Telegram Web Link
​​Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni oʻylayman
Oʻzimdan koʻproq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq
!

Bugun shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Yoqtirgan she'rlaringiz bilan izohlarda bo'lishing.

@panda_books
Seni harakat/omad/muvaffaqiyatdan ushlab turgan narsalar:

Qo'rquv
Mag'rurlik/ego
Harakatsizlik
O'yin-kulgu
Perfektsionizm
Comfort zonasi
Noaniq maqsadlar
Hammaga yoqish istagi
Qiziqish va self-study yetishmasligi
Qat'iyat va iroda yetishmasligi
O'tmishdagi xatolar haqida o'ylayverish
Sog'liqqa e'tibor bermaslik
Boshlash uchun munosib vaqtni/lahzani kutish

Bularni qo'yib yubor.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
#feedback
Mutolaa taqdimoti ajoyib o'tdi. Jonli spektakl tarzida namoyish etilgani ayniqsa ta'sirli chiqdi.

Umuman hammasi yaxshi o'ylangan. Keyin odatiy tarzda rasmiylar tadbirni ochib berishdi. Keyin Mutolaa loyihasining rahbari so'z olib, loyiha maqsadi va kelajakdagi vazifalari bilan o'rtoqlashdi.

Oxirida Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida Erkin Bozorov tomonidan suratga olingan filmni taqdimotini tomosha qildik. Juda tas'irli va sifatli chiqibdi. Qisqa metrajli bo'lsa ham, kitobning muhim joylarini ochib bera olgan nazarimda.

Umuman, ushbu jamoaning motivatsiyasi balandligi, bilim olishga imkoniyat yaratishga intilayotgani, ayniqsa jamoaning asosan yoshlardan iborat ekanligini menga juda yoqdi.

Loyiha va uning faoliyati haqida bir qancha feedbacklar tayyorlab qo'ygandim, qachondir bu haqida ham gaplashib olishga vaqt bo'ladi va loyiha hali ko'plab yoshlarning sevimli ilovasiga aylanadi degan umiddaman!

@panda_books
#youtube_tavsiya
"Qo'rqma" chiqqanida mazza qilib o'qiganman. U haqida taqriz ham yozgandim. Ammo doim "Bu kitob qachon kino qilinarkan?" deb o'ylardim.

Mana, nihoyat roman asosida ajoyib mini-film yaratilibdi. Menimcha, taqdimotda ishtirok etganlar orasida haligacha ushbu kitobni o'qimaganlar, bu kinoni ko'rganidan so'ng, albatta, unga qiziqib qolishgani aniq.

Film uchun ijodkorlarga alohida tashakkur! U bugun Youtube tarmog'iga ham joylanibdi.

Kechki tomosha uchun eng munosib tanlov! Oilaviy ko'rish tavsiya etiladi.
👉 https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

@panda_books
Bugun argentinalik rassom Fabian Perezni o'zim uchun kashf etdim.

Birinchi kartina "Salom", ikkinchisi esa "Xayr" deb nomlanarkan. Nazarimda, rassom tomonidan ushbu hissiyotlar g'oyat aniq ifoda qilingan.

Bugun sizning kayfiyatingiz qanaqa?

@panda_books
"Telba" - roman.
"Men telbaman" — xabar.
"U telba" — taqriz.
"Biz telbamiz" — tahlil.
"Sizlar telbasiz" — jurnalistika.
"Ular telbalar" — reportaj.
"Bilasizmi, ular telba" — maxsus reportaj.
"Yo'q, o'zing telbasan" — kommentariya.
"Aytingchi, siz telbamisiz?" — intervyu
"Ehtimol, u telbadir" — nuqtai nazar.
"Telbalar orasida" — hisobot.
"Telba hayoti" — biografiya.
"Telba bo'lish" — avtobiografiya.

internetdan.

@panda_books
#news

Sergey Gurievning mashhur "Spin Dictators" kitobi qozoq tilida ham chop etilibdi. Ular nomini “Aylaker diktatorlar” (“Hiylakor diktatorlar”) deb o‘girishibdi. Bizdagi tarjimada esa "Manipulyativ diktatorlar" deyilgandi.

Guriev qozoqlarning ushbu tarjimasini alohida e'tirof etuvchi video yo'llabdi. Unda nashriyotning original muqovani o'zgartirishganini hatto maqtagan. Aytish lozimki, qozoqlarning muqovasida qo'y terisini yopingan bo'ri tasvirlangan.

Albatta, biz qo'shnilarimizdan deyarli bhir yil oldin tarjima qilib nashr etganmiz. O'zim o'sha taqdimotda qatnashganman. Ammo o'shanda Guriev negadur bizdagi nashriyotga bunday mulozamat ko'rsatmagandi.

@panda_books
​​"Garri Potter" asari meni nimaga o'rgatdi?

Garri Potter menga hayotda ba‘zi narsalar uchun hattoki jonni fido qilsa arzishini o‘rgatdi.

Ron Uizli menga insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi sehr-jodudan ko‘ra yuz karra kuchliroq narsa ekanligini o‘rgatdi.

Germiona Grenjer menga ta‘lim va bilim qizlarning eng ko‘zga ko‘rimli tomoni ekanligini o‘rgatdi.

Severus Sneyp menga hech qachon hech kimni muhokama qilmaslikni o‘rgatdi.

Rubeus Xagrid menga qaysidir nuqtai-nazardan qaraganda, hamma ham kelishgan bo‘lishi mumkinligini o‘rgatdi.

Jinni Uizli menga bir vaqtning o‘zida ham quvnoq, ham chiroyli bo‘lish mumkinligini o‘rgatdi.

Lili Potter menga ona mehri dunyodagi eng katta kuch ekanligini anglatdi.

Remus Lyupin menga faqat qo‘rquvdangina
qo‘rqishim kerakligini o‘rgatdi.

Sirius Blek menga kimnidur yo nimanidir chindan yaxshi ko‘rsak, u bizni tashlab ketmasligini o‘rgatdi.

Albus Dambldor menga hamma yaxshi odamlar har doim ham yaxshi bo‘lmasligini o‘rgatdi.

Drako Malfoy menga yomon odamlar har doim ham yomon bo'lmasligini o‘rgatdi.

Luna Lavgud menga boshqacha bo‘lish - ajoyib ekanligini o‘rgatdi.

Dobbi menga ozodlik bu eng katta sovg'a ekanligini o‘rgatdi.

Lyutsius Malfoy menga haqiqiy do‘stlarni pulga sotib olib bo‘lmasligini o‘rgatdi.

Fred va Jorj Uizli menga hamisha zarur narsa - bu kulgu ekanligini o‘rgatdi.

Durslilar menga dunyo tafakkursiz zerikarli ekanligini o‘rgatdi.

Flyor De Lakur menga haqiqiy sevgi - tashqi ko‘rinishga bog'liq emasligini o‘rgatdi.

Molli Uizli menga baxtli oilani hech qanaqa oltinga sotib olib bo'lmasligini o‘rgatdi.

Nimfadora Tonks menga ko‘rinishim qanaqa bo‘lsa ham, o‘zimni yaxshi ko‘rishim kerakligini o‘rgatdi.

Persi Uizli menga hech qanaqa karyerani oila bilan almashtirib bo‘lmasligini o‘rgatdi.

Sibella Treloni menga o‘tmishni emas, kelajakni o‘zgartirib bo‘lishini eslatdi.

Piter Pettegryu menga kalamushlar insonga do‘st emasligini o‘rgatdi.

Minevra MakKonagal menga yaxshilik qilish uchun yoshning ahamiyati yo‘qligini o‘rgatdi.

Lord Volan de Mort menga sevgisiz hayot hayot emasligini o‘rgatdi.

Joanna Rouling menga o‘zimiz sevgan tarix har doim yonimizda bo‘lishini o‘rgatdi.

Eski tarjimalarimdan
@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Til baryerlarining qiyinchiliklari haqida. Bu yerda ispan qizi rus tilini tushunolmayapti😁

Aslida, aynan shu sababdan ham bir-biridan uzoq tillardan tarjima murakkab narsa hisoblanadi. QIzig'i, bizdayam "stolda turibdi, yotibdi" desa bo'ladi:)

@panda_books
#sarhisob #aprel

Oy Sarhisobi.


Bu oy men uchun juda sermahsul o'tdi. Yaxshi loyihalarda qatnashdim, ko'p ishlarga ulgurdim. Shu bilan birga bir necha kitoblarni tugata olmadim. Endi qolganini mayda davom ettiramiz.

O'qilgan kitoblar:
♻️
Skott Karni"Qizil bozor: Inson tana a'zolari savdosi qanday tuzilgan"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Lyu Sizin — "3 Jism Masalasi" (Three Body Problem)
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Motivatsiyaning yo'qligi
👉 Orzular sari parvoz qiling!
👉 Ayollar effekti
👉 Ibn Sino haqida bilmagan haqiqatlarimiz
👉 Gagarin
👉 Zeitgeist
👉 Ikkinchi Rim
👉 Kremniy vodiysida kremniy konlari yo'q
👉 Asosiy tamoyillar
👉 Vaqti keldimi?

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
​​1-May sirli tarixi

​​"Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi"

Bu so'zlar 1887-yil 11-noyabrda Chikagoda 8 soatlik ish kunidagi namoyishda qatnashgani uchun osishga hukm qilingan mahbuslardan biri Avgust Shpisning so'nggi hukm oldi so'nggi so'zlari sifatida yangragandi.

Haymarket maydonidagi miting

1886-yil 1-may kuni bir guruh amerikalik ishchilar o'zlariga ish sharoitlarini yaxshilash va 8 soatlik ish kunini joriy qilishni talab qilib, katta namoyish va mitinglar o'tkazadi. Uning miqyosi kattalashib, salkam 80 mingga yaqin ishchi ish tashlashga qo'shiladi, butun mamlakat bo'ylab esa ish tashlaganlar soni 300 ming kishidan oshib ketadi.

Tabiiyki, hukumat qattiq choralar ko'radi. Chikagodagi namoyishlar politsiya tomonidan shafqatsizlarcha bostiriladi, 6 nafar odam o'ldiriladi, o'nlab kishi jarohatlanadi.

O'sha paytdagi mehnat sharoitlari juda og'ir edi: maoshlar nihoyatda past, ish vaqti esa 12-15 soatni tashkil qilardi. Shuningdek, bolalar mehnatidan foydalanish, ijtimoiy kafolatlar yo'qligi odamlarni nihoyatda og'ir axvolga solib qo'ygandi.

Ertasi kuni politsiya yuzlab "shubhali" odamlarni hibsga oladi. Ushbu operatsiya natijasida namoyishni boshlashda gumon qilinib 8 nafar anarxist sudga tortiladi.

1887-yil 11-noyabrda 4 ta anarxist A.Parson, A.Fisher, J.Engel va A.Shpis osishga hukm qilinadi, Ularni oq xalatda qatl joyiga olib kelishadi. Shunda ham mahbuslar xalqaro ishchilar harakatining madhiyasi bo'lgan "Marselyeza"ni jo'r bo'lib kuylashardi. Mahkumlarni so'nggi bor ko'rib qolmoqchi bo'lgan oila a'zolarini politsiya tomonidan hibsga olinadi. Qatldan oldin, osishga hukm qilinganlardan biri, Avgust Shpis: "Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi", deya baqiradi.

1893-yil 26-iyunda Illinoys gubernatori Jon Piter Altgeld ularni oqlash va yaqinlaridan kechirim so'ralgan rasmiy hujjatga imzo chekadi.

Bu sana bizning tariximizda ham katta iz qoldirgan, chunki Sobiq Ittifoqning butun tarixi davomida 1-May kuni "Ishchilar kuni" deya katta bayram qilib kelingan. Undan tashqari, Shimoliy Koreyada joylashgan, dunyodagi eng yirik stadion hisoblangan majmua ham "1-May" deb ataladi.

@panda_books
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
#youtube_tavsiya

Mana bu yer sizlarga ajoyib turkmancha Rep olib keldim. Ha, bu ikki so'z - turkman va rep bitta jumlada ketma-ket kelmoqda😁

Yo'q, yo'q, bu siz o'ylagandek, supermen Arkadag'imizdan navbatdagi xit ham emas:)

Emin Rasen ismli repper bor ekan va uning vatanparvarlik ruhidagi rep qo'shiqlari tarmoqda yetarlicha chiqib keldi. Shulardan birini, turkiy xalqlar birligi va tarixi haqidagi "Turon" ni e'tiboringizga havola qilaman.

Unda ko'pgina bobolarimiz hurmat bilan tilga olingan. Bir eshitib ko'rish zarar qilmaydi.

@panda_books
Sayohatga o'zingiz bilan qaysi kitob(lar)ni olib chiqqan bo'lardiz?

@panda_books
​​​​#review #taqriz

Aziz Nesin — "Futbol qiroli"

Og'riqli mavzular kulgu bilan yoritib berilgan futbolga aloqasi yo'q satira.

"Saiiiiid! Said! Menga....menga to'pni oshir....!"

Kech bahor. Tushdan biroz o'tgan bir mahalda ushbu taqrizni yozishga o'tirarkanman, mahalladagi bolakaylar uy oldidagi maydonchada futbol o'ynashni boshlagandilar. Odatda bunday vaqtlarda derazani bekitib qo'yardim, ammo bugun aynan futbol o'yini haqida qog'oz qoralayotganim sababidan ularning baqiriq-chaqiriqlari fonida yozishda davom etdim...

Turk hayotining 60-70-yillaridagi ijtimoiy ko'rinishlarini yaqqol aks ettiradigan o'tkir qalam ustasi Aziz Nesin asarlarida orasida shuni juda yoqtiraman. Uni mutolaasi paytida miriqib kulib olganman. Ammo muallif "Futbol qiroli"da kitobxonni nafaqat ajoyib yumor bilan kuldiradi, balki og'riqli mavzulari bilan o'ylantirib qo'yadi ham.

"Futbol qiroli" komedik romani iilk bora 1957-yilda "Futbol qiroli. Said Ofsayd" nomi ostida nashr etilgan. 1970-yilda esa yozuvchi yana o'z romaniga qaytib, uni to'ldirilgan holda qayta chop etadi.

"Futbol qiroli" romani syujeti haqida qisqacha to'xtalib o'tsam. Unda Said ismli badavlat, ammo nihoyatda sodda va qo'rqoq yigit, buning ustiga ko'rish qobiliyati ham zaif yigitcha tasodifan obro'li oila farzandi, ammo yengiltak Sevim ismli qizga oshiq bo'lib qoladi. Qiz uning yosh bolalarcha samimiy sevgisi ustidan ayovsiz kuladi va uni kalaka qilib yuradi. Said shunchalik soddaki, Sevimdan bir bora bo'sa olganidan so'ng, qiz uni qornidagi bolaning otasi ekanligiga ishontiradi (!)

Asar davomida sodda Said o'z sevgilisi Sevimga yoqishga harakat qiladi, unga futbolchilar yoqishidan xabar topgach, katta futbolchi bo'lishga harakat qiladi (basketbolni o'rganib, yaxshi ko'rgan qiziga yoqishga intilgan Jodu filmidagi Roxit eslansin). Nihoyat o'zgarishga qaror qilgach, qattiq mehnat va ozroq omad oqibatida oxir-oqibat katta futbol yulduziga aylanadi, erkak sifatida o'sadi va bir paytlar ustidan kulganlardan ajoyib tarzda qasos oladi. Bir so'z bilan aytganda, asar ajoyib sarguzashtlarga boy kulgili hikoya. U yerda personaj ismlarida ham ko'p ma'no yashiringanini asarni o'qib tushunib olasiz.

Shu bilan birga, romanda turk jamiyati, jumladan bizning yurt aholisi orasida ham katta o'rin tutadigan "futbol kasalligi"ning ijtimoiy jihatlari tilga olinadi, professional sportda hukm surayotgan noprofessional odob-axloq va iflos "o'yinlar" satirik usulda tasvirlanadi.

Kitob shunchaki futbol muammolari to'g'risida emas, menimcha futbol umuman asosiy planda ham turmaydi. Aslida "Futbol qiroli" - tom ma'noda bir insonning rivojlanib borishini, o'z shaxsiy fikri va hayotini qurishga bo'lgan harakatlarini ifoda etadigan qissa. Bu asar har bir inson o'z taqdirining ijodkori ekanligini yana bir barchaga isbot etadi desam mubolag'a bo'lmaydi. Motivatsiya berishni-ku, Aziz Nesin mahorat ila uddalagan.

Garchi men juda katta va murakkab mavzularborasida gapirayotgandek tuyulsam ham, aslini olganda "Futbol qiroli" mutolaasi juda yengil va nihoyatda yoqimlidir. Har kim unda o'zining bir bo'lagini topishi mumkin, Hatto kitobdagi ba'zi narsalar xuddi menga o'ta tanishday, menga tegib ketganday tuyulaverdi, men boshida protagonist holatiga qayg'urib chin dildan afsuslandim.

Baxtimga, roman so'nggida hamma narsa o'z joyiga tushdi va men kitobni asta yopib, javondagi o'z joyiga qo'yarkanman, yengil tin oldim.

Taqrizni yozib bo'lib, derazadan tashqariga ko'z tashladim. Ko'chada bolalar haliyam futbol o'ynashardi.

"Said, Olg'aa, Tep... Goooooolll!!!!!"

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
2024/09/29 08:28:56
Back to Top
HTML Embed Code: