Telegram Web Link
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Syogun" serialidan bir-biriga bog'liq 5 ta ta'sirli sahna. Menga aynan shu kichik voqea juda qattiq ta'sir qildi.

Angliyalik kelgindiga shu yurt xo'jayini qirg'ovul sovg'a qiladi. U britancha ovqat pishirmoqchi bo'lib, xizmatkorlariga qushni bir hafta osib qo'yishni, sasib ketsa ham yechib olmaslikni tayinlaydi. Kimda kim olsa "O'lim!" deydi u. Ammo u so'zlariga katta e'tibor bermagan, shunchaki qo'rqitib qo'ymoqchi edi.

Natijada sassiq hid butun qishloqni tutib ketadi, lekin xo'jayin so'zi qonun, unga iltimos qilisha olmaydi. Yagona chora kimdir qushni olib ko'mishi kerak edi. Va qariya bog'bon bu ishni o'z zimmasiga oladi. va xo'jayinning buyrug'ini buzgani uchun boshidan juda qilinadi. Serialda bu voqealar juda ta'sirli ko'rsatib berilgan.

Yaponlardagi sodiqlik, So'zga bo'lgan e'tiqod va qonunlarni qat'iyligi... bir tomondan tahsinga sazovor, boshqa tomondan dahshatli darajada qattiqqo'llik.

@boredpandablog
#mutolaa

Yandeks Muzika'da betakror Hayao Miyadzaki va uning mashhur "Ghibli" studiyasi haqidagi audiokitob chiqib qoldi. Bugun o'zi yapon madaniyatiga bag'ishlangan kunim ekan:)

Bilmadim, balki dunyodagi eng yaxshi animelarni aynan uning ijod namunalari deb bilganim uchunmi, bu kitob yonidan shundoq o'tib ketolmadim. Uning animelari haqqatdan inson hayoti faqat yeb-ichishdan iborat emasligini ko'rsatib beradi.

Siz Hayao Miyadzakining qaysi san'at asarlari (animelar)ni tomosha qilgansiz? Va nima uchun ularni yoqtirasiz?

@panda_books
​​Onegin

Sizdan ayrilganman.
Har galgi iqror.
Va yana xatlarga mavzu bo‘lar u.
Gʻururdan so‘ng yana bitta ilinj bor –
Kibr va malomat yo‘g‘rilgan tuyg‘u...

Xat tashuvchi bola – sizga mehribon,
Eng zavqli yumushni bajarar go‘yo.
Siyohi qurimay xatni shu zamon
Taftingiz-la qo‘shib keltirarmi yo?..

O‘qiyman, ta’nangiz – beshafqat dunyo,
Yengil xo‘rsinasiz, sukunat og‘ir.
Sizni chulg‘ab olmish bir g‘amgin havo,
Yozasiz...
– Hammasin unuting, axir...

Xat tashuvchi bola – tanish, ehtimol,
Ehtimol... tanimas, tan olmaganday.
Mening xatlarimni yetkazar, alhol,
Xo‘rsinganim aytmas. Kelishuv shunday...

Og‘riqni sevaman, o, naqadar xush,
O‘zimni qiynoqqa etganman duchor.
Sizga olislardan termilmoq uchun
Darbadar kezmoqni etdim ixtiyor.

Bo‘g‘zimda shu qadar saqladim uzoq
Gʻururimni bosib kelgan xitobni.
Siz va men bu ishqni yashadik, lekin
Pushkin degan odam yozmish kitobni.

Sokinman, tomirlar kelar larzaga,
Oshkor tan olmoqlik nechog‘lik qiyin.
Harorat to‘xtagan shu bir lahzada
Sizni sevishimni yozaman
Keyin...

Xat tashuvchi bola ketar, har safar
– To‘xta, — deyman,
– Yolg‘on! Sevmaydi, — degin.
Qayta-qayta yozay, to tongga qadar,
So‘nggi so‘z sig‘maydi...
Nuqta.
Onegin.

©Dadaxon Muhammadiyev

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Yuval Harari — "Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi"

Kitobni birinchi marta o'qiganimda, bu bestseller dunyoda nega bunchalik shovshuv qilinganiga qiziqqandim. Katta xayp ko'targan kitoblar odatda overrated bo'ladi. Undan tashqari, men tarixni yaxshi bilaman deb hisoblardim. Kitobni o'qib tugatganimdan so'ng, har ikkala fikrim xato ekanligini tushundim. Va bundan xursand bo'ldim.

Yuval Hararining asosiy yutug'i shundaki, u tarixning bizga foydali va muhim nuqtalarini yaxlit bir tasmaga bog'lab, marjon shodalari kabi terib qo'yadi. Voqealarni ko'z oldingizda go'zal bir kartina misol ochib beradi. Yana uning yozganlari qisqa va lo'nda. Uni o'qib tushunish uchun sizga fundamental bilimga ega bo'lish kifoya. O'qishni boshlagach, narsalarga boshqacha rakursdan qarashni boshlaysiz. Ayniqsa, tarixiy voqelarga keng masshtabdan nazar solarkansiz, hozirgi hayotingiz qanchalar kichik va qisqa ekanini, atrofingizdagilar nihoyatda mayda va arzimas narsa yoki amallar uchun talashib yotganini anglaysiz.

Yana unda qiziqarli teoriyalar ilgari suriladi. Masalan, g'iybat qilish haqidagisi. Hararining fikricha, til muloqot vositasi sifatida barcha mavjudotlarda mavjud. Bunga sabab, xavfdan ogoh qilish, axborot almashish. To'g'ri inson ongli yolg'on ravishda yolg'on ma'lumot berishi mumkin. Ammo, masalan, maymunlar ham o'z tilida yolg'on gapira oladi. Lekin faqat insongina g'iybat qilishga ehtiyoj sezadi. Ya'ni shunchaki ma'lumot almashishdan boshqa narsalar haqida ham gaplashishga bo'lgan mayl. Tilning paydo bo'lishiga asosiy turtki ham - g'iybat deydi Harari. Bekorga ushbu odat barcha dinlarda taqiqlanmagan. Bunga menimcha, insoniyatning qadimdan bu mashg'ulotdan lazzat olib kelgani sabab ehtimol.

Aslini olib qaraganda, tarix - bu juda qiziqarli soha. O'zim gumanitar, xalqaro munosabatlardan chiqqanim uchun buni yaxshiroq bilaman. Kelajak qanday bo'lishini bilish uchun javoblarni o'tmishdan izlash lozimdir.

Ammo maktabda ko'plab iste'dodsiz pedagoglar faqat podshohlarning tug'ilgan va o'lgan yilini yodlatib, voqealarni o'zaro parallel bog'lamasdan, shunchaki bir dunyo zerikarli darsliklar bilan istalgan o'quvchini bu fandan bezdirib qo'yishadi. Men ham maktabda yosh tarix o'qituvchi kelib, darslarni boshqacha o'ta boshlaganidan so'ng, fanga qiziqishim ortgan. Harari ham deyarli shu vazifani bajaradi.

Agar bizning maktablarimizda ham tonnalab keraksiz adabiyotlar yoki zerikarli tarix darsliklari o'rniga bolalarga oddiygina Hararining kitoblarini berishganida, balki yaqin kelajakda bizda butunlay boshqa mamlakat bo'lar edi.

@panda_books
Panda Books
Aziz mushtariylarimizga kitoblar sovg'a qilmaganimgayam ancha bo'libdiya?:) Shu munosabat bilan yutuqli tanlov o'tkazishga qaror qildim. Demak, unda g'olib 2 ta bo'ladi va har bir g'olib ikkitadan kitobga ega chiqadi. Buning uchun nima qilish kerak? Juda…
Xayrli kech do'stlar!

Demak, sanoqli daqiqalardan so'ng, kichik tanlovimiz g'oliblarini jonli efirda aniqlashni boshlaymiz!

G'oliblar raqamlari shu yerda keltiriladi. Barchaga omad!

1-g'olib — 42-raqam egasi- @Koinotlik_kitobxon
2-g'olib — 44-raqam egasi - M.Yorov

Ushbu g'oliblarni tabriklagan holda, iltimos botga yozishlarini so'rayman. Kitoblar yetkaziadigan manzillarni aniqlash uchun.
Live stream started
Live stream finished (11 minutes)
Avvalo, ushbu tanlovda qatnashgan barcha 61 ta ishtirokchiga minnatdorchilik bildirsam. Kanaldagi postlar tarqalishiga ozmi-ko'pmi yordam berdingiz. Tashakkur sizga, nasib keyingi tanlovlarda omadingiz keladi.

Maqsad - kanalni obunachilarini ko'paytirish emasdi, bunga katta umid qilmagandim. Va rostanam shunday bo'ldi.

Bir narsaga yana bir bor amin bo'ldimki, yozadiganlarim juda specific va asosan "xoslar" uchun ekan. Keng omma uchun biroz oddiyroq narsalar yozishga ham harakat qilib ko'raman endi.

G'oliblarga ushbu kitoblar foydali va manfaatli bo'lishiga aminman. Hech bo'lmasa, Ramazon oyida hadyaga olganmiz deya albatta o'qib chiqasiz degan umiddaman:)

Barchaga yana bir bor tashakkur!

@panda_books
Agar sen bugun ertalab uyg'onib..

Sevgan odamlaring yoningda. Hammasi sog'lom.

Bir necha soat ishtiyoq bilan ishlading. Hatto vaqt qanday o'tib ketganini sezmading.

Ozroq mashq qilding, kitob o‘qiding, ijod qilding.

Maqsading sari yana bir kichik qadamni tashlading.

Kun bo'yi xotirjam va diqqatli bo'lib yurding, o'zingda bor narsalar uchun shukrona keltirding.

U holda seni tabriklayman - sen muvaffaqiyatli va baxtli insonsan.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda teatrga kirish uchun uzun navbatlar...Anchadan beri bunday yoqimli manzaraga duch kelmagandim😊

Albatta, bunga 21-27-mart kunlari "Teatr tomoshalari" haftaligi doirasida "Ochiq eshiklar kuni" e'lon qilinganligi ham katta sabab. Shu kunlari respublika bo‘ylab davlat teatrlaridagi barcha tadbirlarga tashrif buyurish bepul. Siz ham ishtirok etishga shoshiling.

Ammo hamshaharlaringning teatr, kino yoki kutubxonalarga navbatda turganini ko'rish baribir yoqimli.

@panda_books
"Teatrga tushish tekin bo'lgani uchun tomoshabinlar ko'payib qoldi, odatda bunaqa ko'p emas", deyishyapti. Sizningcha, bunga nima sabab?

Masalan, Toshkentda yaxshi teatrlar bir talay. Undan tashqari, zamonaviy ko'rgazmalar ham tashkillashtirilyapti. Misol uchun, UzExpodagi madaniy tadbirlarga oilaviy tashrif buyurib turamiz.

Lekin odamlar negadur madaniy tadbirlarga bormay qo'yishgandek. Agar men kabi kinoteatrlarga yangi premyeralarga tushsangiz, bitta biroz achinarli holatni sezishingiz qiyin emas. Ya'ni seanslarda rusiyzabonlar ancha ko'p. Ko'pchiligi shunchaki emas, nimaga tushayotganini yaxshi biladigan muxlislar ("Dyuna"da shunaqa bo'ldi masalan). Aslida o'zbekcha tarjimalar kam qo'yilyotgani sababi ham shu. Odam bo'lmaganidan keyin talabam yo'qda. Yoki rusiyzabonlarda topiladigan vaqt va pul bizda topilmaydimi? Savol ritorik.

Yana bir achinarli holat. Kecha ayolim o'g'limni Respublika Bolalar kutubxonasiga olib boribdi. Aytgancha, u yerda ham yuqoridagidek ahvol: har safar borganimda qorako'zlarimizdan ko'ra rusiyzabonlar ko'pligini ko'raman. Xullas, ayolimni olib qaytgan taksichi aka "Bu yer nima, salonmi?" deb so'ragan. "Kutubxona" degan javobni eshitganida, "Bola bilan nima bor kutubxonada, u nimaniyam tushunardi" deb ahmoqlarcha xiringlagan. To'g'ri, u hali o'qishni bilmas, ammo muhitni ko'rib ulg'ayadi. Bola boshidan. Biroq buni o'sha taksichi kabilarga tushuntirish befoyda.

Jamiyatimizda ziyoli insonlarning qadri pastligi - umrida alifbodan boshqa narsa o'qimaydigan kimsalarning olim kishilar ustidan kulishga urinishidan boshlanadi deb o'ylayman.

Xulosa shuki, kitob o'qimaydigan va madaniyat neligin bilmaydigan johil omma safida bo'lmang. Undaylarning so'zlariga quloq ham tutmang. Jaholat bor joydan nari yurishga intiling.

Barchaga xayrli kun tilayman!

@panda_books
​​#review #taqriz

📗"Ghibli studiyasi. Beqiyos animatsiyalar beshigi haqida bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsa"

Bolalarga ta'lim-tarbiya berishning eng oson yo'llaridan biri bu ularga multiplikatsion filmlar hisoblanadi. Lekin shunday bo'lib qolganki, azaldan bolalar bilan bir qatorda yoshi kattalar uchun ham animatsion asarlar birdek qiziqarlidir.

Afsuski, mustaqillikdan so'ng milliy multiplikatsiya sohasi tashlab qo'yildi. Natijada hozir bolalarimiz Baby shark va Cocomelonlar bilan ulg'aymoqda. Lekin biz milleniallar avlodi haqqatda xursand bo'lsak arziydi. Chunki yoshligimiz dunyodagi eng yaxshi animatsion maktablardan biri - ya'ni sovet multfilmlari bilan ulg'ayganmiz. Aynan Lev Atamanovning "Qor malikasi", "Tumandagi tipratikon" kabi animatsion filmlari bugungi hikoyamiz qahramoni, yaponiyalik animator Hayao Miyadzakini butun umr ilhomlantirib kelgan.

Umrida bir bor Hayao Miyadzaki va uning Isao Takaxata bilan birgalikda ochgan "Ghibli" studiyasi filmlarini ko'rgan odam uni aslo unutmaydi. Bu kitobda Ghibli studiyasi tarixi juda batafsil va yaxshi tushuntirib berilgan ekan. Sevimli ijodkorlar avtobiografiyasidan xabardor bo'lish ham yoqimli tuyg'u men sizga aytsam.

1985-yilda "Shamollar vodiysidan Navsikaya" animatsiyasi moliyaviy muvaffaqiyatidan so'ng, Hayao Miyadzaki va Isao Takahata o'zlarining animatsion studiyasini ochadi. "Ghibli" nomini Miyadzaki "Kaproni" rusumli samolyotlardan birining sharafiga nomlagan. Bu so'zning o'zi Liviyadagi cho'l shamolining nomi, studiya a'zolari uchun bu animatsiya olamidagi go'yo yangi shamolning esishini anglatardi.

Miyadzaki filmlarini tanib olish juda oson - uning yoshlikdan aviatsiyaga bo'lgan muhabbati filmlarida ham aks etgan. Deyarli, barcha animelarda parvoz va havo kemalarini ko'rishimiz mumkin. Buni, ayniqsa, "Порко Россо" va "Ветер крепчает"da yaqqol bilish mumkin. Shuningdek, turli fantast maxluqotlar va go'zal peyzajlar ham Miyadzaki "firmenniy stili"i desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ghibli jahon tan olgan ishlar bilan faxrlansa arziydi. Misol, yaqinda oxirgi "Bola va Qarqara" uchun Oskar mukofotini qo'lga kiritdi. Bu ularning 2-Oskari hisoblanadi. Unda patsifizm, urushni qoralash, ayollar erkinligi, tabiatni asrash va qa'tiyat kabi abadiy mavzular chiroyli ochib beriladi.

Miyadzaki jamiyatda faol tarzda tinchlikka chaqiruvchi nutqlar bilan chiqish qilib keladi. 1 marta Oskar olganida ham AQShning Iroqqa bostirib kirganligiga norozilik sifatida taqdirlash marosimiga kelmagan hatto.

Miyadzaki ijodi haqida erinmasdan istagancha yozishim mumkin. Ammo ming marta eshitgandan, bir marta ko'rganingiz afzal. Shunday ekan, shu postni o'qigach, Ghiblini ko'rmaganlar undan istalgan bir animeni tanlab tomosha qiling. Yoqishiga kafolat beraman.

Izohlarda eng sevimli animengizni yozib keting.

@panda_books
Shoirlarning xotinlari bitta ishni qoyillatadi-da, o‘lganlaridan keyin televizorga intervyu berishni (ikki-uch kun ichida shunaqa ko‘rsatuvdan to‘rt-beshta ko‘rdim):

"Meni sevardilar, falon she’rlari menga atalgan, u kishi aytib turardilar, men yozib turardim..." va hokazo.

Bu shoirlarning ko‘pini bilardim. Xotini zormandani nega ichasiz, pul toping, odamlar uchastka soldi, moshin oldi, falon she’ringizda qaysi o‘ynashingizni nazarda tutgansiz, deb ezaverganidan ishxonada raskladushkada yotib yurardi, uyida emas, dachasiga ko‘chib olgani qancha edi, o‘lganida xotinini hatto rizolik so‘rashga ham kiritmagani qancha edi...

Karim Bahriyev

@panda_books
Men: Sen menga nima kitob o'qishingni ayt, men senga kimligingni aytaman😏

U: 🙂

@panda_books
#nazm

Sizning fe'lingiz —
Axloq, uyat diyonatni yerga uradi
Haqiqatni sharmandayu sharmisor aylab,
Mas'um muhabbatning oppoq peshonasiga
Toshma bo'lib toshadi-yu, shundoq turadi
Va muqaddas nikoh ahdu-paymonlarini
Qimorbozning savdosiga aylantiradi.
Siz shundoq bir kirdikorlar qildingizki to...
Bekor bo'lib qoldi butkul vadayu-vafo
Sha'riyatning rasm-rusumi xuddi bir ermak,
Qilmishingiz ko'rib hatto qizarar falak!
Ko'k gumbazi sizga boqib xo'mraya boshlar
Go'yo qora qiyomat kun, go'yoki mahshar!


— Uilyam Shekspir, "Hamlet"

***

Bu monologni repga solib kuylagan talantli Radius 21 artist sifatida juda ziyoli va original edi.

@panda_books
Tiniqib uxla, erta tur, gimnastika qil, mashq ishla yoki meditatsiya, kuniga 1-2 marta ovqatlan.

Kitob o'qi, o'yla, narsalar mohiyatining tubigacha tush, haqiqatni qidir, boshqalarning fikriga e'tibor berma. Bir qulog'ingdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketsin.

O'ylab top, yoz, suratga ol, qur, tashkil qil, investitsiya kirit, to'pla va yordam ber. Umuman olganda, yaratuvchan bo'l.

Qarz olishdan, firibgar kompaniyalardan, qonun bilan bog'liq muammolardan, yomon odatlardan, alkogol va giyohvandlikdan, janjal va internetdagi bema'ni tortishuvlardan uzoqroq yur.

Shunda g'alaba albatta seniki bo'ladi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Past reyting qo'yib bo'lmaydigan ilova

Kecha bir necha maqtab yozilgan postlardan keyin, Yoshlar ishlari Agentligining yangi "Mutolaa" ilovasini o'rnatgandim.

Ilova qulay, yaxshi chiqqan. Lekin bir qator g'alati holatlarni hisobga olmasa.

Avvalo, manzilni naq mahallangizgacha so'rashi. Nazarimda, bu kabi ilovalar uchun ortiqcha shaxsiy ma'lumotdek.

Yana ilovadagi deyarli bironta kitobga 4 yulduzchadan past baho qo'ya olmaskansiz.
"Mutolaa"da kitoblarni 5 ⭐️reyting bilan baholash yo'lga qo'yilgan ekan. Tasodifi kitobga test izoh yozaman deb kirsam atigi "20 ta belgi"ga mumkin ekan. Nega buncha kam? Hayronman.

Xo'p, o'sha 2 og'izlik izohimam ketmadi. Qarasam, ⭐️ni bosmasa ketmaskan. O'zi, ilovalarda 1 ⭐️ga sal tegib ketsangizam "jo'natish" tugmasi ishlab ketadi. Bunda 3⭐️bosdimki, haliyam "yonmaydi". Faqatgina 4 ⭐️dan so'ng, xabar ketdi😏

Endi savol, biz kimni nimaga aldamoqchimiz o'zi? Axir, hech qaysi kitobxon bu mehnatga past baho beraman demaydi, ammo shuyerdayam sizda tanlov yo'qligi xafa qilarkan.
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘iziston ijodkorlari “Peyish” nomli katta kino olibdi

Treyleridanoq uning masshtabi va dolzarbligini sezish qiyin emas. Ta'sirli. Qirg'izlar molodes!

@boredpandablog
2024/09/29 18:13:53
Back to Top
HTML Embed Code: