Telegram Web Link
Forwarded from Panda Books
Mening xotinim va ikkita kichik o'g'lim bor edi. Men PR menejeri bo'lib ishlardim va orada film ssenariylarini tahrir qilib daromad topardim. Ammo kitob yozish uchun ishdan voz kechish kerak edi. Men mashinamni garovga qo‘yib, pulni xotinim Mersedesga berdim. Har kuni u yoki bu tarzda u menga qog'oz, sigaret va ish uchun zarur bo'lgan hamma narsani olib kelib turardi. Kitob tugagach, ma'lum bo'ldiki, biz qassobdan 5000 peso qarzdor ekanmiz - bu juda katta pul edi. Bu orada okrugda mening juda muhim kitob yozayotganim haqida mish-mishlar tarqaldi va barcha do'kon sotuvchilari bunda ishtirok etishni xohlashdi. Qo'lyozmani nashriyotga jo‘natish uchun menga 160 peso kerak edi, uyda esa bor-yo‘g‘i 80 peso qolgan ekan, natijada bz mikser va Mercedesning sochquritgichini garovga qo‘ydik. O'shanda u shunday degandi: "Ishqilib, romaning yaxshi chiqqan bo'lsinda"..


Bu odam kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsiya Markes edi. Roman esa "Yolg'izlikning yuz yili" bo'lib, keyinchalik u adibga Nobel mukofotini keltiradi.

Hayot shunday qiziq narsada.

@panda_books
"Hizbulloh" ya'ni "Xudo partiyasi" tashkiloti yaratilish tarixi haqida.

@panda_books
Kimdur Aksuni oldidagi archalar tagiga kitob yashirib ketibdi😂😉 @dildora_bookaholic
#tavsiya

Ideal dunyo haqidagi fikrlaringizni butunlay o'zgartirib yuboradigan 15 ta antiutopik kitob

Jorj Oruell - "1984"

Rey Bredberi - "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli - "Jasur yangi dunyo"

Jorj Oruell - "Molxona"

Yevgeniy Zamyatin - "Biz"

Entoni Byordjess- "Mexanik apelsin"

Tatyana Tolstaya - "Кысь"

Andrey Platonov - "Xandaq"

Kurt Vonnegut - "Beshinchi qushxona yoxud bolalar salib yurishi"

Aleks Garland - "Plyaj"

Loren Oliver - "Delirium"

Stiven King - "Yuguruvchi odam"

@panda_books
Bizning kitob olamimizda o'zining "Qora oqqush" kitobi bilan mashhur ham faylasuf, ham yozuvchi Nikolas Nassim Taleb o'zining yangi kitobi - "the Lydioan Stone" nomini e'lon qilibdi. Kitob 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan.

P.s: Lidiya toshi = Oltin va kumushning qiymatini tekshirish usuli hisoblanadi.

@panda_books
1. Dam olish kunlari barvaqt uyg'onish.
2. Kunbo'yi kitob mutolaasi va o'qish bilan shug'ullanish.
3. Do'kon aylanish va kechqurun uyda sog'lom ovqat tanovul qilish.

Masalan, kechagi kunim deyarli shunday o'tdi.

O'smirligingda yomon ko'rgan ba'zi ishlarni (chunki qilish kerak) vaqt o'tib, yoshing kattalashgach sevishni va qadrlashni (chunki o'zing xohlaysan) boshlarkansan.

@panda_books
#haqida

Vaqti keldimi?

Haaa... Adabiyotimizda g'alati sukunat. Oxirgi yillar ijtimoiy tarmoqlarga oz-moz bas kelib, yoshlar yana mutolaa qayta boshlagan va hozirda birin-ketin dunyo bestsellerlari-yu, turk adabiyoti tarjimalari bosilib yotgan bir paytda bizda jimlik kuyi chalinmoqda.

Murod Muhammad Do'stning oxirgi intervyularini ko'rib tushundimki, Murod oka hali-beri nimadur chop etmoqchi emas. Yozishdan charchagandek. Nazar Eshonqul, Usmon Azim kabi darg'alar esa "Hozircha mening shu choqqacha yozganlarimni o'qib, hazm qilib olaveringlarchi" deyishyotgandek go'yo. Qolganlar oxirgi marta Ikar loyihasida ko'rinish berib qo'yishdi xolos.

Yoshlarchi? Javlon Jovliyev "Qo'rqma" bilan yorib chiqqaniga ham mana 4 yildan oshdi. Men kamida ikki yil oldin hali bestseller ta'siri ketmay turib, aka yangi romani bilan chiqar deb o'ylagandim. Ammo afsuski. Sherbek Bobonor "Qora suyaklar" kitobi bu yil chiqdi. Zo'r zamonaviy asar. Lekin akani o'zi buni yozganiga ancha bo'lgan va afsuski, muallif hozir yozuvchilik qilmayapti.

Men kimnidur tanqid qilmoqchi emasman, ammo yozuvchidan nega yozmayapsiz deya bir bor so'rashga kitobxon haqli deb o'ylayman. Yozuvchidan yaxshi asardan boshqa yana nima kutamiz, axir?

Ha, barchasida katta ehtimol, ish stolida mavzular qalashib yotgandur. Ammo hozirgi davrga mos, zamonaviy yoshlar hayoti haqida yoziladigani kerak bizga. Bitta adabiyotchi zo'r aytgandi: "bizda sovet odami shakl-shamoyili yetarlicha tasvirlangan. Boring ana, mustaqillik ilk davri odamlari ham". Ammo yangi davr o'zbek kishisi qanday yashayapti? Bu savolga hozircha javob yozuvchilardan berilganicha yo'q deb o'ylayman.

Sahna tayyor. Chiroqlar o'chirilgan. Zal to'la tomoshabin. Hammaning nigohi bo'm-bo'sh sahnaga qaratilgan. Kutishmoqda.

Vaqt esa bo'ldi. Tik..tak..tik...tak...!

@panda_books
Urush - bu Tinchlik
Ozodlik - bu Qullik
Johillik - bu Kuch

Syurrealistik foto.

@panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

@panda_books
Panda Books
#news Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi. GoTchilar kitob qulluq bo'lsin! @panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

P.s: Zabarjad Media nashriyotidagi tadbir ajoyib o'tdi👍

@panda_books
"Taxtlar o'yini"dagi eng yoqtirgan qahramoningiz qaysi?

@panda_books
Qanchalar hammani baxtli qilishga va barchaga yoqishga harakat qilganing sari – o'zing azoblanib yuraverasan xolos.

@panda_books
#maqola

"Jorj R.R. Martinning "Muz va olov qo'shig'i" turkumi va undagi kitoblarni o'qish tartibi haqida batafsil" — Panda Books

Valar Morgulis! Va nihoyat "Taxtlar o'yini" o'zbek tilida chop etildi. Shu munosabat bilan ushbu seriyadagi kitoblar va ularning mutolaa tartibi haqida ashaddiy GoTchi va Martinist sifatida o'z qo'llanmamni yozib qo'ydim.

Batafsil👉 Shu yerni bosing

Westerosda uchrashish uchun layk va share qilish esdan chiqmasin:)

@panda_books
#tavsiya

Enni Yakobsen — "Yadro urushi: Ehtimoliy ssenariy"


Hozirda juda mashhur bo'lgan kitob, umuman olganda, bu kitob bizning kelajagimiz aslida naqadar nozik va hech qanday yadro urushidan kafolatlanmaganigini ko'rsatadi.

Yakobsen (Jeykobsen)ning kitobi 1950-1991-yillarda odamlarga tinimsiz hamroh bo'lgan dahshatli tush - yadro urushi haqida hikoya qiladi. Muallif bo'lajak yadro urushi ssenariylaridan birini bizga taqdim etadi. Unda urush boshlansa AQSh, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar qayerga hujum qilishi va qanday strategiyalar tayyorlab qo'ygani asoslangan.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shimoliy Koreya davlat televideniyesida Kim Chen In madh etilgan “Do‘stona ota” klipi namoyish etilibdi.

Kompozitsiya Pxenyanda yangi turar-joy majmuasining ochilishi munosabati bilan tayyorlangan.

Qarang, qanday baxtli odamlar, shunday odamlari kulib yurgan yurtda yashaging keladiya...:)

@panda_books
Panda Books
Shimoliy Koreya davlat televideniyesida Kim Chen In madh etilgan “Do‘stona ota” klipi namoyish etilibdi. Kompozitsiya Pxenyanda yangi turar-joy majmuasining ochilishi munosabati bilan tayyorlangan. Qarang, qanday baxtli odamlar, shunday odamlari kulib yurgan…
Shimoliy Koreya - dunyodagi eng yopiq va totalitar davlatlardan biri hisoblanadi. Xalqi esa mana nechi yillardan beri birinchi rahbari Kim Ir Sen tomonidan ishlab chiqilgan Shimoliy Koreya milliy kommunistik davlat mafkurasi - Chuchxe orqali boshqariladi. Hozirgi mamlkat rahbari Kim Chen In esa uning nabirasi hisoblanadi.

Shunchaki o'ylab qoldim, agar qachondir nimadur bo'lib, shunday yopiq joylarga borib qolsam ham, oilamizda bu mamlakatga borgan birinchi emas, balki 2-odam bo'larkanman. Otamdan keyin. Qizig'a..

p.s: qo'shiq top, boyadan beri repeatda:)

@panda_books
Bugun "Mutolaa" loyihasi taqdimotiga taklif qilishdi. Loyihadan umidim katta, taqdimotda ko'rishguncha!

@panda_books
— Anu yerda bitta qizni yigiti tashlab ketdi! Kimdadir Paolo Koelodan iqtibos bormi, tezroq!!
— Ba'zan Xudo sening hayotingdan kumushni olib qo'yadi, o'rniga oltin hadya qilish uchun.
— Rahmat, u ancha yaxshi.

@panda_books
2024/09/30 14:15:31
Back to Top
HTML Embed Code: