Telegram Web Link
Shunchaki, internetda yaxshi kitoblar haqida gapirib o'tirasan va keyin Angliyada 2023-yilning o'zida Paolo Koelyoning "Alkimyogar" kitobi £325,000 lik sotilganini o'qib qolasan...

@panda_books
Imperiyalar rishtasi

Aytgancha, bugun muhim sana. 1453-yilning shu kunida Konstantinopol qulaydi. Aslini olganda Qadimgi Rim imperiyasi tarixchilar aytganidek 476-yilda emas, balki aynan o'sha sanada tugaydi. Negadir ko‘pchilik Vizantiya - bu Rimning davomchisi ekanligini unutib qo‘yadi.

O'z tarixi davomida Vizantiyaning ushbu beqiyos poytaxtini turli xalqlar - arablar, slavyanlar, pecheneglar, bolgarlar, mo'g'ullar, forslar egallashga harakat qilishdi. Ammo faqatgina yosh Mehmet II boshchiligidagi turkiylargina muvaffaqiyat qozonadi. Deyarli 2000 yil mavjud bo'lgan Rim Imperiyasi 21 yoshli (!!!) yigitning qamali ostida taslim bo'ladi.

Konstantinopolning qulashi nafaqat eski davrning tugashini, balki G'arb va Sharq o'rtasidagi savdo-sotiqning murakkablashishga ham olib keladi. Iqtisodiy inqiroz Yevropa davlatlarini dengiz yo‘llari singari muqobil savdo yo‘llarini izlashga undaydi va oradan 40 yil o‘tib, Xristofor Kolumb Amerikani kashf etadi.

Rashev

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya

Sizlarga ajoyib dorama topib keldim!

"8lik Shousi" yoki "The 8 Show" – tezda mashhurlikka erishayotgan yangi serial. U o'zida o'tkir ijtimoiy muammo - yoshlar orasida o'z joniga qasd qilish, tengsizlik va o'zaro hamjihatlikda yashash kabi mavzularni yoritib bergan.

Bu bilan u ispanlarning "Platforma"si yoki "Kalmar o'yini"ni eslatib yuboradi. Ammo anchayin qiziqarli.

Hozircha 1 ta qism tomosha qildim va shunchaki Wow!

@boredpandablog
2023-yil davomida o'g'il-qizlarga eng ko'p qo'yilgan ismlar reytingi ekan.

@panda_books
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp jinoiy ishda aybdor deb topildi. Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati sobiq prezident Donald Trampni 34 ta hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Hukm 11 iyul kuni e’lon qilinadi.

Yaqinda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida Tramp ishtirok etmasligi uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishyapti. Quyida esa bu voqeaga tarmoqlardagi ba'zi sharhlarni ko'rishingiz mumkin.

Siyosiy sharhlovchi Mett Uolsh:
"Tramp qora tanli emas, demokrat emas va zo‘ravon jinoyatchi ham emas, shuning uchun uning Nyu-York sudida oqlanish imkoniyati yo‘q edi".

Taker Karlson, jurnalist:
“Uchinchi dunyoni import qiling, uchinchi dunyoga aylaning. Buni biz hozirgina ko‘rdik. Bu Trampni to‘xtata olmaydi.
U saylovda g‘alaba qozonadi, agar ungacha o‘ldirilmasa. Bu dunyodagi eng adolatli adliya tizimining tugashini anglatadi.”


@panda_books
#haqida

Tramp

Nega shaxs sifatida yoki prezident sifatida unga nisbatan qilinadigan nafratni hech qachon tushunmaganman. Komik, mallasoch, gapga usta oq tanli siyosatchi. Faqat ikki jins bor degani uchun LGBTlarga yoqmas balki...

Bugungi ayblov Tramp tomonidan 2016-yili pornoaktrisa Stormi Deniyels bilan jinsiy aloqada bo‘lgani va buni yashirish uchun Deniyelsga 130 ming dollar pul to‘laganligi (pulni soliqdan olib qochgan). Ha, u qachondir yolg'on gapirgan bo'lsa, bu ayollar va uning biznesi to'g'risida edi. Hozirchi? Bayden bundanda jiddiyroq narsalar haqida yolg'on gapirayotganini hamma yaxshi bilib, ko'rib turibdi.

Odatda So'z erkinligi haqida eng ko'p gapiradiganlar eng katta senzorlar bo'lib chiqadi.
Eslasangiz Trampni Twitter, Facebook va Youtubeda taqiqlashgandi. Uni deyarli barcha OAV va yirik platformalardan butunlay uzishgandi. Ammo boboy taslim bo'lmadi - faol ravishda o'z ijtimoiy tarmog'ini yaratdi va mana 2024-yilgi prezidentlikka nomzodini qo'yish fikridan qaytgani yo'q.

Endi.. mana endi, shuncha sinovlardan o'tib, Tramp yo turmaga tushadi va shu yoqlarda yo'q bo'p ketadi yoki prezident bo'lib, nihoyat 3-jahon urushi ostonasiga kelib qolgan dunyoda nimadurlar qilib ko'radi. Nimayam deymiz...

Ālea iacta est!

@panda_books
​​#tavsiya

O'smirlarga yozgi mutolaa uchun TOP 7 kitob tavsiya

Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni". U 75 yil avval Parijda ta'sis etilgan. Urushdan keyingi yillarda voyaga yetmaganlarning muammolari ayniqsa keskin edi: ularning ko‘pchiligi yetim qoladi, uy-joyidan ayriladi, og‘ir sharoitlarda yashab, ta’lim ololmay qoladi. Keyinchalik ba'zi mamlakatlar bolalarga bag'ishlangan o'zlarining mahalliy bayramlarini ishlab chiqdilar.

Ushbu sanadan ko‘zlangan asosiy maqsad — voyaga yetmaganlarning hayotga, sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga, zo‘ravonlikdan himoyalanish va oila farovonligiga bo‘lgan asosiy huquqlarini voyaga yetganlarga eslatishdir. Ularning barchasi BMTning Bola huquqlari deklaratsiyasida bayon etilgan.

Yaxshiyamki, zamonaviy o'zbek bolalari ular uchun maxsus yozilgan ajoyib nashrlarni o'qishlari mumkin. Ota-onalarning vazifasi - ularga manfaatlisini tanlashda yordam berishdir.

Bu yil ham an'anaga muvofiq, men bolalar va o'smirlar uchun yozgi mutolaa uchun badiiy kitoblar tavsiya qilmoqchiman. Bular quyidagilar:

1️⃣ Ketrin Paterson"Terabitiya mamlakatiga eltuvchi ko'prik"
2️⃣ Sadriddin Ayniy "Sudxo'rning o'limi"
3️⃣ Robert Luis Stivenson "Xazinalar oroli"
4️⃣ Jyul Vern "15 yoshli kapitan"
5️⃣ Xojiakbar Shayxov "Olmos jilosi"
6️⃣ Odil Yoqubov "Qaydasan, Moriko"
7️⃣ Mahmudxo'ja Behbudiy "Odob-axloq kitobi"

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#news

𝘐𝘯 𝘢 𝘩𝘰𝘭𝘦 𝘪𝘯 𝘵𝘩𝘦 𝘨𝘳𝘰𝘶𝘯𝘥 𝘵𝘩𝘦𝘳𝘦 𝘭𝘪𝘷𝘦𝘥 𝘢 𝘩𝘰𝘣𝘣𝘪𝘵. 𝘕𝘰𝘵 𝘢 𝘯𝘢𝘴𝘵𝘺, 𝘥𝘪𝘳𝘵𝘺, 𝘸𝘦𝘵 𝘩𝘰𝘭𝘦, 𝘧𝘪𝘭𝘭𝘦𝘥 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘵𝘩𝘦 𝘦𝘯𝘥𝘴 𝘰𝘧 𝘸𝘰𝘳𝘮𝘴 𝘢𝘯𝘥 𝘢𝘯 𝘰𝘰𝘻𝘺 𝘴𝘮𝘦𝘭𝘭, 𝘯𝘰𝘳 𝘺𝘦𝘵 𝘢 𝘥𝘳𝘺, 𝘣𝘢𝘳𝘦, 𝘴𝘢𝘯𝘥𝘺 𝘩𝘰𝘭𝘦 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘯𝘰𝘵𝘩𝘪𝘯𝘨 𝘪𝘯 𝘪𝘵 𝘵𝘰 𝘴𝘪𝘵 𝘥𝘰𝘸𝘯 𝘰𝘯 𝘰𝘳 𝘵𝘰 𝘦𝘢𝘵: 𝘪𝘵 𝘸𝘢𝘴 𝘢 𝘩𝘰𝘣𝘣𝘪𝘵-𝘩𝘰𝘭𝘦, 𝘢𝘯𝘥 𝘵𝘩𝘢𝘵 𝘮𝘦𝘢𝘯𝘴 𝘤𝘰𝘮𝘧𝘰𝘳𝘵.
- J.R.R Tolkien, "The Hobbit"

Insayder ma'lumot. Mashhur "Hobbit" fentezi romani o'zbek tilida chop etilishi mumkin. Tarjima ishlari boshlangan. Aniq sana hozircha ma'lum emas, ammo bu shunchaki vaqt masalasi. Quvonarlisi, buning ustida ish boshlangani.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bambukdan qog'oz tayyorlashning qadimiy usuli.

@panda_books
Panda Books
#haqida Tramp Nega shaxs sifatida yoki prezident sifatida unga nisbatan qilinadigan nafratni hech qachon tushunmaganman. Komik, mallasoch, gapga usta oq tanli siyosatchi. Faqat ikki jins bor degani uchun LGBTlarga yoqmas balki... Bugungi ayblov Tramp tomonidan…
Tramp TikTok ochibdi. Bir kunni o'zida deyarli 4 mln obunachi yig'gan.

Bir paytlar uning administratsiyasi TikTokni bloklamoqchi edi. Lekin hozir u AQSh maxsus kuchlariga xizmat qilmaydigan va dunyodagi eng ommaviy ijtimoiy tarmoqqa muhtoj.

Welcome back!

@panda_books
#sarhisob #may

Oy Sarhisobi.


Bu oy men uchun dam olish oyi bo'ldi. Ta'tilda tabiat ham o'zining salqin havosini ayamadi. Xullas, so'nggi yillardagi eng yaxshi May oyi bo'ldi.

O'qilgan kitoblar:
♻️
Shohrux Usmonov – "Tadorik"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Haruki Murakami – "Tokio afsonalari"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Hojiakbar Shayxov – “Olmos jilosi”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Jorj Martin — "Taxtlar o'yini"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Lyu Sizin — "Qorong'u o'rmon"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 1-May sirli tarixi
👉 Xudoyorxon saroyi
👉 Senzura
👉 Kun surati
👉 25-May
👉 Eng yaxshi qasos
👉 Imperiyalar rishtasi
👉 Tramp

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Sevimli turk yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
Panda Books
Sevimli turk yozuvchi(lar)ingiz qaysi? @panda_books
O'hoo'! Izohlarda hali jang boshlanmadimi? Qurbonlar yo'qmi:))😂

@panda_books
#news

Bill Geyts kelgusi yil o'z memuarini e'lon qiladi

"Source Code" deb nomlanuvchi ushbu kitobda dunyoning eng boy insonlaridan birining bolaligi va yoshligidan to Microsoft korporatsiyasi tashkil topguniga qadar bo'lgan voqealar haqida so'z boradi. Nega universitetni tashlab ketgani va Pol Allen bilan birga yangi loyhaga asos solgani haqida bilib olishingiz mumkin.

O'ylaymanki, kitob yaxshi sotiladi va Bill Geyts keyinchalik Microsoftdagi faoliyati haqida ham alohida kitob yozadi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi davrda kitob mutolaa qilish va unga vaqt topish haqida

@panda_books
Forwarded from Book Talks
BookTalks qaytmoqda
#haqida

Aktivizm

Ochig'i, men zamonaviy (eko)aktivizmni diniy fanatizm bilan bitta pog'onaga qo'yaman. Farqi kattadek ko'rinsa-da, aslida unday emas.

Uyam buyam bir xilda o'zi tutib olgan fikridan aslo qaytmaydigan, sog'lom muhokamaga kirishmaydigan insonlardan iborat. Radikal o'zgarishlar tarafdorlariyam juda ko'p ular orasida.

Ekoaktivistlar ham sektantlarga o'xshab o'z ishonadigan e'tiqodga, avliyolariga (Greta Tunberg), tanib olsa bo'ladigan atributlariga (qizil bo'yoq va hkz) va o'z OxirZamoni - (Global suv bosishi, Overpopulation, resurslar tugashi)ga ega.

Yalang'och emchaklar, ko'chalarda shizofrenik baqiriqlar, turli bayroqlarni xilpiratgancha marshlar.. Ammo iqlim muammolari bo'yicha birorta jo'yali takliflar yo'q. Faqat qichqiriq.

Vandalizm qilishlari esa alohida mavzu - har hafta u yoki bu mashhur muzey yoki galereyada qandaydir aktivist tarixiy yodgorliklarga hujum qilgani haqida xabar chiqadi.

O'zbekistonda bunaqasi yo'qku deyishingiz mumkin. Hozircha. Bizda ham Shok va Drama qilishni xohlaydiganlar juda ko'p, Bu faqat vaqt masalasi xolos.

Bir necha yil oldin avstraliyalik o't o'chiruvchilar katta yong'inlar uchun... ekofaollarni ayblashgandi. Ma'lum bo'lishicha, ular o'zlarining faolligi bilan eski o'rmonni vaqtida rejali yoqishga yo'l qo'yishmagan, natijada yozgi yong'inlar paytida o'rmon butunlay yonib ketgan. Faollik har doim ham foydali emas.

Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatimizdagi o'zlarini "liberintelligensiya" deya ataydigan qatlam vakillarini odamlarga qanday yashash kerakligini o'rgatayotganini ko'rsam, shunchaki kulib qo'yaman.

@panda_books
2024/06/26 18:54:59
Back to Top
HTML Embed Code: