Telegram Web Link
Bu kitoblarning o'zbekchasi chiqqanidan xabarim yo'q ekan. Bugun uchratib qoldim.

@panda_books
Shunday yaxshi kitob, muqova esa dabdala.

@panda_books
Style

Stil - bu hammasi. Bu zerikarli va xavfli narsaga yangicha qarash. Stilniy, biroq zerikarli, xavfli, lekin stilniy bo'lmaslikdan afzalroq. Xavfli va stilniy - bu san'at. Buqalar jangi - san'at, boks - san'at, sevgi ham san'at, sardin bankasini ochish - bu ham san'at.

Hammadayam stil yo'q, hammayam unga sodiq emas. Itlarda odamlarga qaraganda ko'proq stil bo'lishi mumkin, ammo hamma itlar ham stilga ega emas. Mushuklar nihoyatda stilniydirlar.

Xeminguey o'q uzib miyasini devorga chaplaganida, bu stilno edi. Odamlar ham stilni yarata oladilar. Janna d’Ark, Ioann Cho'qintiruvchi, Iso alayhissalom, Suqrot, Sezar, Garsiya Lorkada stil bor edi...

Men stilniy mahbuslarni uchratganman. Turmada ozodlikdan ko'ra ko'proq stilniy odamlar bor.

Stil - bu xususiyat, manera, qurilma.

Charlz Bukovskidan erkin tarjimam.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Kecha Asaxiy Books do'konlarida o'tkazilgan aksiyadan foydalanishga qaror qildim va atigi 24 ming so'mdan sotib olingan kitoblarim:

Mario Pyuzo - "Cho'qintirgan ota"
Gabriel Garsiya Markes - "Buzrukning kuzi".


Birinchisi ancha yillar oldin o'qigandim, narigisini esa bu yil nihoyat tugataman degan umiddaman. Aytgancha, kitoblarning sifati menga ma'qul bo'ldi.

@panda_books
Tamakimiz vaqtning qo‘lida,
Cho‘g‘latarkan, aytib suvora.
Chuqur tortib tutun – ruhimiz,
Hechlik sari chertib yuborar.

Lekin qachon –
Bugunmi?
Erta?
Daqiqalar tomog‘in yirtar.
Boqiylikni so‘rab kuydirma,
U – ertakdir,
Ertak – uydirma.

Sen yaxshisi qo‘rquvga jilmay,
Yoningdaman –
Ashaddiy muhib.
Chekilmasdan chertilganlardan
Biz avlomiz,
Shunisi muhim.

Yana nedir, nimadir kamdek...


Jontemir

@panda_books
– Aytchi, nimadan nafratlanasan? Sening asl mohiyating shunda aks etadi.

"Dyuna"

@panda_books
Bilasizmi, bugun dunyo bo'ylab 100 000ga yaqin odam uyquga ketganicha qayta uyg'onmadi. Katta ehtimol ularning bugun uchun ko'plab rejalari bor edi. Kimdir uylanmoqchi, boshqasi ota-onasiga qo'ng'iroq qilmoqchi, kimdir esa nevarasini ko'rmoqchi edi. Ularning hech biri ertaga bo'lmasligini tasavvur ham qila olmagandi. Alloh hammasini iymonlilardan qilgan bo'lsin.

Lekin siz uyg'ondingiz. O'qish yoki ishga bordingiz. Ovqatlandingiz. Kun davomida kim bilandir bilan janjallashgandursiz. Balki o'zingizga ishonchni yo'qotib, taslim ham bo'ldingiz. Depressiyaga tushib, hayotingizni lan'atlab o'tirgan bo'lishingiz ham mumkin. Lekin siz ayni lahzada dunyodan o'tgan o'sha 100 000ga yaqin odam sizning o'rningizda bo'lishni qanchalar orzu qilganini bilganingizda edi...Nafas olyapsiz... Yashayapsiz..

Arzimas negativ gap-so'zlar sabab hayotingizdan nolimang. Aksincha undan zavq olib yashang. Vaqt qisqa. Balki ertaga kelmasligi mumkin. Shunchaki tiriklimiz uchun ham Yaratganga shukrona keltiraylik.

Barchangizga muqaddas ro'za Ramazon oylarida omonlik tilayman!

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblar hayotingizni mash'ala kabi yoritsin!

@panda_books
Aziz mushtariylarimizga kitoblar sovg'a qilmaganimgayam ancha bo'libdiya?:)

Shu munosabat bilan yutuqli tanlov o'tkazishga qaror qildim. Demak, unda g'olib 2 ta bo'ladi va har bir g'olib ikkitadan kitobga ega chiqadi.

Buning uchun nima qilish kerak?
Juda oddiy. Panda Books blogida 2024-yilda yozilgan va o'zingizga yoqqan istalgan bitta postni obunachisi ko'p guruh yoki kanallarga "forward" ulashib chiqasiz.

Ulashilganni skrin qilib, @pandapochtabot ga jo'natasiz. Keyin sizga tartib raqami beriladi. Oxirida g'olib tasodifiy raqam tanlash orqali aniqlanadi.

Kitoblar O'zbekiston bo'ylab pochta orqali yetkaziladi.

Barchaga omad!

Minimum: 500 kishilik auditoriya

P.s: Kimning o'z kanali bo'lsa, ushbu postni kanaliga joylab ham tanlovda ishtirok etishi mumkin. Obunachilari soni ko'proq bo'lsa kifoya.

@panda_books
#haqida

Vaqt sinovi

Ko'pchiligingiz doim kuchli kitoblarni qanday aniqlashga qiziqishingiz tabiiy. Sizga aytsam, buning yo'li oson. Misol uchun, kitoblarning haqiqiy kuchini uning tiraji soni to'liq belgilab bermaydi. Bir yili qo'lma-qo'l bo'lib, keyingi yil yo'qolib ketganlar ko'p. Faqatgina Vaqt - eng yaxshi diagnoz qo'ya oladi.

Agar qaysidur kitob oxirgi 40 yil davomida uzluksiz qaytanashr etib kelingan bo'lsa, katta ehtimol bilan u keyingi 40 yilda ham nashr etiladi. Bu Lindi qonuni ham deyiladi. Fenomenning kutilayotgan davomiyligi davri uning bungacha qancha muddat bo'lganiga to'g'ri proporsionaldir.

Oddiy qilib aytganda, g'oya yoki narsa qancha vaqtdan beri mavjud bo'lib kelgan bo'lsa, yana shuncha davr mavjud bo'ladi.

Atrofimizdagi narsalar biz, insonlardan farqli o'laroq boshqacha "qariydi". Yana bir yil "tirik qolish"ni eplagan narsa, o'z hayot yo'lini ikki barobar oshirgan hisoblanadi. Shunday ekan, bir yildan beri modada turgan narsa, yana bir yil turib berishi mumkin. Ammo yuz yillardan beri kelayotgan trend yana yuz yil turishi ehtimoli katta.

@panda_books
Bugun eshitgan eng yaxshi yangiliklarimdan biri, shubhasiz, buyuk yozuvchi Andrey Platonov qalamiga mansub mashhur "Xandaq" (Котлован) antiutopik romanining bizda nashrdan chiqqanligi bo'ldi.

Kitob "Akademnashr" nashriyotining 'akadem-nasr' rukni doirasida kitobxonlarga ilk bor o'zbek tilida taqdim etilmoqda. Ochig'i, adibning "Jon" romanini o'qiganimdan keyinoq uning muxlisiga aylangandim. Aytishim mumkinki, Platonov uslubiyati va chuqur falsafiy qarashlariga ko'ra boshqa tillarga o'girish nihoyatda qiyin yozuvchilar sirasiga kiradi.

Asar tarjimoni Sharifjon Ahmad. Qattiq muqovada chiqarilgan "Xandaq" romani narxi 50 000 so'm. Uni www.tg-me.com/akademsavdo profili orqali bemalol xarid qilishingiz mumkin.

Shuningdek, kitobdan qisqa fragment ham ilova qilinadi, uni o'qib ko'rib kitob haqida ilk taassurotlaringizni paydo qilasiz degan umiddaman.

@panda_books
Hikikomori

Ba'zan yolg'izlikka ehtiyoj sezasan. Hech kimni, begonalarniyam, yaqinlarniyam ko'rmaslikni xohlaysan. Odatda, bu istakni qondirish uchun bir necha soat kifoya qiladi.

Ammo shunday odamlar borki, bu yo'lni odat sifatida tanlashgan. Bunday ko'ngilli zohidlar yaponcha "hikikomori" so'zi bilan atalarkan. Dunyo bo'yicha eng birinchi Yaponiyada o'rganilgan bu hodisa va yildan-yilga ko'payib bormoqda. Xullas, tashqi dunyo bilan aloqani minimal darajada kamaytirayotgan avlod shakllanmoqda.

Ular ota-onalarining uyini tark etishdan bosh tortishadi. Odatda qarindoshlari hisobiga yashaydi, ishlashni yoki jamiyatga qo'shilishni istamaydi. Hikikomori kechayu kunduzni manga va anime tomosha qilish, kitob o‘qish, kompyuter o‘yinlarini o‘ynash yoki ijtimoiy tarmoqlarda suhbat qurish bilan o‘tkazadi. Ularning deyarli barchasi tungi hayot tarzini afzal ko'radi.

Sizningcha, siz qanchalik darajada hikikomorisiz?

@panda_books
Panda Books
#newbook #yangikitob Nihoyat, sevimli yozuvchim va zamonaviy dunyoning eng kuchli eruditlaridan biri Nassim Nikolas Talebning "Антихрупкость: Как извлечь выгоду из хаоса" kitobini xarid qildim. Kitob yaxshigina qimmat ($17,3 ga tushdi menga). Lekin, albatta…
#mutolaa

Kutubxonamdagi eng nodir kitoblardan biri👆. Shu kabi qimmatbaho va sara kitoblarni, narxi qancha tursa ham, atayin qog'oz shaklida qo'limda tutish, his qilish va varaqlash uchun sotib olishga harakat qilaman. Qog'oz kitobni o'qish boshqacha baribir.

Nassim Taleb - hozirgi zamondagi eng kuchli eruditlardan va shuningdek, o'ta mustaqil fikrlay oluvchi kamdan-kam personalardan biri.

Bizda uning "Qora Oqqush" va "Tasodifga aldanganlar" (ikkinchisini tarjimasi juda dabdala) kitoblari tarjima qilingan. Tushunish biroz murakkab, lekin o'ta qiziqarli.

@panda_books
Hüzün

Tashqarida yomg'ir boshlandi. Muloyim va asablarni tinchlantiruvchi yomg'ir. Osmondan tushayotgan mitti tomchilar jarangi va ochiq derazadan kirib kelayotgan salqin, toza havo menda qandaydir shoirona melanxoliyani uyg'otdi. Shunda yomg'ir ritmiga mos sekin va ohista yozishni boshlayman, qandaydir ajib o'ylar hayollarimni zabt etadi. Kayf.

Hozirgi zamonda depressiya va stressga qarshi darhol qandaydir dori ichishni tavsiya qilishadi. Nazarimda, agar o'tkir patalogik holat bo'lmasa, mana shunday havolarda sayr qilish - eng yaxshi davo bo'lsa kerak.

Bunday vaqtni turklar hüzün (arabcha "qayg'u") deb atashadi. Chiroyli nom.

@panda_books
Navro'z

Maktabda bizga Yerning Quyosh atrofida aylanishini o'qitishgan bo'lsa-da, aslida uning tekis emas, biroz burchak ostida harakat qilishini, ya'ni Yer o'qi yil davomida qiyshayib turishi haqida lom-lim deyishmagan. Buni keyinchalik bilganman. Va yiliga faqat ikki marta bu egilish to'g'rilanadi va Yer yorug'likka perpendikulyar bo'lib, kecha va kunduz tenglashadi.

Shimoliy yarimsharda bahorgi tengkunlik 20-21-martga to'g'ri keladi. Yuz ming yillar davomida, ovchi-terimchi yoki dehqon uchun bu og'ir qish tugaganini va u mo'jizaviy tarzda qishdan omon qolganini anglatardi. Qishdan omon chiqishning muhimligi haqida oldin ham yozgandim.

Qadimgi sivilizatsiyalar uchun Yangi yil aynan shu sanadan boshlangan. Qadimgilar yulduz va sayyoralarning harakatini bizdan ko'ra yaxshiroq tushunishardi va ular qurgan binolar - piramida, stounxeydj, zikkurat, altarlar va ibodatxonalar - barchasi koinot bilan geometrik uyg'unlikda qurilgan.

Hozir, albatta, biz uchun yil fasllari unchalik katta ahamiyatga ega bo'lmay qoldi. Ofislardagi harorat butun yil davomida bir xil. Tailand va Dubayda hamisha yoz. Endi ov qilishning ham hojati yo'q. Kerakli oziq-ovqatni shunchaki supermarketdagi rastalardan sotib olasiz. O'yin-kulguni esa istagan lahzada Internetdan yetarlicha topish mumkin.

Ammo baribir bahor kelishi bilan, siz hali ham beixtiyor o'zingizni boshqacha his qilishni boshlaysiz. Bu bejizga emas.

Umuman olganda, barchani bugungi qadimiy geliosentrik bayram – Navro‘z – Yer yorug‘likka perpendikulyar bo‘ladigan kun bilan tabriklayman!

@panda_books
#yangikitob #newbook

Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" asari bizda mart oyi uchun "Oy Kitobi" sifatida tanlangani esingizdami?

Hozirgacha boshlab qo'yganlar bormi? a tak so'rovnomada 150dan ortiq inson ovoz bergandi shu kitobga:)

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan. O'qishni boshladim. @panda_books
#mutolaa

Oldin ham yozganim Skott Karning ilmiy va shaxsiy tadqiqotlariga asoslangan "Qizil bozor" kitobini o'qirkanman, u daf'atan mening oldimda ancha qiziqarli va dahshatli statistikalarni oshkor qilishda davom etmoqda. Masalan, global inson suyaklari biznesi haqida.

- Inson tanasi o'lganidan keyin ham bozor qiymatiga ega bo'larkan, masalan, yaxshi holatdagi skelet kamida $70,000 dollar turadi.
- Hindiston, dunyoda suyak eksporti bo'yicha yetakchilardan biri. 1985-yilda uyerdan kamida 80mingga yaqin skelet va suyaklar chetga sotilgan.
- Bolalar skeleti kattalarnikidan ancha qimmat turadi. Aslida shu sabab tufayli doimiy bolalar o'g'irligi va qotilliklar uchrab turadi.
- AQShda uzoq yillar oq tanlilar qabristoniga deyarli tegilmagan, asosan, qora tanlilarnikidan ko'proq murdalar qazib olingan. (Salom, ratsizm!)
- Inson skeleti qadimdan mediklar uchun muhim amaliyot vositasi bo'lgan, shuningdek, ba'zi boyvachchalar va muzeylar u bilan o'z koshonalarini bezashgan.
- Bozorda tovarga talab katta, lekin suyaklar daraxtda o'smaydi. Shu sababli, kambag'allarga o'lganidan keyin ma'lum mablag' evaziga tanasini sotish taklif qilinadi. Lekin bu samarasiz metod.
- Dunyoda yagona effektiv usul - bu murdalarni qabristonda kavlab olish va o'g'irlashdir. Hindistonda bunday jirkanch ish bilan bir necha avlod shug'ullanib keladigan oilalar mavjud ekan. Ma'muriyat yoki marhumning qarindoshlarining qarshiliklari deyarli besamar.
- Vaqtida AQSh va Britaniyada ham o'xshash voqealar yuz bergan bo'lsa-da, baribir hozir dunyoda boy davlatlardagi yosh talabalar inson anatomiyasini o'rganishi uchun Hindiston kabi kambag'al davlatlarda suyak biznesiga talab saqlanib qolaveradi.

Kitob yengil emas. Ayniqsa, u inson taraqqiyotining asosiy sohalari asoslari va yuksak axloq/diniy e'tiqod o'rtasidagi kuchli qarama-qarshilikning men oldin e'tibor bermagan jihatlarini ko'rsatib berayapti.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bosh rollarni Shoxruh Xon va Dipika Padukone ijro etgan mashhur "Chennay Ekspress" filmi bor. Orangizda ko'pchiligingiz tomosha qilgan bo'lsangiz kerak. Zo'r film.

Unda e'tibor bergan bo'lsangiz, janubiy Hindistondagi aholisi tamil tilida gaplashuvchi bu hududda qonunlar deyarli ishlamaydi, bosh qahramon qizning otasi esa mafiya sardori: uni aytgani qonun hisoblanadi. Xullas, sayohat uchun unchalik xavfsiz joylar emas. Lekin o'sha mafiya otasi buncha qudratni qaysi manbalar evaziga oladi?

Xullas, "Qizil bozor" kitobida yozilishicha, aynan Chennay (eski Madras) dunyoda inson organlari oldi-sotdisi bo'yicha yetakchi joy hisoblanarkan. U yerda oddiy xalq qashshoqlikda kun kechiradi. Ishsizlik yuqoriligi hisobiga, xalq uchun eng oxirgi chora bu - buyragini sotishdir. Ammo shundayam ular o'rtakashlar aldoviga duch kelib, ko'pincha arzimagan pul olishadi. Hukumat esa ojiz.

Filmda bizga ko'rsatilgan go'zal joylarga yarasha aholining ham shuday go'zal yashamasligini o'ylash dilni xira qiladi.

@panda_books
2024/09/29 20:17:15
Back to Top
HTML Embed Code: