Hayot olganing qadar nafasdir,
Hayot qolganing qadar qafasdir,
Hayot to'lguning qadar havasdir...
– Rumiy
@panda_books
Hayot qolganing qadar qafasdir,
Hayot to'lguning qadar havasdir...
– Rumiy
@panda_books
Tog'daman. Toza havoda do'stlar bilan dam olyapman. Shu munosabat bilan bugun kanalda aqlli post bo'lmaydi.
@panda_books
@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozning so'nggi yoqimli lahzalari.
#mutolaa
Ilmiy-ommabop kitoblardan dam olib, ta'tilda Frenk Gerbertning "Dyuna" kitobini boshladim. Qiziqqanimdan kattagina kitobning deyarli yarmiga kelib qolibman.
Qirolicha Irulan va Ledi Atreydes personajlari kitobdan farq qilishini tushindim, shuningdek umuman kitob tili - juda boshqacha, yoqimli va qiziqarli.
Endi Arrakis olami bo'yicha ham Geek bo'lib ketmasam bo'ldi:)

Forwarded from KitobDoira (Jasurbek Bazarbaeff)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#newbook #yangikitob
Yaqin insonimdan ham bayram munosabati bilan kitob hadya oldim😊
Jey Di Vensning "Hillbilly Elegy: A Memoir of a Family and Culture in Crisis", o'zbek tilida "Hillbillining mungli qo'shig'i". Bu odam hozir Trampning vitse-prezidenti bo'ladi, agar saylovda yutishsa.
Kanalimni sinchiklab kuzatadiganlar topgandur, bu kitob haqida yaqinda yozgandim. O'qishni juda-juda istayotgan asarim edi.
Thank you!

Forwarded from Panda Books
#review #taqriz
✳️ Chingiz Aytmatov — "Jamila"
1950-60-yillarda Moskvada "Новый мир" — eng obro'li va eski adabiy jurnallardan biri hisoblanardi. Bu jurnalda Sholoxov, Pasternak, Soljenitsin va Hamzatov kabi adabiyot darg'alarining eng yaxshi asarlari chop etilardi. 1958-yilda tahririyatga hali endi 30 yoshga to'lgan qirg'iz yozuvchisining qissasi kelib tushadi. O'sha paytdagi bosh muharrir Aleksandr Tvardovskiyga qissa juda manzur bo'ladi va uni "Jamila" deya nomlab, bosib chiqaradi. Majoziy aytganda, shu bilan ertaga tongda Chingiz Aytmatov endi mashhur sifatida uyqudan uyg'onadi.
Uning asari nafaqat SSSRda, balki undan tashqarida ham keng sur'atlarda bosilib chiqa boshlaydi. Lekin avvalboshida uni rus yozuvchisi deya hisoblashardi, sababi chet elliklarning SSSR xalqlari borasida bilimlari yetarli emasdi, biroq garchi keyinchalik rus tilida ijod qilgan bo'lsa ham o'zini qirg'iz millati yozuvchisi ekanligini ta'kidlab keladi va shunday hisoblaniladi. Albatta, qissalari ichida keng muhokamalarga sabab bo'lgani ham "Jamila" edi. Shuningdek, asar dovrug'iga yana bitta voqea ham sabab bo'ladi. Ba'zilar tan olishni istamas, ammo "Jamila" haqida allaqanday fransuz emas, balki mashhur adib Lui Aragon o'z fikrlarini bildiradi va o'zi uni fransuz tiliga tarjima qiladi. Ko'pchilik biladigan ""Jamila" - dunyodagi eng goʻzal muhabbat qissasi", degan ta'rif ham unga tegishli. Biroq bu kontekstdan uzib olingan bir parcha, xolos. Men uning davomini internetdan izlab topdim va tarjima qildim. Demak, Lui Aragon shunday deydi:
"Men ushbu mag'rur Parijda, Gyugo, Bodler shahrida, inqiloblar rahnamosi bo'lgan Parijda, har bir toshi afsona va tarix bilan bog'liq abadiy san'at shahri va yana sevishganlar shahri hisoblanmish makonda barcha o'qiganlarim, ko'rgan-bilganlarimdan keyin "Jamila"ni o'qidim va ko'z oldimda buyuk Romeo va Julyetta, Paolo va Francheska, Ernani va donya Sol obrazlari xira tortdi. Men Doniyor va Jamila bilan tanishdim, ular meni urushning 3-yili, 1943-yildagi avgust oyi tunlariga olib ketdi..."
Eng avvalo, men "Jamila"ni maktab paytlari o'qib chiqqanman. O'zi o'ylab ko'rsam shu paytgacha eng ko'p asarlarini o'qigan yozuvchilarim orasida Aytmatov yetakchilardan biri ekan. Chunki Aytmatovda faqat buyuk yozuvchilarda bo'lishi mumkin nodir bir iste'dod mavjud edi. Bu ham bo'lsa bir vaqtning o'zida ham milliy, ham umumbashariy bo'la olishdir. Uning asarlarida masalan, "Asrga tatigulik kun", "Oq kema"da millat muammolari ta'sirli ko'rsatilgan bo'lsa-da, muallif o'zini makon va zamon bilan cheklab qo'yishni istamaydi. Uning asarlarini faqat qirg'izlar tushunib, bosh irg'ab qo'yishlari bilan kifoyalanmaydi. O'z kitoblarida barcha zamon, makon va millatlarda yaxlit tushunchaga ega, insonning eng oliy hissiyotlaridan biri - sevgini tarannum etishga intiladi.
"Jamila" - sevgi haqida yozilgan eng go'zal qissa ekanligi ham shunda, ya'ni ha, u aslida hech bir bahssiz oddiy qirg'iz qishloq ayoli, yana erli juvon. Ammo bu uning umumbashar vakili, eng avvalo INSON ekanligini aslo inkor qila olmaydi. Sevgi bizning taqdirimizni harakatga keltiradigan buyuk kuchlardan biri va ba'zan insonni jamiyat yaratgan qoidalarni buzishga undaydi. Sevgi ko'pyuzlidir, uning qiyofalari sanoqsiz. Doniyor va Jamila ham shunday go'zal sevgi siymolariga aylandi. Bu ularni hasrat, dard va jamiyatdagi burchlarini tark etishga da'vat qilgan bo'lsa ham. Ammo kim aytdi sevgi faqat biz bilgan shakllarda uchraydi deb? Aytmatov Jamilada sevgining o'sha biz bilmagan va qabul qila olmagan shakllaridan birini namoyon etadi.
Jamila — aksarimiz orzu qilgan va kamchiligimiz erisha olgan muhabbat ramzidir. Va shaksiz, go'zal sevgi qissasi...
Yoqimli mutolaa!

“A time to get and time to lose, ” Jessica thought, quoting to herself from the O.C. Bible. “A time to keep and a time to cast away; a time for love and a time to hate; a time of war and a time of peace.”
— Frank Herbert, "Dune"

#haqida
Matritsada yashashimiz yoxud soxta tarix
Bizda tarixni juda xato o'qitishadi. Holbuki, bu haqida yozishni istamasamda, bu jumlani men tez-tez takrorlayman. Bizda faktlarni yodlatishadi, fikrlashga yoki savol berishga yo'naltirishmaydi. Mayli.
Mana yuqoridagi 3 ta rasma e'tibor bering. Ular ilinmagan maktab binosi yo'q, bannerlar yoki tarixiy kitoblarda ko'rilib yod bo'lgan kartinalar. Ammo ular sovet davrida yasalgan va ko'pgina tarixiy xatolar bilan to'la.
Biz oʻtmish hayotini tez unutuvchi xalqmiz. Oʻtmishni tez unutib, uni bilmay, his etmay qolishimiz bois, oʻzgalar bizga nimani taqdim etsa, quloq qoqmay olaveramiz.
Holbuki, Amir Temur hech qachon toj kiymagani, taxtga oʻtirmagani, oʻzini xon yo podshoh deb emas, amir deb atagan. Taxtga chingiziy Suyurgʻatmishxon chiqarilgan, uning nomida tanga zarb qilingan. Ammo biz Amir Temurni taxtga majburan oʻtqizamiz, boshiga toj qoʻndiramiz, shu maʼqul tuyuladi bizga. Sohibqironning barcha rasmlari va haykallarida u taxtda va boshida toj. Shuni ma'quldek bizga...
Navoiyning bu rasmini hatto bizga muallifi ma'lum emas ekan(!) Xayolan uning soqol-moʻylovini olib tashlasangiz, qarshingizda amir Navoiyning emas, tegmanozik malikaning – qoshi qaldirgʻoch bir ayol kishining qiyofasi namoyon boʻladi. Holbuki, Navoiy har jihatdan barkamol bir er kishi boʻlganini Xondamir qaydlarida oʻqish mumkin.
Boburning XVII asr boshida chizilgan bir portreti borki, bu rasm Vizantiyada chizilgan, degan maʼlumotlar uchraydi. Boshida ulkan salla, kursida oʻtirib kitob mutolaa qilayotir. Obraz balki u qadar yomon emasdir, biroq boshidagi salla oʻn ikki buram, bu esa uni shia mazhabi vakiliga oʻxshatib qoʻygan. Holbuki, Bobur sunniy musulmon edi. Pirimqul Qodirov ham adashmasam uni faqat bir marta shunaqa salla o'ragani haqida yozgandi, u ham Ismolil Safaviy qistovi bilan. Ammo, afsuski, bugun aksar surat va haykallarda Boburning boshida – oʻsha oʻn ikki buramli savatday salla.
Bu haqida adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov batafsil yangi maqolasida yaxshi yozibdi. O'qib chiqib fikr yuritishga arziydi.

AES
Nazarimda, Markaziy Osiyoda bizdan oldinroq Qozog'iston o'z janubida AES qurishga kirishadi shekilli. Har holda qozoq matbuoti bugun shuni muhokama qilayapti.
Qozog'iston hukumati bu borada aholi orasida ommaviy tinglov bo'lishini, uning ortidan umumxalq referendumi o'tkazilishini aytyapti. Ammo bular shunchaki "demokratik illuziya" ekani, AES qurish qarori allaqachon qabul qilinganini bilamizku.
Odamlar janubiy Qozog‘istonda AES qurilishiga qarshi to'g'ri argumentlar berayapti. Masalan, sohalardagi korrupsiya, o‘g‘irlik, boshqaruvga noloyiq rahbarlar, sifatsiz qurilish, moliyaviy muammolar, mintaqaning og‘ir ahvoli, Chernobilni unutmagan xalq. Va yana bir kuchli dalil bor: zilzila.
Xullas, endilikda Markaziy Osiyoning kamida 2 ta davlati o'z hududida xavfli yadroviy struktura bo'lishini istamoqda.

O'qishga kirgan yilimdan esdalikka asrab qo'ygan hujjatim. Oldinlari 1-avgust imtihonida shunaqa DTM qog'ozi degan narsalar bo'lardi. Hozir bormi yo'qmi bilmayman.
Yana bir gap, o'shanda ancha ozg'in bo'lgan ekanman😢
@panda_books
@panda_books
#reading
"Dyuna"ni tugatishim bilan Jorj Martinning "Olov va Qon" romanini boshlab yubordim. "Ajdar Xonadoni" serialidan keyin buni o'qib chiqmasam bo'lmasdi.
Men tobora fentezi olamiga kirib borganim sari, Sci-fi va badiiy kitoblarim joyida qolib ketyapti...:(

Sabohiddin Aliga qiziqib, bitta sotib olgandim. Keyinchalik esa shundan yana ikkita sovg'a qilishdi.
Endi esa nega ozgina kutib turmadim? deya siqilyapman😢😁