Telegram Web Link
​​Googledan qanday to'g'ri qidirish kerak?

Ko'pchilik hozirgi internet davrida ham haligacha Googledan to'g'ri qidiruv berishni bilmasligi ajablanarli. Bunday muammoga sizlar duch kelmasligingiz uchun, quyida qisqacha qo'llanmani qoldiraman.

Avvalo, nima izlayotganingizni aniqlab oling:
1) Kundalik ishlar uchun - Google;
2) Kitoblar uchun — Google Books;
3) Ilmiy - Google Scholar;
4) Yangiliklar uchun - Google news;
5) Patenlar uchun - Google patents;
6) Albatta rasmlar uchun - Google images.

Agar mavzuni va tilni yaxshi bilsangiz, imkon qadar ingliz tilida qidirgan ma'qul. Yoki rus tilida. Lekin hozir ma'lumotlar o'zbek tilidayam ko'payib qolgan.

Juda ko'p so'zlar bilan qidirmang, shu bilan birga bittagina so'z ham yozmang. Juda ko'p ma'lumot ichida qolib ketasiz.

Endi asosiysi, aniq natijaga qanday erishish mumkin:

❗️Agar Gugl sizga aniq bitta iborani chiqarishini istasangiz, uni "" qo'shtirnoqqa oling.

❗️Nimanidur chiqarib tashlamoqchi bo'lsangiz "-" minusni ishlating;

❗️Agar qaysidur aniq bir saytdan qidirsangiz, so'rov oldidan site: deb yozib, keyin savolni kiriting. Masalan, site:kun.uz Panda Books deb yozsangiz, u shu saytdagi Panda Books haqidagi barcha ma'lumotlarni chiqarib beradi.

❗️Agar ayni ikkita so'z kerak bo'lsa and: "books" and "psychology" desangiz, shu ikki so'zga oid manbalar chiqib keladi. Ajratmoqchi bo'lsangiz, Or: yozsangiz bo'ladi.

❗️Agar vaqt davrini ajratmoqchi bo'lsangiz, after va before so'zlarini ishlating Trends about books after:2020

Umuman olganda, sizga kerak bo'lishi mumkin bo'lgan, eng muhim layfhaklar shulardan iborat. endi bundan keyin Googledan o'zlariz ham bemalol narsalar yaxshiroq topishlarizga aminman.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Sevimli yozuvchim Jorj Oruellning o'zbekchada yangi chop etilgan "Ruhoniy qizi" kitobini jo'natishdi.

Bu asar chiqqanidan beri o'qishga ancha qiziqqandim, har holda men uchun Oruellning hali kashf etilmagan qirralari bisyor. Ko'ramiz.

O'qib chiqqanlar bormi?

@panda_books
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Zulfiya Mo'minova

@panda_books
Oshiqlaring poyinga gul otib ham bo‘ldi.
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadur sotib ham bo‘ldi.
Sen baribir muqadassan, muqaddas ayol.

@panda_books
Rivoyat qilishlaricha, dunyomizni yaratgan Alloh taolo jamiki go'zallikni yuz bo'lakka ajratibdi. So'ng, uning 99%ini Momo Havoga, ya'ni ayollarga bergan ekan. Qolgan bir foizini yana o'n bo'lakka ajratib, to'qqizini Yusuf alayhisalomga, qolgan bir bo'lagini esa borliqdagi nabototu hayvonot olamiga bergan ekan.

Bugun 8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan bizni kuzatuvchi barcha nafis xilqat sohibalarini chin ko'ngildan tabriklayman. Yuzingizdan aslo tabassum arimasin, omad va baxt doimo hamrohingiz bo'lsin!

Bayram muborak!

@panda_books
Shoirga yoʻl boʻlsin, sizni chizay deb,
boʻyoq quyultirib turar rassomlar!
Mukammal husningiz yogʻdusi uchun
oy ham navbatchilik qilar oqshomlar!

Shoirga yoʻl boʻlsin!
Kuylay deb sizni,
bastakorlar yurar yoqa chok, tajang:
torni temirchiga topshirvorgudek,
har jarang ustida qilib necha jang.

Eʼzozingiz buyuk!
Sarkarda Bobur,
juvonmard ruhlari boʻlgay ziyoda,
qoʻshinda birgina ot qolsa, shunga
sizni oʻtqazgandir,
qolib piyoda...

Shoirga yoʻl boʻlsin!
Sizdagi talʼat,
noziklik kimlarni oʻyga solmagan?!
Oqqush, suvdan chiqmay, taranaverib,
bejiz bir oyoqda uxlab qolmagan!

Sizday yasanmoqni istab, qish bitmay,
Izhorga lab juftlab har bir kurtagi,
oʻriklar chiqdilar — bir tong toʻla gul,
Nur kiydi jaʼmiki bog’lar yurtdagi.

Shoirga yoʻl boʻlsin, kechikdi shoir
bu inja raqobat, nurli taloshga:
Ha bizga hech yumush qolmabdi endi
Sizni juda qattiq sevishdan boshqa!

Omon Matjon

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Interstellar" filmidagi mashhur sahnaning o'zbekona varianti.

Shu kabi qiziqarli videokontentlar barchasi Instagram profilda.

@boredpandablog
#mutolaa

Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan.

O'qishni boshladim.

@panda_books
#haqida

Qizil Bozor

Qonunchilik va iqtisodda bozorlarning uchta yirik turi ajratib ko'rsatiladi: oq, kulrang va qora bozor.

Oq bozor nomidan o'zi tusharli: unga qonun yo'li bilan sotishga va xizmat ko'rsatishga ruxsat berilgan.

Qora bozorlar noqonuniy tovarlar va xizmatlar, masalan, pornomateriallar, zaharli va portlovchi moddalar, qurol-yarog' va giyohvand moddalar sotiladi.

Odatda biz doim ham bilib-bilmay original bo'lmagan narsalarni xarid qilamiz. Misol, biror konsert yoki filmning qaroqchi DVD diskini burchaklardan sotib olamiz. Umuman, soliqdan bo'yin tovlash mumkin har qanday bozor kulrang zonaga tegishlidir. Yoki abituriyent do'stlarimiz maktab va kollej kutubxonasidan foydalanish uchun kitoblarni yashirincha (shartnomasiz) sotib olishadi. Undan tashqari, taniqli brendlarning podorginal tovarlari ham kulrang bozorga tegishlidir.

Lekin shunga qaramay, bu bozorlarni ikkita umumiy jihat birlashtirib turadi: 1) ularda sotiladigan tovarlar real bozor qiymatiga ega boʻlib, uni dollar yoki so'mga osonlik bilan konvertatsiya qilish mumkin; 2) tranzaksion jarayonlar ayni lahzada amalga oshiriladi. Ya'ni joyida soqqasini berasiz.

Shuningdek, yana bitta bozor turi mavjudki, u haqida ko'pchilik bilmaydi, lekin Xudo ko'rsatmasin, siz yoki yaqinlaringiz bilan biror qattiq baxtsiz hodisa yuz bersa, bunga to'qnash kelishingiz aniq. Bu - inson tana a'zolari bozori. Bozorni oddiyroq qilib, universal desa ham bo'ladi.

Misol, uning oq bozori ham mavjud bo'lib, biz bilgan eng keng tarqalgan turi - qon donorligi, ya'ni ma'lum miqdorda qon topshirish hisoblanadi. Siz hech yashash hududingizdagi qon markazlariga ixtiyoriy qon topshirib ko'rganmisiz? Unga ma'lum miqdorda haq ham to'lashadi. 1901-yilda olim Karl Landshtayner qon guruhlarini 4ga bo'linishini aniqlaganidan so'ng, bunga asos solinadi deyish mumkin. Internetda jigar, buyrak, o'pka sotiladigan maxsus guruhlar ham faoliyat yuritadi. U yerda har bir organning holatiga qarab narx belgilanadi.

Bu bozorda insonning barcha kerakli organlari sotiladi va sotib olinadi. Shuningdek, kambag'al davlatlardan boy mamlakatlarga bola asrab olish ham shu bozorga tegishlidir. Bunda sotuvchi ham, xaridor ham o'z hayotini va oilasini xavf ostiga qo'yishi va etik jihatdan muammolar hisobiga eng qimmat va eng xavfli bozor hisoblanadi. Shuning uchun uni odamlar "qizil bozor" deb atashadi.

Xullas, bir paytning o'zida ham qiziqarli, ham dahshatli mavzu.

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan. O'qishni boshladim. @panda_books
#reading

Eng qizig'i, bilasiz fuqarolarga o'z tana a'zolarini sotish qonunan taqiqlangan. Lekin qonunchilikda "tirqishlar" ko'p. Masalan, o'lganidan keyin biror a'zoni, deylik yurakni donorlikka vasiyat qilish yoki ilmiy maqsadda tanadan foydalanishga ruxsat berib ketish mumkin. (UZB qonunchiligini yana bir o'rganishim kerak)

Lekin bu degani yurak kerak odam uni tekin oladi degani emas. Albatta, o'lib ketgan odam "toza vijdon" bilan shunday o'ylab ketadi. Lekin uning organi endi tovardan xizmat ko'rsatishga o'tadi. Ya'ni yurak ko'chirib o'tkazish arzon va oson xizmat emas. Natijada vrachlar, hamshiralar, tez yordam, chinovniklar hammasi uning bozor narxini belgilab berishadi. Xullas, bu zanjirda donordan boshqa hamma soqqa ishlaydi. Kasalxonalar esa ilmiy maqsadda vasiyat qilib qoldirilgan murdani tekinga olib qolsada, uni xizmat sifatida yaxshi narxga pullashi mumkin.

Xullas, ayniqsa 3-dunyo davlatlarida bu katta biznesga aylanib ulgurgan.

@panda_books
"Chilonzor" bozorida joylashgan mo'jaz bukinistik kitobxona.

📍 lokatsiya

Shoir Jontemiram bilmasdan kadrga tushib qolibdi:)

@panda_books
Barchangizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak boʻlsin!

@panda_books
Jahongir akaning yozishicha, tarixchi va "Journal of Central Asian History" (Markaziy Osiyo tarixi) jurnali bosh muharriri Paolo Sartori Ikkinchi jahon urushidan keyin Sovet O‘zbekistonida islom qanday shakllangani haqidagi yangi kitobi "A Soviet Sultanate: Islam in Socialist Uzbekistan (1943‒1991)"ga bepul foydalishni ochibdi.

Kitobni bepul yuklab olish uchun.

@panda_books
#haqida

Rohindja

Afsuski, dunyodagi ko'pgina muammolar bizga OAV va bloglar orqali uqtirilishi bor gap. Masalan, ayni damda Ukraina va G'azodagi konfliktlardan boshqa bir necha joylarda ahvol undan yaxshi emas. Ammo bizga buni bildirishmaydi. Rohindja musulmonlari keysi bunga yaqqol misol.

Rohindja - yetarlicha qiziqarli millat yoki etnik guruh. Ular asrlar davomida Myanma (Sobiq Birma davlati)ning Rakxayn viloyatining tub aholisi bo'lib kelishgan.

Rohindja hinduariylarga borib taqalsa ham dini - islom va ko'pchiligi musulmon millatdir. 2016-yil ularning birmaliklar tomonidan ommaviy qatli om qilinishi va vatanidan quvg'in qilinishi natijasida yigirma minglab rohindjaliklar Bangladeshga qochib o'tishadi. Myanma hukumati "rohindja" so'zini ishlatishni taqiqlaydi va ushbu xalq mavjudligini tasdiqlovchi xat-hujjatlarni arxivlardan yo'q qilib yuboradi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ular dunyodagi eng ko'p ta'qib qilinadigan ozchilik millatlardan biri.

Hozir yuz minglab rohindjaliklar butun Osiyo bo'ylab tarqalib ketgan va ularga ko'p joylarda nafrat ko'zi bilan qarashadi. Ammo bu faktlar negadur katta OAVlar nigohidan chetda qolayapti.

Shuningdek, Myanma mamlakati oxirgi 75 yildan to hozirgacha fuqarolar urushi holatida turibdi.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tavsiya

Muntazam kitob o'qishni samarali boshlab olish uchun Panda Booksdan maslahat

Zamon tezlashib bormoqda. Oldinlari 1-2 soatlik filmlar hech narsa emasdi, hozir esa 40 daqiqalik serial ko'rishga vaqt yo'q. Kitoblar bilan ham shunaqa.

Endigina kitob o'qishni boshlaganlarga, mutolaadan bezib qolmaslik uchun bitta foydali maslahat bermoqchiman - hajman kichik kitoblardan boshlang. Zamon tezlashyaptimi, siz ham unga moslashing. Ammo buni boshqa muhim jihatlari ham mavjud.

"Ozg'in" kitoblar o'qishning foydali jihatlari:

▪️Ishonch ortishi. Inson qachonki kitobni to'liq o‘qib tugatsa, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi. Qalin epopeyani boshlab qo'yib, keyin uning yarmida qolib ketgandan ko'ra, shu vaqt ichida kichik kitobni tugatishingiz foydaliroq.

▪️Kitobxonlikka kirish. Ba'zilar o'zlarini yetarlicha kitob o'qimayman deb o'ylashadi, lekin 500 betlik jildni qo'lga olishdan qo'rqishadi. 100 sahifali kitob esa unchalik qo'rqinchli emas va odam o'zlarini kitobxon sifatida tanishtirishi uchun bir nechta qisqa kitoblarni o'qish kifoya.

▪️Ijtimoiy tarmoqlar ta'siri. Ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlarda odatda yil oxirigacha o'qishi shart bo'lgan kitoblar ro'yxatini e'lon qiladi yoki yil boshida o'z oldiga turli maqsadlar qo'yadi. Agar ro'yxat qanchalik uzun bo'lsa, u shunchalik ishonchni mustahkam qiladi, buning uchun bitta qalin kitobdan ko'ra to'rtta "ozg'in" kitobni o'qish yaxshiroqdir.

▪️Va albatta narxlar. Qalin kitoblar O'zbekistonda taxminan 70-80 ming so'm turadi, yupqaroq kitoblar shuning yarmiga teng, o'z-o'zidan psixologik jihatdan kitoblarga ozroq pul sarflash yengilroq kechadi.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Mixail Zigar — "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России"

"Hokimiyat buzadi, mutlaq hokimiyat mutlaq buzadi".

"Inson, kim bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyat tepasiga kelarkan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi..." ("Lolazor" romanidan)

Ushbu kitob 2000-yilda Rossiya hukumati tepasiga kelgan Vladimir Putinning to 2015-yilgacha bo'lgan tarixini qisqacha yoritib beradi. Eng muhim voqealar, figuralar, uning oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarini chiroyli, aniq-lo'nda yoritib bergan kitob desam sira adashmayman.

Uni Yandex orqali mazza qilib audioversiyada tingladim. Muallif tarixni yaxshi o'rgangan, hujjatlar, ochiq manbalar va muallif Vladimir Putinning yaqin atrofidagilardan olgan o'nlab noyob shaxsiy intervyulariga asoslangan. Birgalikda to'plangan faktlar, voqealar, intrigalar va qahramonlarning fikrlari Kreml hayotining to'liq kartinasini yaratadi.

Oldin ham yozganimdek, Putin avval boshida ashaddiy g'arbparast edi va Rossiyani NATOga qo'shish haqida ham o'ylardi. Uning sheriklariga bo'lgan nafrati keyinchalik paydo bo'ladi. Shuningdek, u G7likka ham kirish borasida katta ishlar qilgandi. Hamma narsa u katta siyosatchi ekanini isbotlaydigandek, o'zini ular bilan teng deb hisoblashi yomon emasdek edi. Ammo ulardan farqli o'laroq Putin inson huquqlari, tenglik, siyosiy erkinlik va iqtisodiy imkoniyatlar bilan maqtana olmasdi. Qolganlar demokratik jamiyat qurishga intilsa, Putin "boshqariladigan demokratiya" tomon intiladi. G;arbdan ham o'ziga o'xshaganlar bilan yaqinlashadi, korrupsioner Berluskoni yoki kansler Shryoder masalan.

U faqatgina kuchni tan olardi, shu sababdan urushlardan qaytmas Jorj Bush uning kumiri hisoblanardi. Ammo AQShdagi partiyalar o'rtasidagi kurash yoki saylovlar, yo bo'lmasam xalqning xohishiga qarash kabi holatlar — u uchun "слабость" deya talqin qilinardi. U doimo Yevropani gaz va urush bilan qo'rqitib kelishi ham shunga yaqqol misol. Balki uning asosiy xatosi ham shudir.

Lekin eng katta xato - mening nazarimda, uning sobiq sovet respublikalarini o'ziga teng ko'rmagani manimcha. Agar suveren Gruziya va Ukraina davlatlari ichki ishlariga aralashmaganida, qolgan mamlakatlar bilan o'zaro tenglik o'rnatganida, nazarimda hozirgidanda kuchliroq iqtisodiy farovonlikka erishilgan bo'larmidi...

Oldinlari u iqtisodiy ekspertlar xulosalarini eshitgan ekan masalan, ammo keyinchalik "men hamma sohadan boxabarman, mendan aqlli inson yo'q" degan qarashlar shakllanadi. Bu esa noto'g'ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. Shuningdek, uning yonidagilar u uchun doimo qandaydir dushmandek ko'rinardi, shu sababdan ularni o'zaro urushtirib qo'yishdan manfaatdorligini yashirmagan.

Kitob, asosan, Rossiyaning zamonaviy siyosatini yaxshiroq tushunishni istaganlar, nega Ukrainada urush boshlanganini bilishni xohlaganlar uchun. Bu siyosat jug'rofiy jihatdan bizga shu qadar yaqinki, afsuski, biz bundan ogoh bo'lib turishimiz zarur. Shuningdek, qanday xatolarni qaytarmaslik kerakligi va bizga rus propagandasidan qanday "omon qolish"ni o'rgatadigan qo'llanma desam mubolag'a bo'lmaydi. Kitob haqida, undagi voqealar to'g'risida ko'p to'xtalish mumkin, ammo hozircha shu yerda to'xtatib turamiz.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
2024-yil o'tgan 2 yarim oyda nechta kitob o'qib tugatdingiz?

Oilangizda eng ko'p kitob o'qiydigan inson kim?

@panda_books
2024/09/29 22:36:31
Back to Top
HTML Embed Code: