Telegram Web Link
Asosiy tamoyillar

Pasha Durov va Ilon Mask dahosi shundaki, ular "birinchi tamoyillar" deb ataluvchi narsalar haqida o'ylashadi. Empedokl tabiatning 4 asosiy elementini ilgari surganidek, ular har qanday muvaffaqiyatli ijtimoiy tarmoqning asosi faqat ikkita omil: so'z erkinligi va erkin matnligini tushunishadi.

Fotolar emas. Rasmlar emas. Video emas. Reels emas. Storieslar emas. Audio yoki podkastlar emas. Kulgili smayliklarmas. Metaolam yoki VR emas. Bularning barchasi vaqtinchalik, borib-borib xotiradan o'chadi va cheksiz bo'shliqdagi gigabaytlarga aylanadi. O'n yillar davomida ko'rilgan millionlab videolarni hech kim eslamaydi.

Faqat matn. Bo'libam faqat erkin (senzura yoki cancel culture orqali taqiqlanmagan) matn. Bu xotirangizda muhrlanadi, hamma narsadanda ko'proq hayratga soladi, hayotingizni o'zgartiradi va umringizning oxirigacha siz bilan qoladi. Miloddan avvalgi 21-asrda ham shunday bo'lgan, bizning 21-asrda ham shunday bo'ladi.

Aytgancha, Facebook 2016-yilgacha bo'lgan oltin davrida shunday edi, ammo ochko'z Sukerberg o'zining algoritmlari bilan hamma narsani buzdi - avval so'z erkinligidan (Amerika razvedka xizmatlari va liberal woke-kun tartibi bilan), keyin esa TikTok va Instagramga intilib matndan ayrildi.

Shunday ekan, hozir istalgan ozmi-koʻpmi fikrlashga qodir inson faqat ikkita ijtimoiy tarmoq: Twitter va Telegramga intiladi. Ilon Mask allaqachon xuddi o'zini Etna tog'idagi kraterga tashlab, ma'budga aylanishga harakat qilgan Empedokl kabi, tarixda Buyuk Inson bo'lib qoldi.

Pavel Durovda esa bunga erishish uchun hali barcha imkoniyatlar mavjud.

— Rashev

@panda_books
"Kitoblar ko'p-u. lekin uyda ularni qo'yishga joy yetarli bo'lmasa nima qilish kerak?" degan savol aksariyatimizni o'ylantirishi aniq.

Dizaynerlar agar uyda kitob javoni bo'lmasa, kitoblarni qayerga joylash haqida kichik tavsiya berishibdi.

@panda_books
#premyera

Bu yilgi yangi kitob premyeralari ancha boy.

Demak, yaqinda:

Sharl Lui Mosteskye"Qonunlar ruhi" // Tirilish nashriyoti

Robert Grin"Mastery" // Asaxiy Books

Birinchisi yaqin vaqtlarda taqdim etilishi rejalashtirilgan. Ikkinchi kitob esa yaqin oylarda sotuvga chiqarkan.

@panda_books
​​U har kuni erta tongdan temiryo'l vokzalidagi ishiga yetib kelardi. Ishi oson emas: kirib kelgan poyezd vagonlarini bir-biriga sterjen bilan birlashtirish. 12 soatlik og'ir mehnatdan keyin, yana sekin uyiga qaytardi. Ammo qanchalik charchagan bo'lmasin, uyda xobbisiga aylangan mashg'ulotga kirishardi.

Uning yoqtirgan mashg'uloti - musiqa edi. 17 yoshidan unga qiziqar, birorta musiqa oliygohida o'qimagan bo'lsa-da, xohish kuchlilik qildi. Youtubeda videolar ko'rib, oz-ozdan DJlikni o'rgana boshladi. Uyidagilar unchalik xushlashmadi, oldin o'qishni tugatishi kerakligini aytishdi. Ammo uni fikridan qaytarisholmagach, ortiq bezovta qilmay qo'yishdi.

U esa oldingidek har kuni ishga qatnar, og'ir jismoniy mehnatdan keyin, uyida kompyuter oldiga o'tirgancha, musiqa yozish bilan band bo'lardi. Bundan hech qanday moddiy manfaat kelmasa-da, u bu ishni chin ko'ngildan bajarardi. U shundan kayf olardi.

Bir kun mashq qilish maqsadida, bitta uncha mashhur bo'lmagan amerikalik repperning ashulasini olib, unga remiks yozishga qaror qildi. Bunga unchalikam ko'p vaqt ketmadi: ikki yarim soatda remiks tayyor bo'ldi. Eshitib ko'rishlari do'stlariga jo'natdi. Do'stlari zo'r chiqibdi deyishdi. Hammasi shundan keyin boshlandi.

Tez orada remiks ijtimoiy tarmoqlarda aylana boshladi. Ashula tezda odamlarga yoqib qoldi. Endi bu musiqaga dunyo klublarida raqsga tusha boshlashdi. Trek haqiqiy trendga aylanib ketdi. Tinglashlar soni bo'yicha ketma-ket barcha rekordlarni ura boshladi. Eng kulminatsion nuqta hali oldinda edi: yil so'nggida ushbu remiks dunyoning eng nufuzli mukofotlaridan biri – "Gremmi"ni qo'lga kiritdi.

Remiks nomi "Roses" (Atirgullar). Hikoyamiz qahramoni esa Imanbek ismli qozoq yigiti edi. Qozog'istonning Aksu degan kichkina shaharchasida yashovchi 20 yashar yigitchani endilikda butun dunyo taniydi.

U bu ishni mashhurlik, boylik orttirish yoki boshqa maqsadni ko'zlab qilmadi. Remiksi trendga aylanganini ham keyinchalik boshqalardan bildi. Imanbek shunchaki o'z sevgan ishi bilan shug'ullanardi, xolos. Omad va mashhurlikning o'zi buni ortidan keldi.

Hayotda kim ham mana shunday katta mukofot va olqishlarga erishishni xohlamaydi? Lekin ba'zida bunga eltuvchi oddiy haqiqatni unutib qo'yamiz: Biz nimaiki qilmaylik, agar unga o'z sevgimiz va qalb qo'rimizni bermasak, bundan hech nima chiqmaydi.

O'zingizga ishoning va o'z ustingizda ishlashda davom eting. Shunda sizda hammasi o'xshashiga aminman. Xuddi Imanbek kabi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial #premyera

Kolumbiyalik mashhur yozuvchi va Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili" afsonaviy romani ekranlashtirildi. Netflixda serial treyleri namoyish etildi.

Bu haqida Netflix striming kompaniyasi 2 yil oldin e'lon qilgandi. Demak, shundan beri ishlar to'xtamagan. Suratga olish ishlari Kolumbiyada bo'lib o'tgan.

@boredpandablog
#tavsiya

Qarasam, anchadan beri shunchaki yangi kitoblarni tavsiya qilmay qo'yipman. Shunga bugun chek qo'ysak.

Orangizda kimda kim, maishiy texnika bozoriga ozroq qiziqqan bo'lsa, u holda umrida bir bora bo'lsin DYSON brendi haqida eshitgan bo'lsa ajabmas. Chunki u o'zining o'ta sifatli va shunga yarasha qimmatbaho mahsulotlari bilan tanilgan.

Ushbu brendga britaniyalik ixtirochi va tadbirkor Jeyms Dayson tomonidan asos solingan. Amazonni titkilab, uning 2021-yilda chop etilgan hayoti va ixtirolari haqida ajoyib kitobga duch keldim.

"Invention: A Life" kitobi o'z hayotida ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga uchragan, lekin oxir-oqibat uni dunyoga mashhur qilgan bir talay mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqa olgan Jeyms Dayson o'tmishidan hikoya qiladi.

Bu kitob shunisi bilan ahamiyatliki, u biznes to'g'risida emas, balki ta'lim, liderlik va o'z ustida ishlash, shuningdek, muhandis-u olimlarning jamiyatda tutgan ahamiyati haqida. Bundan tashqari, u ixtirochi Jeyms Daysonning o'qib-o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi, yangilikka intilishi va cheksiz tadbirkorlik ruhidan so'zlaydi.

Odatda bunday ajoyib kitoblar tezda rus tilida nashr etilardi, ammo Bloomsbury nashriyoti endilikda RUga mualliflik huquqlarini sotmasligini hisobga olsak, kitobning MDHda birinchilardan bo'lib, o'zbek tilida chop etilishiga umid qilsak bo'ladi.

Zero, ulkan muvaffaqiyatga erishgan biznesmen va ixtirochi olimlarning avtobiografiyalarini o'qish, kitobxonga istalgan biznes haqidagi kitobdan ko'ra ko'proq narsa berishiga aminman.

@panda_books
#tavsiya
Kogonda bundan qariyb bir yarim asr avval Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan qurdirilgan, Sharq va Gʻarb meʼmorchiligi anʼanalarini oʻzida mujassam qilgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi joylashgan.

Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan, ammo ba'zi sabablar bilan Oqposhsho yurtimizni ziyorat qila olmagan.

Gazetada ushbu saroy haqida ajoyib maqola chiqibdi. Ham tarixini o'qib, ham rasmlardan bahra oladigan joyi lekin.

Saroyning birinchi qavatida 17 ta xona boʻlib, ular orasida toʻrtta yotoqxona, yirik kutubxona, Gʻarb uslubida qurilgan oshxona, qabul zallari, shuningdek, ball zali va maestro xonasi ham boʻlgan ekan.

Qizig'i. bu kutubxona hozir ham mavjud va u ishlayapti (rasmda). Tashrif uchun rekomendayson manzil.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
Mening xotinim va ikkita kichik o'g'lim bor edi. Men PR menejeri bo'lib ishlardim va orada film ssenariylarini tahrir qilib daromad topardim. Ammo kitob yozish uchun ishdan voz kechish kerak edi. Men mashinamni garovga qo‘yib, pulni xotinim Mersedesga berdim. Har kuni u yoki bu tarzda u menga qog'oz, sigaret va ish uchun zarur bo'lgan hamma narsani olib kelib turardi. Kitob tugagach, ma'lum bo'ldiki, biz qassobdan 5000 peso qarzdor ekanmiz - bu juda katta pul edi. Bu orada okrugda mening juda muhim kitob yozayotganim haqida mish-mishlar tarqaldi va barcha do'kon sotuvchilari bunda ishtirok etishni xohlashdi. Qo'lyozmani nashriyotga jo‘natish uchun menga 160 peso kerak edi, uyda esa bor-yo‘g‘i 80 peso qolgan ekan, natijada bz mikser va Mercedesning sochquritgichini garovga qo‘ydik. O'shanda u shunday degandi: "Ishqilib, romaning yaxshi chiqqan bo'lsinda"..


Bu odam kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsiya Markes edi. Roman esa "Yolg'izlikning yuz yili" bo'lib, keyinchalik u adibga Nobel mukofotini keltiradi.

Hayot shunday qiziq narsada.

@panda_books
2024/09/29 12:28:54
Back to Top
HTML Embed Code: