH asoschi-otalarigacha - yetarlicha yosh insonlar bo‘lishgan. Endi bunday emas. Keksalarning hozirgi avlodi vaqt ichida qotib qolgan va hech qayoqqa ketishni xohlamayapti.

Qiziq tomoni shundaki, bugungi kunda pop-madaniyat yoshlarniki emas, balki o‘rta yoshli va keksa odamlarniki bo‘lib qoldi, garchi o‘tmishda buning aksi bo‘lgan bo'lsa ham. Kinoteatrlarda "Bad boys-4" va "Forsaj-19" filmlari namoyish etilmoqda, televizorda 57 yoshli Nikol Kidman ishtirokidagi seriallar, musiqa chartlarining yuqori pog‘onalarida esa Teylor Svift va Coldplay guruhi. Yangi nomlar paydo bo‘lsa-da, ular tez orada unutilib ketyapti. 18 yashardan sevimli uchta blogeri yoki musiqachisini aytib berishini so‘rasangiz, ehtimol ularning ismlari sizga hech narsa anglatmasligi mumkin. 30 yil oldin esa 60 yasharlar ham Maykl Jekson kimligimi bilardi.

Ammo plastik jarrohlar, fitnes inflyuyenserlari, qarishni sekinlashtirish va hayotni uzaytirish haqidagi kontentli bioxakerlar Topda. Chunki odamlar qarigan sari o‘limdan qo‘rqa boshlaydilar. Yoshlarni qanday yashash, keksalarni esa qanday qilib o‘lmaslik masalasi tashvishga soladi. Keksayib borayotgan jamiyat vaqt o‘tishi va muqarrar tanazzulni kechiktirishga qarshi kurashga mukkasidan ketgan. Ehtimol, Mario Dragi Yevropaga 1 trillion dollar "ukol qilish"ni taklif qilganida, shuni nazarda tutgandir?

Yaqinda bo‘lib o‘tgan "Apple" taqdimotida yangi mahsulotlarning barchasi yoshlarga emas, balki keksalarga mo‘ljallangan, degan fikr meni tark etmadi. Pulsni o‘lchaydigan va salomatlikni tetik saqlashga yordam beradigan soatlar. Eshitish apparatlariga o‘xshaydigan quloqchinlar. Xuddi zaif ko'ruvchilar uchun smartfonlarning ulkan ekranlari. Premiallikka urg‘u berish, rang-baranglik, taqdim qilish - bu endi gadjetlar emas, balki yosh qariyalar uchun qimmatbaho aksessuarlar va zargarlik buyumlariga aylangandek go'yo.

- Rashev

@panda_books
Bugun shoir Shavkat Rahmon tavallud topgan kun.

Shoirning o'zingiz yoqtirgan she'rlaridan izohlarda ulashing.

@panda_books
– Sening sayyorangda odamlar bir bog‘da mingta atirgul o‘stirishadi… Ammo izlagan narsasiga erisholmaydi…
– Ha to‘g‘ri – tan oldim men.
– Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?

Antuan de Sent-Ekzyuperi
"Kichkina shahzoda"

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Fyodor Dostoyevskiy — "Jinoyat va jazo"

"…hammasi odamning o‘z qo‘lida, yuraging dov bermagandan keyin burningning tagidagi narsadan quruq qolasan. Qiziq, odamlar hammadan ko‘proq nimadan qo‘rqadilar? Bir yangi ishga jazm qilishdan, bir yangi so‘z aytishdan hammadan ko‘ra ko‘proq qo‘rqadilar…"

Qaysidur mashhur insondan, kimligi esimda yo'q, nega rus tilini o'rganganini so'rashganida, u shunday javob qilgan ekan: "Dostoyevskiyni originalida o'qish uchun!". Men ham azaliy orzularimdan birini amalga oshirdim, ya'ni nihoyat, "Jinoyat va jazo"ni rus tilida o'qib tugatdim.

1865-yillarda yozilgan va hozirgi kunda adabiyot olami gultojlaridan biri hisoblanadigan ushbu ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-falsafiy roman haqida mengacha ham ko'p taqrizlar berilganki, ulardan oshirib nimadur yangilik aytish dargumon. Ammo bu hissiyot, asarda tasvirlangan rutubatli va qayg'uli Peterburg ko'chalarida qashshoq sobiq student Raskolnikov bilan piyoda sang'ishlarni his qilish insonni qanchalar o'ziga tortadi.

Syujet Raskolnikovning qotillikka qo'l urishga jazm etgan lahzalaridan boshlanadi. Muallif bizga uning allaqachon bir qarorga kelgan davridan namoyish qilsa-da, Raskolnikov oxirgi daqiqagacha ikkilanishda edi. Kutilmaganda traktirda yon stolda ofitser bilan gaplashib o'tirgan student o'zaro suhbatida, u o'zi o'ldirmoqchi bo'lgan sudxo'r ayol haqida: "Men bu la’nati kampirni o‘ldirgan va talagan bo‘lardim... hech qanday vijdon azobisiz" deydi. Dostoytevskiyni o'qirkansiz, uning mana shunday tarzda bosh qahramonning "soyalar"ini mohirlik bilan yaratganini ko'rishingiz mumkin. Yana bitta shunday "soya" bu manimcha A. Svidrigaylov personaji. Nazarimda undagi jinoyatga moyillik, shulerlik, yaxshilik va yomonlikni farqlolmaslik kabi hislatlar aynan Raskolnikov shaxsiyati bilan juda o'xshash. Farqlisi shundaki, Svidrigaylov so'nggida qat'iy qaror qabul qilib, o'z joniga qasd qilgan bo'lsa, Raskolnikov bunday qila olmaydi.

Shuningdek, piyanista va sobiq mulozim Marmeladov bilan suhbati kabi voqealar unda qat'iylikni oshiradi. Familiya ham bitta esda qoladi. O'zinign omadsiz karyerasi, uning sil xotini va fohishalikka majburlangan qizi, umuman, shunchalik achchiq qismatiga ironiya qilib Dostoyevskiy ularga shu familiyani qo'ygan bo'lsa ne ajab.

Raskolnikovning sudxo'r kampir va kutilmaganda uyga qaytgan kampirning singlisi Lizavetani bolta bilan urib o'ldirishi sahnasi va undan keyingi qahramonimizning psixologik holati shu darajada aniq va ajoyib tarzda ochib berilganki, badaningizda beixtiyor chumoli o'rmalagandek bo'ladi. Aslida buyuk kitoblarning kuchi ham shunda bo'lsa kerak.

"Jinoyat va jazo" - hayotga buyuk ishlar amalga oshirish uchun yaralganini anglash, ammo unga qodir bo'la olmaganini bilganidan larzaga tushgan inson haqida. Raskolnikov o'zi maqolasida yozganidek, qonunlardan ustun va qonunga bo'ysunivchi tabaqadan birinchisi bo'lishga, Napoleon bo'lishga intildi. Biroq bunga erisha oldimi yoki yo'q, asarni o'qib, o'zingiz xulosa chiqarasiz deb o'ylayman.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nashriyotning hamma kitobi bitta tokchaga sig'madi, afsuski...

@panda_books
Nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda unikal binolardan biri bo'lgan Quyosh Institutida "yevroremont" qilinayotgan ekan.

Tashkent modernism yozishicha, Parkentda joylashgan Quyosh-Fizika instituti binosi demontaj qilinishi natijasida, uning o'ziga xos installatsiyalari ko'chirib olingan va original derazalari buzib tashlangan.

Bu bizdagi kamdan kam katta salohiyatga ega ilmiy turizm bo'yicha maskan ekanini hisobga olsak, bu juda achinarli.

Ma'sullar bunga e'tibor qaratadi degan umiddaman.

@panda_books
#haqida

Ta'lim vs Ish

Oldin maktabni, keyin universitetni tugatasan, magistraturani xorijdagi nufuzli joyda o'qib kelasan va jonajonda ishga kirganingda, baribir birinchi bo'lib shu gapni aytishadi:

"O'qigan hamma narsangni unut!'

@panda_books
2024/09/28 00:30:04
Back to Top
HTML Embed Code: